beradigan ishonchli tizim va mexanizmlar shakllantirilib, ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi qishloq xo’jaligining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Dunyo bo`ylab hukm so`rayotgan hozirgi pandemiya sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan eng asosiy muammolardan biri oziq-ovqat muammosi hisoblanadi. Ushbu muammoning oldini olishda qishloq xo`jaligi asosiy tarmoq hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda shaxsiy tomorqa xo`jaliklari faoliyatining rivojlanishi ham muammoning oldini olishga o`ziga xos ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz prezidenti Sh. M.Mirziyoev o`zining Oliy Majlisga murojaatnomasida bu borada to`xtalib, “…Qishloq xo`jaligida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish borasidagi o`rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg`or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda. …Har bir oila tadbirkor dasturi doirasida o`z biznesini boshlayotgan oilalarga 5.9 trillion so`m kreditlar ajratildi.”1 deb ta`kidlab o`tdi.
Shu bilan bir qatorda etishtirilayotgan mahsulotlar narxiga ham alohida e`tabor qaratib o`tdi va unin barqarorligini ta`minlash uchun barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni ko`payirish hamda “daladan do`kongacha” bo`lgan o`zluksiz zanjirni yaratish lozimligini alohida ta`kidlab o`tdi.
2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining2 III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari» deb nomlangan. Uning Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo'limida amalga oshirilishi mo'ljallanayotgan bir qator chora-tadbirlar belgilab olinganligi mamlakatimizning etakchi sohalaridan biri bo`lgan qishloq xo`jaligida innovatsion go`yalarni va texnologiyalarni jalb etish va qo`llashga imtiyozlarni yaratdi. Su o`rinda ushbu sohaga investitsiyalarni jalb etishni talab qiladi.
Dasturda istiqbolda sohadaga barcha tashkiliy-iqtisodiy, texnologik masalalarni hal qilish, investitsiyalarni jalb etish, Selektsiya-urug`chilik tizimini takomillashtirish, innovatsiyalarni joriy etish, mahsulotlar eksporti hajmini oshirishning aniq yo`nalishlari belgilab berilgan. Su bilan bi qatorda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashga alohida urg`u berilgan.
Bugungi kunda jahon miqyosida oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoj yuqori bo’lib, bu ehtiyoj bundan keyin ham ortib borishidan kelib chiqqan holda qishloq xo’jaligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali meva-sabzavot va chorva mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan jihozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish hisobidan qishloqda yangi, zamonaviy qayta ishlash korxonalarini shakllantirish va ularning keng ko’lamda faoliyat yuritishi uchun har tomonlama mustaxkam xom-ashyo bazasini tashkil etishga ustuvorlik berilishi va bunday ishlab chiqarish quvvatlari har bir viloyat, tuman va qishloqda barpo etilishi nafaqat ishlab chiqarishning yangi hajmlari va yalpi ichki mahsulotni ko’paytirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish imkonini beradi.
Qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritish sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash, eksport salohiyatini kengaytirish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- xo’jaliklarda mahsulot tannarxini kamaytirish, raqobatbardoshligini hamda tashqi va ichki bozorda sotish hajmini oshirish;
- suv resurslarini foydalanishning zamonaviy samarali usullaridan foydalanish;
- mavsum davomida mahsulot yetishtiruvchilardan shartnoma asosida sifatli mahsulotlarni qabul qilish, ularni tozalash, saralash, qoliplash va o’z muddatlarida eksportga jo’natish ishlarini tashkil qilish;
- mavjud qayta ishlash korxonalari va agrofirmalar tomonidan sotib olinadigan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlaydigan katta hajmli muzlatkichli omborxonalarni ishga tushirish;
- xalqaro bozor talablari va xususiyatlaridan kelib chiqib mahsulot qabul qiluvchi bozorga mos mahsulotlar yetishtirish;
- dexqon xo’jaliklari tomorqalarida ekiladigan ekinlar turlari va maydonlarini aniqlash hamda urug’likka, ko’chatlarga va yetishtirilgan mahsulotlar realizatsiyasini ta’minlash ishlarini rivojlantirish;
- ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarida parrandachilik fermer xo’jaliklari va fabrikalari yer maydonlarida ozuqa ekinlari yetishtirish imkoniyati kengayganligi hisobiga parranda go’shti va tuxum yetishtirish hajmini ko’paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, bu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash, innovatsion rivojlantirishni yo’lga qo’yish, ilg’or va tejamkor agrotexnologiyalarni joriy qilish qishloq xo’jaligining barqaror rivojlanishini ta’minlash va aholi farovonligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |