177
guvohnomalarini bekor qiladi, sinov laboratoriyalarining (markazlarining)
faoliyatini tugatadi.
O‘zbekiston standartlashtirish agentligining sertifikasiyalashtirish sohasidagi
faoliyatini moliyaviy ta’minlash manbai — davlat byudjeti mablag‘i, shuningdek
O‘zbekiston standartlashtirish agentligi ko‘rsatayotgan xizmat uchun olinadigan
xaqdan iborat.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikasiyalashtirishga akkreditasiya qilingan
idoralar:
-bir turdagi mahsulotlarni sertifikasiyalashtirish tizimlarini tuzadilar va
ularning amal qilishini ta’minlaydilar;
-sertifikasiyalashtirishni tashkil etadilar va o‘tkazadilar;
-milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet el
muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etadilar;
-sertifikatlangan mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va sertifikasiya-lashtirish idoralarini
akkreditasiya qilish bilan bog‘liq sarf - harajatlarni arizachi qoplaydi.
Tegishli sertifikasiyalashtirish tizimi belgilagan tartibda
akkreditasiya
qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini
yoki muayyan sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikasiyalashtirish
maqsadlari uchun bayonnomalar beradilar.
O‘zbekiston standartlashtirish agentligi o‘z vazifalarining bir qismini bir
turdagi mahsulotlarni sertifikasiyalashtirish idoralariga va sinov laboratoriyalariga
(markazlariga) o‘tkazishga haqlidir.
O‘zDST 5.2-93 standarti joriy etilgan bo‘lib,
bu standart
cyertifikasiyalashtirish idorasiga O‘zbekiston Respublikasi-ning Milliy
tizimining vakolatli idorasi sifatida tan olinishi uchun zarur bo‘lgan talablarni
belgilaydi. Bu standart Xalqaro ISO/MEK ning 40, 28, ISO.27, ISO MEK 2
ko‘rsatmasiga binoan ISO 8402 standartiga muvofiq keladi.
Sertifikasiyalash tashkilotiga quyiladigan talablar quyidagi mezonlarga
muvofiq:
178
1. Sertifikasiyalash tashkilotining mustaqilligi.
2. Sertifikasiyalash masalalarining aniq bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy
tizimning mavjudligi.
3. Sertifikasiyalashni o‘tkazishga muvofiq keluvchi sifat tizimi,
mahsulot va
sinash usullari uchun me’yoriy va texnikaviy hujjatlar fondlarining mavjudligi.
4. Sertifikasiya o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan akkreditlangan sinov
laboratoriyalarining mavjudligi.
5. Maxsus tayyorgarlik va attestasiyadan o‘tgan malakali xodimlarning
mavjudligi.
6. Sertifikasiyalash Milliy idorasi O‘zbekiston Davlat standartlarining talabiga
binoan sertifikasiyalash sohasidagi zarur xizmatlarni ko‘rishda o‘zining
imkoniyatlarini tegishli saviyada namoyish eta bilish qobiliyati. Idora
mustaqilligini ta’minlovchi zaruriy shartlar: ma’muriy, iqtisodiy va yuridik
jihatdan mustaqil yuridik shaxs bo‘lishi kerak. Quyidagilar bo‘lmasligi kerak:
a) sertifikasiyalashtirilayotgan mahsulot yetkazib beruvchilar yoki
ishlatuvchilar bilan tijoratdagi
manfaatdorlik;
b) sertifikasiyalashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqariщda yoki loyihalashda
xo‘jalik faoliyati;
Sertifikasiyalash idorasining sifat tizimiga bo‘lgan talablar:
a) sertifikasiyalash idorasi haqida nizom;
b) sifat bo‘yicha ko‘rsatma;
v) xodimlarni o‘qitish va attestasiyalash;
g) mahsulot sifati va ishlab chiqarish tizimining tartibi;
d) har bir hodimlar uchun yo‘riqnoma;
ye) mahsulot tizimlarini sertifikasiyalash
uchun eksport-auditorlarning
ro‘yxati;
yo) muvofiqlik sertifikasiyalarini ro‘yxatga olish uchun sertifikasiyalash
natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
j) appellasiyani ko‘rib chiqish;
z) sertifikasiyalashtirish idorasi o‘z faoliyatini o‘zi baholash tartibi;
179
i) sertifikasiyalashtirish hujjatlarini hisobga olish va saqlash tartibi.
O‘zini o‘zi baholashda tahlil qilinadigan obyektlar:
- sertifikasiyalash idorasining amaliy faoliyati qabul qilingan sifat siyosatiga
mos kelishi;
- sertifikasiyalashtirish natijalari haqidagi hisobotlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, hodimlar malakasi to‘g‘risida hisobotlar;
- sertifikasiyalashtirish idorasining faoliyatini sertifikasiyalashtirish bo‘yicha
Milliy idora tomonidan tekshiruvchi nazorat haqida xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: