TAYANCH IBORALAR Paxtaning tipi - paxta tolasining tipiga qarab aniqlanadigan paxtaning texnologik
tavsifi.
Paxtaning sinfi - paxtaning iflos aralashmalarning massaviy ulushi va namlikning
massaviy nisbati bо‘yicha bо‘linishi.
Tolaning sinfi - paxta tolasini nuqson va iflos aralashmalarining massaviy ulushi
bо‘yicha bо‘linishi.
Momiqning tipi - momiqning shtapel uzunligi bо‘yicha tavsifi.
Namuna - donador bо‘lmagan mahsulotning nazorat qilinayotgan majmuasidan
hulosa chiqarish uchun tanlab olingan miqdori.
Sinash uchun namuna - birlashtirilgan namunadan olingan belgilangan usulga oid
sinash о‘tkazish uchun tayyorlangan paxta materiali
Paxta mahsuloti - paxtani qayta ishlash natijasida olingan tolali mahsulot va
chigit.
Paxta tolasi - paxtadan tola ajratish natijasida olingan tola mahsuloti.
Paxta momig‘i - paxtadan tola ajratilgandan keyin chigitda qolgan kalta tola yoki
chigitdan momiq ajratish natijasida olingan tolali mahsulot.