Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash


 Paxtaning iflosligini  aniqlash



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#271668
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   164
Bog'liq
mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash

3.7. Paxtaning iflosligini  aniqlash
Paxtaning iflosligini aniqlashdan maqsad iflos aralashmalar, har xil mineral
va organik jismlarning va gommoz bilan kasallangan paxtaning vazniy usulini
aniqlashdir.
Paxta iflosliklarini aniqlash usullari O‘zDSt 592- standartida aniq bayon
etilgan.
Ushbu standartning talablarini bajarish majburiydir.
О‘lchashni bajarishda quyidagi о‘lchov vositalari va yordamchi qurilmalar
ishlatiladi:
-о‘xshash tavsiflarga ega bо‘lmagan va paxtaning ifloslikning aniqlashga
mо‘ljallangan LKM (LKM-2), 2L-12 qurilmalari;
-eng katta tortish chegarasi 1000g bо‘lgan 3 yoki 4 sinf aniqlikka ega
laboratoriya tarozilari, analogik metrologik tavsifga ega boshqa tarozilar ham
ishlatilishi mumkin;
-о‘xshash qurilmaga ega bо‘lgan va paxtani quritishga mо‘ljallangan SXL-3,
USX-1 rusumli yoki boshqa tipdagi laboratoriya quritgichi.
Tabiiy yoki majburiy shamollatishga moslashgan qurituvchi shkaf,
(110+1,5)
0
S issiqlik bilan ta’minlaydigan, metall byukslarga ega termoregulyator,
shkalasi 2
0
S bо‘lgan kontakt termometr, shkalasi - 0,5
0
S bо‘lgandan yuqori
bо‘lmagan, nazorat termometri bilan birgalikda.
О‘lchash usullari quyidagicha:


52
1. Iflos aralashmalarning massani о‘lchash, paxtadan iflos aralashmalarni
mexanik ajratishga asoslangan usullar yordamida bajariladi.
Massaviy vazni ulush miqdori quruq iflos aralashmalar vaznining quruq paxta
vazni nisbati bilan aniqlanadi.
Iflos aralashmalarga quyidagilar kiritiladi:
 - mineral aralashmalar (toshchalar, tuproq, qum, chang);
 -organik aralashmalar (barg, guldon, gul, kovochog va shox qismlari,
shuningdek, mustahkamlikka ega bо‘lmagan, qurigan, chirigan va bо‘lingan paxta
qismlari).
2.Gommoz bilan kasallangan paxtaning vazniy ulushi, gommoz bilan
kasallangan paxta qismlari qо‘lda tanlash bilan о‘lchanadi.
о‘lchashni bajarishga tayyorlashda paxta iflosligini va gommoz bilan
kasallangan paxta miqdorini aniqlash uchun о‘rtacha kunlik (birlashtirilgan
namuna) olinadi.
Paxta namligi 12% - dan oshmagan holatda sinash о‘tkaziladi. Agar namlik
yuqori bо‘lsa, paxta SXL-3 laboratoriya quritgichi yordamida quritiladi.
Quritish paxtada yashil barg, yashil kо‘sak, yashil shox va boshqalar
bо‘lgandagi namlikka qaramay о‘tkaziladi.
Quritilgan paxta sanash oldidan sovitilishi lozim.
О‘lchashni arbitraj usul bilan о‘tkazishda O‘zDSt 644- standarti bо‘yicha
paxta namligining vazniy nisbati aniqlanadi.
Namlik vazniy nisbati 12% - gacha bо‘lganda paxtani qabul qilishda olingan
о‘rtacha kunlik (birlashtirilgan) namunaning sinash natijalarini ishlatish mumkin,
namlik 12% - dan yuqori bо‘lganda esa о‘rtacha kunlik (birlashtirilgan) namuna
namligi, u quritilgandan keyin alohida aniqlanadi.
О‘rtacha kunlik (birlashtirilgan) paxta namunasi sillik yuzaga joylashtiriladi
va tо‘g‘riburchak shaklida tekis qatlamda taxlanadi. Agar toshchalar, yer va loy
kesaklari topilsa, u holda ular terib olinadi, maydalaniladi va о‘rtacha kunlik
(birlashtirilgan) namuna usti bо‘yicha tekis sepib chiqiladi.


53
Sо‘ngra namuna taxminan bir xil bо‘lgan tо‘rtta qismga bо‘linadi. Ikkita
diagonal bо‘yicha qarama-qarshi qismlar, ulardan tug‘ilgan chang va ifloslar bilan
birgalikda olib tashlanadi, qolgan paxta yana tо‘rtburchak shaklida yoyiladi va bu
holat namuna 1 kg qolguncha davom ettiriladi. Bu vazndan sinash uchun vazni 300
g bо‘lgan uchta namuna olinadi, ulardan biri zahira uchun.
Paxtani ifloslangan uchqun bilan aniqlashda keltirilgan har bir tо‘dadan bitta
300g namuna olinadi.
Gommoz bilan kasallangan paxta miqdorini aniqlash uchun vazni 500g
bо‘lgan namuna tanlanadi.
О‘lchashni bajarishda LKM qurilmasi va uning modifikatsiyasi yordamida
о‘lchash usuli qо‘llaniladi. Vazni 300 g bо‘lgan har bir paxta namunasidan iflos
aralashmalarga kiradigan, chirigan, singan va qurigan pallachalar olib tashlanadi.
Paxta quritish rejimi (tartibi)
SXL - 3 laboratoriya quritgichlar yordamida quritish
                                                                      17-jadval
Paxtaning dastlabki holatdagi namligi,
%
Quritish
vaqti, min
25 va undan kam
5
26-30
10
31-40
15
41-50
20
51 va undan kо‘p
25
Sо‘nggi namuna LKM qurilmasida 3 minut davomida iflos aralashmalardan
tozalanadi. Quritish tо‘xtatilgandan keyin kameraning devorlaridagi chang qurilma
tarnoviga suprib tashlanishi kerak.
Qurilma tarnoviga tushgan yirik iflos aralashmalardan, iflos aralashmalarga
kirmaydigan tolali chigit terib olinadi. Tozalangan paxtada qolgan yirik iflosliklar
terilib, ajralib chiqqan iflosliklarga qо‘shiladi.


54
Qurilma tarnovidan terilgan yirik va mayda iflosliklar qisman ajralib о‘lik va
chang bilan, paxta namunasidan qо‘lda terib olingan chirigan, singan va qurigan
pallachalar bilan birgalikda tarozilarda tortiladi.
Gardga chiqqan о‘lik va erkin tolalar tozalangan paxtada qolgan mayda
ifloslik bilan kompensatsiya qilinadi. Bu kompensatsiyaga ega bо‘lmagan ba’zi
qiyin tozalanadigan paxta navlariga qо‘shimcha koeffitsiyentlar belgilangan.

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish