158
Har bir pedagogning o‘zini o‘zi rivojlantirishi va o‘zini o‘zi namoyon eta olishi
bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq.
Pedagogning kreativlik potensialini rivojlantirishda quyidagi metodlardan
foydalanish samarali sanaladi: Ижодий топшириқлар; Муаммоли вазиятлар;
Индивидуал ишланмалар; Ижодий лойиҳалар“Заковат” мусобақаси ва б.
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik
muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni
amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi.
Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati
ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi
va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani
kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik
yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib
boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu
faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy
faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni
tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga
alohida e’tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala echimini
topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam
beradi. Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish orqali mavjud bilimlari
va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash keladi. Buning natijasida
o‘z
ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.
Kreativlik potensialiga ega pedagog o‘zida quyidagi malakalarni namoyon eta
oladi:
- бажариладиган вазифанинг моҳияти ва аҳамиятини белгилай билиш;
- масаланинг қўйилишини таҳлил қила олиш;
- масалани ҳал қилиш
режасини тузиш;
- масалани ҳал қилишда самарали методлар (анализ, синтез, индукция,
дедукция, таққослаш ва б.)ларни қўллаш;
- масалани ҳал қилиш
усулларини танлай олиш;
159
- қабул қилинган қарорнинг тўғрилигини асослаш ва қайта текшириш;
- масалани ҳал қилишда кичик тадқиқот (изланиш)ни олиб бориш;
- масалани ҳал қилиш шароити, жараённинг бориши ва масала ечими
якунларини умумлаштиришга оид далилларни расмийлаштириш
Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga
oshirishi unda kreativlik potensialini yanada rivojlantiradi. Natijada pedagog:
- ижодий фикрлашга одатланади;
- илмий-тадқиқот фаолиятини олиб бориш кўникмаларини пухта ўзлаштиради;
- педагогика ёки мутахассислик фани ютуқлари ҳамда илғор тажрибалардан
фойдаланиш имкониятларини мустақил таҳлил қилади;
-
педагогик жамоа томонидан олиб борилаётган илмий тадқиқот ва
ижодий лойиҳаларни
бажаришда
фаол иштирок этади
Pedagogning kreativ potensiali quyidagi tarkibiy asoslarni o‘z ichiga oladi:
Pedagogning kreativlik potensiali ko‘p darajali jarayon va u quyidagi
tamoyillarga
tayanadi:
Муаммоли
характерга
эгалик;
Ижодий
йўналтирилганлик; Имкониятларни ошириб бориш; Индивидуалликка
эришиш; Креативликнинг ёрқин намоён бўлиши; Бир бутунлик, изчиллик ва
тизимлилик; Шахснинг индивидуал хусусиятлари ва ҳаётий фаолиятда
орттирган сифатларининг ўзаро
160
Pedagogning krativlik potensiali darajasini aniqlovchi mezonlar quyidagilar
sanaladi: Ташаббускорлик; Креатив қобилиятга
эгалик; Креатив фаоллик;
Изланувчанлик
Ushbu mezonlar pedagoglar kreativ potensialini uch darajada aniqlash imkonini
beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: