Bog'liq mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash
Sertifikasiyalashtirish faoliyatiga lisenziya berish. Bir turdagi
mahsulotlarni sertifikasiyalashtirishga akkreditasiya qilingan idoralar va sinov
laboratoriyalari (markazlari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilab qo‘ygan tartibda beriladigan lisenziya asosida muvofiqlik sertifikati
beradilar va sertifikasiyalashtirish maqsadida sinov o‘tkazadilar.
Lisenziya shartnomalari tuzish tartibini O‘zbekiston standartlashtirish
agentligi belgilaydi.
Mahsulotlarni sertifikasiyalashtirish vaqtida arizachiga muvofiqlik
sertifikatini yoki muvofiqlik belgisini qo‘llash xuquqi akkreditasiya qilingan
tegishli sertifikasiyalashtirish idorasi bilan tuzilgan bitim asosida beriladi.