4.8. Paxta tolasi namligining massaviy nisbatini aniqlash
Namlikni aniqlashdan maqsad - quritish shkaflarini, quritish apparatlarini va
tezkor aniqlovchi o‘lchash qurilmalarini qo‘llab, namunaning quritishgacha va
quritishdan keyingi massaviy nisbatini foizlarda aniqlashdir.
Paxta tolasi namligini aniqlash uchun O‘z DSt 604 va O‘z DSt 614
standartlari bo‘yicha namuna tanlanadi va O‘z DSt 634- standarti bo‘yicha
namlikning massaviy nisbati aniqlanadi.
Bu standartlardagi talablar majburiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |