196
V.D.SHadrikov metodikasi asosini har bir o‘quvchining qobiliyatiga qarab
o‘qitishga imkon beradigan olti darajadagi o‘quv rejasi, dastur va metodik
qo‘llanma tashkil etadi. Har bir fanning murakkablik darajasiga ko‘ra kuchi etgan
variantni tanlab olib, o‘quvchilar sinfda tez-tez almashib turadi va fanning hajmi
va mazmunini qo‘ldan chiqarmay birgalikda o‘quv dasturini o‘zlashtirishga
harakat qiladilar. Murakkablik darajasini tanlash tezlikda amalga oshiriladi,
“ba’zan” uni amalga oshirib bo‘lmaydi, chunki u sinfdagi o‘quvchilarning
tenglashish, o‘quvchilarning qobiliyati holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga e’tibor berishga,
barchaning kuchi etadigan, o‘quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga
moslangan, o‘quv jarayonini tashkil etishga imkon beradi.
Bu o‘qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy
tamoyillar mavjud:
- individuallashtirish o‘qitish jarayoni strategiyasidir;
- individuallashtirish–individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;
-
barcha o‘rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o‘qitishdan
foydalanishning mumkinligi;
-
individual ishlarni o‘quv faoliyatining boshqa shakllari bilan
integratsiyalash;
- individual sur’atda, uslubda o‘rganish.
Individuallashtirish texnologiyasining umumiy xususiyatlariga quyidagilar
kiradi;
❖
o‘zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;
❖
fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallash individual
kamchiliklarni tuzata olish usullari;
❖
oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo‘linmasligi, irodaning sustligi
kamchiliklarini qayd qilish va
enga olish;
❖
qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarga nisbatan o‘quv jarayonini
optimallashtirish (ijodiy faoliyat, sinf va sinfdan tashqari ishlarni hisobga
olish);
❖
o‘qitish jarayonini tanlash erkinligini berish;
❖
umumiy o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish;
❖
o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga mos baho bera olishini shakllantirish;
❖
o‘qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, EHMdan foydalanish.
O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi:
Batov tizimi. AQSHda ishlab chiqilgan bu tizimda o‘quv jarayoni ikki qismga
bo‘linadi:
Birinchi qism - butunicha sinf ishi.
Ikkinchi qism - individual mashg‘ulotlar.
Bunday mashg‘ulotlar unga zaruriyat sezgan o‘quvchilar bilan yo umum
tomonidan qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan
rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo‘lishini
ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.
197
YUqori qobiliyatli kategoriya o‘quvchilar bilan o‘qituvchi, nisbatan kamroq
qobiliyatli va qoloq o‘quvchilar bilan o‘qituvchi yordamchisi shug‘ullanadi.
Tramp rejasi – bu texnologiya AQSHda juda mashhur. Bu o‘qitish
shakllarining shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg‘ulotlar kichik
guruhlardagi individual mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib boriladi.
Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta
guruhlarda yuksak malakali o‘qituvchilar, professorlar ma’ruza o‘qiydilar. 10-15
kishidan iborat kichik guruhlar esa ma’ruza materiallarini muhokama qiladilar,
bahs yuritadilar.
Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi.
Ma’ruza mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg‘ulot 20%, kabinet va
laboratoriyalardagi individual ishlarga 40% ajratiladi. Odatdagi sinf tushunchasi
yo‘q, kichik guruhlar ham doimiy emas.
Do'stlaringiz bilan baham: