Mahsus fanlarni o‘qitish metodikasi faninidan


Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/203
Sana01.01.2022
Hajmi3,83 Mb.
#296338
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   203
Bog'liq
113836 (1)

Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari 
AQSH 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha 
AQSH  Assotsiatsiyasi”.  Hozirgi  kunda  mamlakat  bo‘ylab  va  Kanadada  bu 
kengashning    50  ta  filiallari  ish  olib  bormoqda.  AQSHda  1961  yilda  “Pedagogik 


171 
 
texnologiya”  jurnali  (Educational  Technology),  1971  yilda  esa  –  “Audiovizual 
o‘qitish” jurnali nashr etila boshlandi. 
Angliya 1967 yil -  Pedagogik texnologiya bo‘yicha Milliy kengash tuzilgan. 
1964  yildan  boshlab  “Pedagogik  texnologiya  va  o‘qitishni  dasturlashtiri” 
(
Educational  Technology progratted  tearning
)  jurnalini, 1971 yilda  –  “Pedagogik 
texnologiya” jurnalini nashr eta boshlandi. 
Yaponiya - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar 
shug‘ullanadi.  1967  yilda  “Pedagogik  texnologiyalar  bo‘yicha  Milliy  kengash” 
tashkil  etildi,  uning  filiallari  22  ta  davlat  universitetlarida  joylashtirilgan.  1965 
yildan  boshlab  YApon  tilida  har  uch  oyda  “Pedagogik  texnologiya”  jurnali  va 
ingliz  tilida  yiliga  ikki  marta  “Pedagogik  texnologiyalar  sohasida  tadqiqotlar” 
jurnali  nashr  etiladi.  YAqinda  “Pedagogik  texnologiyalar  bo‘yicha  umumyapon 
Markaziy  kengashi”  tashkil  etildi,  u  muammolar  bo‘yicha  xalqaro  aloqalar 
o‘rnatish bilan ham shug‘ullanadi. 
Italiya  –  1971  yili  pedagogik  texnologiyalar  bo‘yicha  Milliy  markaz  tashkil 
etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. 
Vengriya  - 1973 yili o‘qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi. 
“Texnologiya”  tushunchasi  bu  vaqtda  ideologik  nuqtai  nazardan  qabul 
qilinmagan edi. “Maktab va ishlab chiqarish” jurnali nashr etila boshlandi.  
O‘qitish  texnologiyasi  bo‘yicha  Xalqaro  seminarda  (Budapesht,  1977)  sovet 
olimi  S.G.    SHapovalenko  o‘qitish  jarayonining  uchta  texnologik  prinsiplarini 
ko‘rsatdi: 
1.
 
Bilim va texnikani mukammal egallash. 
2.
 
Audiovizual materiallari fondi bilan tanishish. 
3.
 
Ulardan  samarali  foydalanish  metodikasini  bilish,  shu  jumladan  ijodiy 
yondoshishi rivojlanishi ham. 
Vengriya  olimi  L.  Salai  “o‘qitish  texnologiyasi”  tushunchasiga  rejalashtirish, 
maqsadlarni  taxlil  qilish,  o‘quv-tarbiyaviy  ishlar  jarayonini  ilmiy  tashkil  etish, 
samaradorligini  oshirish  maqsadida  eng  muhim    vosita  va  materiallarni  tanlashni 
kiritib  o‘qitish  jarayonini  tashkil  etuvchilarni  doirasini  ancha  kengaytirdi.  E. 
Bisterski va J. Sellerlar (AQSH) to‘plagan ma’lumotlar bo‘yicha  o‘qitish texnikasi 
faqatgina  yordamchi  vosita  va  yangi  sistemadan  iborat  bo‘libgina  qolmay,  balki 
o‘qish  jarayoni  tashkiliy  shaklini,  metodi  va  mazmunini  o‘zgartirib  uning 
rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilar va o‘quvchilar 
pedagogik fikrlashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. 


172 
 
SHunday  qilib,  o‘tgan  asrning  70-yillari  oxiri  80-yillari  boshlarida  texnika 
rivojlanishi  va  chet  elda    ta’limning  kompyuterlashtirilishi  boshlanishi  oqibatida 
“o‘qitish  texnologiyasi”  va  “pedagogik  texnologiya”    tushunchalari  o‘quv 
tarbiyaviy  jarayonni  tashkil  etish  va  boshqarish  vositalari,  metodlari  sistemasi 
sifatida tushunila boshlandi: 
1.
 
Amaliy masalalarni echish uchun sistemali bilimlarni qo‘llash. 
2.
 
O‘quv jarayonida texnik vositalardan foydalanish. 
Quyidagi  shartlarga  amal  qilgan  holda  o‘qishda  yuqori  natijalarga  erishish 
mumkin: 
1.
 
O‘quvchi tomonidan o‘qishga faol munosabatlarni   shakllantirganda. 
2.
 
O‘quv materiallarini ma’lum ketma-ketlikda berilganida. 
3.
 
Aqliy  va  amaliy  faoliyat  uslublarini  mashqlarda  namoyish  etish  va 
mustahkamlash. 
4.
 
Bilimlarini amalda qo‘llash. 
Bu konsepsiyaning muhim vakillari  I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, S.L. Rubin-
shteyn, YU.A. Samarin va boshqalar hisoblanadilar. 
Assotsiativ-reflektorli  konsepsiyasi  doirasida  tushunchalar  shakllantirish 
nazariyasi  ishlab  chiqildi,  uning  mazmuni  o‘qitish  jarayoni  olayotgan  bilimlarini 
umumlashtirish va ma’lum tushunchalar tashkil etish sifatida tushuniladi. 
Tushunchalarni yuzaga keltirishga bolalarni aqliy harakatlar usullariga o‘rgatish 
yo‘li  bilan  erishiladi  –  taqqoslash,  umumlashtirish,  abstraktlashtirish.  O‘rgatish 
faoliyati  nazariyasi  asoslari  A.S.  Vigotskiy,  S.L.  Rubinshteyn,  A.N.  Leontev, 
P.YA. Galperin, D.B. Elkonin va boshqalar asarlaridan boshlangan. 

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish