Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash


O‘lchashni bajarish. Butun chigitlarning massaviy ulushini aniqlash



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#271668
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   164
Bog'liq
mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash

O‘lchashni bajarish. Butun chigitlarning massaviy ulushini aniqlash.
Birlashtirilgan namuna 0,1 aniqlikda tortiladi va stol ustiga yoyiladi.
Namunada barcha butun chigitlar ajratib olinadi va 0,1 aniqlikda tortiladi. Tarozida
tortish usulida iflos aralashmalarning massaviy ulushini aniqlash uchun sinash
namunasi byuksdan sig‘imi 250 sm
3
 (ml) bo‘lgan quruq chinni stakanga ko‘chirib
solinadi va sovuq suvli vannaga joylashtiriladi. Chinni stakanga 20°C gacha
sovutilgan 10 sm
3
(ml) hajmida 92-96 % li sulfat kislotasi solinadi.
Shundan so‘ng kislota bilan ho‘llangan momiq uchiga rezina o‘rnatilgan yoki
uchi disk shaklida yapaloqlangan diametri 10-12 bo‘lgan shisha tayoqcha bilan bir
xil aralashma hosil bo‘lguncha kavlab aralashtiriladi. Aks holda aralashmalar
erimay qoladi.
Momiq tolasi butunlay eritilgandan so‘ng chinni stakan ichidagi eritma bilan
vannadan chiqariladi, diametri 4-5 mm bo‘lgan shisha tayoqcha bilan batafsil


142
aralashtirib turgan holda chinni stakandagi eritmani sig‘imi 1 dm
3
 (l) bo‘lgan va
ichiga 700-800 sm
3
 (ml) hajmda sovitilgan distillangan suv solingan ikkinchi
chinni stakanga quyiladi. Shu stakanga birinchi stakandagi qolgan eritmali
distillangan suv bilan yuvilgan qoldig‘i ham solinadi. Hosil qilingan eritmada
momiq tolasining erimay qolgan qismi bo‘lmasligi kerak.
Tindirilgan eritmani cho‘kindilarini chayqatmasdan ehtiyotlik bilan avvaldan
quritilgan va tortilgan filtr-tigel 40-50 mm diametrli po‘kak plastinkasi bor voronka
orqali filtrlanadi. Filtrlash suv oqimli nasos suyuqlikni kuchsiz so‘rib olishi bilan
birga olib boriladi.
Stakan ostida qolgan cho‘kindini 4-5 mm diametrli shisha tayoqcha bilan
aralashtirib turib, hajmi 150-200 sm
3
 (ml) dan bo‘lgan distillangan suv porsiyalari
bilan bir necha qayta chayiladi. Har gal chayindi tindiriladi va to‘kiladi, bunda
cho‘kindilar filtrga tushmasligiga harakat qilinadi.
Cho‘kindi loyqasi va yuvindi suvda kislota reaksiyasi ketguncha yuviladi.
Shundan so‘ng cho‘kindi stakan tubi va yon devorlaridan filtrga solinadi.
Cho‘kindidan namlik so‘rib olinadi, filtr-tigelning sirtki qismi quriguncha artilib,
quritish shkafida 105-110°C haroratda quritiladi. Quritish massasini tortish
bo‘yicha natija ilgarigi tortilgan natijadan 0,1 oshmagan farq qolguncha davom
ettiriladi.
Kislotani ammiak bilan neytrallashga ruxsat etiladi. Buning uchun nasos
o‘chirilgandan so‘ng cho‘kindili filtrga 30 sm
3
 (ml) hajmli distillangan suv
quyiladi, 2-3 sm
3
 (ml) daqiqaga nasos yoqiladi. Filtrdagi cho‘kindi 150-200 sm
3
(ml) hajmdagi distillangan suv bilan yuviladi va suyuqlik so‘rib olinadi.
Sinash tugagandan keyin filtr-tigel tayyorlangan xrom aralashmasi bilan
yuviladi. Buning uchun aralashma filtr-tigelga undagi barcha qoldiq iflos
aralashmalari eriguncha bir necha bor quyiladi.
Sentrifugallash usulida iflos aralashmalarning massaviy ulushi aniqlash uchun
tanlab olingan sinash uchun namunani byuksdan sig‘imi 100 sm
3
 (ml) bo‘lgan
chinni stakanga solinadi, uni 40-50°C gacha isitilgan vannaga solinadi va 1-2
daqiqa davomida isitiladi.


143
Momiqli stakanga 20 sm
3
 (ml) hajmda 72 % li sulfat kislotasi quyiladi.
Shundan so‘ng kislota bilan ho‘llangan momiq 10-12 mm diametrli rezina uchli
yoki uchi disk shaklida yapaloqlangan shisha tayoqcha bilan to to‘la eriguncha
kavlab aralashtiriladi. Chinni stakan ichida bo‘lgan eritma 4-5 mm diametrli shisha
tayoqcha
bilan aralashtiriladi va shkala bo‘limi 0,1 sm
3
 (ml) bo‘lgan sentri-fugallash
tipidagi     4 ta shisha probirkaga solinadi. Eritmali probirkalar juft-juft qilib
maxsus tarozida massasi tenglashtiriladi. Massasi tenglashtirilgan probirkalar
sentrafigaga joylashtiriladi.
Sentrafigalash natijasida probirkaning yuqori qismida organik iflos
aralashmalarning zich qatlami, past qismida esa organik bo‘lmagan qum va og‘ir
qattiq aralashmalardan iborat iflos aralashmalar cho‘kindisi qatlami hosil bo‘ladi.
Organik bo‘lmagan iflos aralashmalarning balandligi alohida qilinadi.

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish