Махсус сиртқи бўлим талабалари учун “Ёш физиологияси ва гигиена” фанидан сессия оралиғи назорат иши топшириқлари


МАХСУС СИРТҚИ БЎЛИМ ТАЛАБАЛАРИ УЧУН “ЁШ ФИЗИОЛОГИЯСИ ВА ГИГИЕНА” ФАНИДАН СЕССИЯ ОРАЛИҒИ НАЗОРАТ ИШИ ТОПШИРИҚЛАРИ



Download 109,17 Kb.
bet4/13
Sana21.04.2022
Hajmi109,17 Kb.
#571487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5406761877407536152 I. Shohista

МАХСУС СИРТҚИ БЎЛИМ ТАЛАБАЛАРИ УЧУН “ЁШ ФИЗИОЛОГИЯСИ ВА ГИГИЕНА” ФАНИДАН СЕССИЯ ОРАЛИҒИ НАЗОРАТ ИШИ ТОПШИРИҚЛАРИ
1 – ТОПШИРИҚ. Берилган саволларга ёзма тарзда жавоб тайёрланг (Ҳар бир мавзу 5 балл асосида баҳоланади, жами 40 балл).


1-мавзу: Ёш физиологияси ва гигиенаси фанининг мақсади ва вазифаси ҳақида маълумотлар.

Физиологиянинг анатомия фани билан боғлиқлик ва ўзаро фарқли томонлари-Fiziologiya (yun. physis — tabiat va ...logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obʼyektiga binoan, odam (qarang Odam), hayvonlar (qarang Hayvonlar fiziologiyasi) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (qarang Oʻsimliklar fiziologiyasi). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri isha kimyoviy va fizik metodlar hamda tushunchalardan foydalanadi. F. — psixologiya, tibbiyot va veterinariya fanlarining nazariy asosi. F. umumiy, solishtirma (evolyutsion) va xususiy (amaliy) F.ga boʻlinadi. Umumiy F. barcha tirik materiya faoliyatining asosiy qonuniyatlari, uning tashqi muhit taʼsiriga . javob reaksiyasini, tirik obʼyektlarning notirik tabiatdan farq qiladigan xususiyatlarini oʻrganadi. Solishtirma F. hayvonlar organizmi fiziologik funksiyasini filogenetik (qarang Filogenez) va xususiy rivojlanish (qarang Ontogenez) orqali oʻrganadi. Xususiy F. organizmlar, birinchi navbatda odam organizmi hayot faoliyatining qonuniyatlarini tashqi muhit sharoiti bilan bogʻlab oʻrganadi. Shu sababdan xususiy F. mehnat fiziologiyasi, sport F.si, yosh F.si, ovqatlanish F.si, kosmik F. kabi fanlarga ajratiladi. Sogʻlom organizmda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan normal F. va kasal organizmdagi jarayonlarni oʻrganadigan patologik F. xam farq qilinadi.Anatomiya fanining rivojlanish tarixi eramizdan oldingi uzoq o`tmishga borib ta‘qaladi. Qadimda diniy aqidalarga ko`ra murdani кеsib o`rganish gunoh sanalib bu usul bilan odam tuzilishini o`rganishga intilganlar o`lim jazosiga hukm etilgan.


Eramizdan oldingi XX asrda yashagan hind tabibi Bxaskara Bxatshe «Anatomiya targ`iboti» asarida a‘zolar, muskullar, qon tomirlar, nervlar to`g`risida yuzaki ma‘lumotlarni to`plagan.
Anatomiyaning asosiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlakatida boshlanib Gippokrat, Pifogor, Arastu, (Aristotel) kabi allomalar tarbiyalangan maktablar tashkil etilgan.
Buqrot (Gippokrat) – eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashab, tibbiyot sohasida o`zigacha bo`lgan ma‘lumotlarni to`plagan, kuzatish va tekshirishlari asosida 72 ta asr yozgan yurak- qon tomirlar tuzulishi to`grisida ma‘lumot bergan.
Arastu (Aristotel)- eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashab, nervlar paylardan farqi borligini aorta qon tomiri yurakdan boshlanishini aniqlagan atoqli olim anatom, faylasufdir.
Gerofil – eramizdan oldingi 300 yillarda yashagan.Ichki a`zolarni kesib o`rgangan,harakatchan va sezuvchi nervlarni aniqlagan.

  1. Jolinus Hakim (Klavdiy Galen) (130-210)- anatomiya, fiziologiya falsafa va biologiyani mukammal bilgan. U suyaklar muskullar bosh va orqa miya anatomiyasini o`rgangan.




  1. Физиологик жараёнларнинг ўзига хослиги нималардан иборат-

Funksiyalarning bajarilishida moddalar almashinuvining o’zgarishi natijasida 
organizmda fizik, ximik va morfologik o’zgarishlar yuz beradi. Tirik organizmdagi 
fizik-ximik jarayonlar xuddi o’lik organizmdagi qonuniyatlar asosida bajariladi. Shu 
sababli fiziologiya – faqatgina biologik fan bo’lmasdan balki ma’lum darajada 
organizmning fizikasi va kimyosi hamdir. Lekin, tirik organizmlarda bajarilayotgan 
jarayonlarning sifatiy farqi shundan iboratkim, tirik materiyaning yuqori molekulyar 
organik birikmalarida faqatgina tirik organizmlarga xos bo’lgan favqulodda maxsus 
qonunlar faoliyat ko’rsatadi va bular

fiziologik


qonunlar deb ataladi. O’lik tabiatdagi
fizik va ximik jarayonlardan farqli o’laroq organizmdagi moddalar almashinuvini 
o’zgarishini o’z holiga qaytarish mumkin. 
Fiziologik funksiyalar bajarilganidan keyin, dastlabki modda o’lik tabiatdagi 
singari qaytmas darajada parchalanib ketmaydi, balki dastlabki va hatto ancha yuqori 
darajagacha tiklanishi mumkin. Fiziologik jarayonlar odatda energiya ajratishi 
mumkin bo’lgan qo’zg’atuvchilar energiyasidan jiddiy darajada katta energiya 
ajratishi bilan xarakterlanadi. Fiziologik jarayonlar qo’zg’atish kuchi, joyi va 
xarakteriga mos kelmaydi. Shu bilan birga hujayralarning faol funksiyasi uning 
membrana va boshqa sitoplazmatik hosilalari, bir tomonlama o’tkazuvchanlik va 
parchalanish jarayonida yuqori va past molekulali birikmalarni sintezlanishida 
kimyoviy moddalardan foydalanuvchi aynan shu organizmga xos bo’lgan oziq-
ovqatlar bilan tushishi kerak bo’lgan katta miqdordagi energiya talab qilinadi. 


2-мавзу: Кириш. Ўсиш ва ривожланишнинг умумий қонуниятлари

Rivojlanishning individualligini bolaning aqliy rivojlanishi misolida ko‘rish


mumkin. Bunga ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqada qolishi bo‘lsa, boshqa hollarda shaxsning nisbatan tez o‘zib ketishi sabab bo‘ladi. Birinchi holda bu xususiyatning ustunligi kichik maktab yoshidagi bolalarga xos bo‘lsa, boshqa holatda o‘qituvchining dars berish mahoratiga ham bog‘liqdir. Ikkinchi holatda o‘quvchi o‘z sinfdoshlaridan o‘zib ketgan holda, u mustaqil bo‘lishga va o‘zbilarmonlikka berilib, o‘qituvchi ham bo‘ysunmay qoladi. SHuning uchun bolalarni nisbatan o‘zib ketishiga nisbiy munosabatda bo‘lish kerak.
Bolalarni individual o‘sish va rivojlanishini e’tiborga olmasdan turib ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish mumkin emas.Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishlarining shaxsiy qobiliyatiga va atrof-muhit sharoitiga ham bog‘liqdir. Ularning aqliy va psixologik rivojlanishi bolalarni o‘rab turgan muhitga va o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ham bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bolalarni nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda yashashi ularning shaxsiy o‘sish sur’atiga ta’sir etadi. SHu bilan birga kichik maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida o‘ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni “vunderkind”lar (nemis tilida sehrli bolalar) deyiladi.
Ko‘pgina ataoqli kishilarning yoshligidanoq katta qobiliyatga ega bo‘lganliklari
bizga ma’lum. Jumladan buyuk allomalarimizdan Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sinolarni misol keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino 16-17 yoshidanoq mashhur tabib xakim bo‘lib tanilgan. Dunyoning birinchi birinchi
vundirkindi deb Italiya yozuvchisi Takvato Tasso e’lon qilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bo‘lgan. Viktor Gyugo esa 12 yoshida Fransiya akademiyasining rahbatnomasini olgan. Buyuk kompozitor Motsartni misol qilishimiz. U 4 yoshida musiqa yozgan.
Hozirga davrda bunday bolalarga mamlakatimizda katta e’tibor berilmoqda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan. Bolalarning jismoniy, aqliy va jinsiy jihatdan rivojlanishida yuqorida aytib o‘tilganidek, irsiy faktorlar bilan bir qatorda turmush sharoiti, maktab va litseydagi mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar, kasalliklar bilan og‘rigani muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari ob-havo sharoiti, iqlim sharoiti, quyosh radiatsiyasi ham ularning o‘sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar yoz faslida (iyul-avgust) xususan tez o‘sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullansa, u sog‘-salomat o‘sadi, uning organlari uyg‘un rivojlanadi. (masalan, bola nafas organlarining takomillashuvi, yurak-qon tomir tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi).

Download 109,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish