9.4. Sertifikasiyalashtirishni o‘tkazish tartibi va qoidalari
Xalqaro sertifikasiyalashtirish qo‘mitasi - ISO (SERTIKO) tomonidan 1980
yilda ishlab chiqilgan va e’lon qilingan «Sertifikasiya, prinsipы i praktika» nomli
rasmiy hujjatda sertifikasiyalashtirish sxemalarining (tizimlari) turlari keltirilgan.
Uchinchi tomonning muvofiqligi sertifikasiyasi bo‘yicha tarkibi, bajaradigan
ishlarning ketma-ketligi va tadbirlari sertifikasiyalashtirish sxemasi deyiladi.
Sertifikasiyalashtirish sxemalarini tanlash va unda nazarda tutilgan tadbirlarni
to‘g‘ri bajarish, mahsulot ishlab chiqarish jarayoni yoki xizmat turlarining amalda
belgilangan sharoitda amalga oshirilishiga kafolat berishi lozim.
Umumiy holda, sertifikasiyalashtirish uchta asosiy guruhdagi tadbirlarni
amalga oshiradi:
-mahsulotni laboratoriyada sinovdan o‘tkazish;
- ishlab chiqarish yoki sifat tizimlarining holatini dastlabki tekshiruvdan
o‘tkazish;
- ishlab chiqarish yoki sifat tizimlarini keyinchalik tekshiruv nazoratidan
o‘tkazish ishini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Quyidagi turli sertifikasiyalashtirish sxemalarida umumlashgan holat va
elementlar, tadbirlar mavjud bo‘ladi.
1. Namunaviy sinovlar – faqat ayni vaqtda ishlab chiqarilgan ma’lum
mahsulot to‘g‘risida ma’lumot beradi, lekin mahsulot sifatining barqarorligiga
kafolat bermaydi, ammo barcha sifat sertifikasiya sxemalarining asosi hisoblanadi.
2. Baholash - muvofiqlik sertifikati berilganlan keyin sifat tizimi tekshiruv
nazorati.
3. Tekshirish (nazoratlash):
189
- korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish faoliyatini (jarayonini) tekshiruv
nazorati;
- ajratilgan (tanlangan) namunalarini qiziquvchi tomonlarga bog‘liq,
bo‘lmagan sinov laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
4. Namuna tanlash - ishlab chiqarish yoki savdo shahobchalaridan Sifat
tizimi talablariga muvofiq tanlandi.
Sertifikasiyalashtirishni o‘tkazish uchun umumiy qonun-qoidalar belgilangan.
Bu qoidalar sertifikasiyalashtirishning barcha obyektlari uchun qo‘llaniladi.
O‘zbekiston sertifikati va muvofiqlik belgisini tan olishni ta’minlash uchun
xorijiy mamlakatlarda O‘z NSS qoidalarining ISO/MEK rahbarligida, ISO Xalqaro
standartlar, yevropa EN 45000 standart seriyasi, hamda Xalqaro hujjatlardagi
mavjud bo‘lgan Xalqaro me’yor va qoidalarga bog‘liq ravishda amalga oshiradi.
Sertifikasiyalashtirish sxemasi aniq bir hollarda sertifikasiya-lashtirish
bo‘yicha idora talabgorning yetkazib berish hajmi va muddati, sinov uslublari,
mahsulotni ishlab chiqarish va ishlatilish imkoniyatlari bo‘yicha takliflarini
e’tiborga olgan holda tanlaydi. Sertifikasiyalashtirish sxemasi
sertifikasiyalashtirishni o‘tkazishning jamini tashkil etuvchi ta’sirlar ketma-
ketligini belgilaydi.
O‘z NSS da qabul qilingan sertifikasiyalashtirish sxemasida quyidagi
jarayonlar ko‘rib chiqiladi:
3 sxema namunalarni sinashni ko‘rib chiqadi, ya’ni omborxonadagi
mahsulotni tayyorlovchi iste’molchiga jo‘natishdan oldin namunalarni sinash yo‘li
bilan inspeksiya nazorat qiladi va sertifikat beradi.
3 a sxema 3 sxemaga qo‘shimcha bo‘lib, sertifikat berilgunga qadar va undan
keyin, hamda inspeksiya nazoratini o‘tkazishdan oldin ishlab chiqarishni tekshirib
chiqadi.
4 va 4 a sxemalar 3 va 3 a sxemalardan farqlanib, sotuvchidan olingan
namunalarni qo‘shimcha ravishda inspeksiya nazorat qiladi.
190
4 va 4 a sxemalar seriyali ishlab chiqarishdagi mahsulotni haddan ortiq har
tomonlama inspeksiya nazorat qilish uchun qo‘llaniladi.
5 sxema namunaviy sinovlar o‘tkazish, mahsulot yetkazuvchi (tayyorlovchi)
ishlab chiqarishni yoki sifat tizimini sertifikasiyalashtirish, davriy ravishda savdo
shaxobchalaridan tanlangan namunalarni, hamda korxonalardan olingan
namunalarni sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish sharoitlarining barqarorligini
yoki sifat tizimini to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirish.
6 sxema sifat tizimida korxonaga sertifikatning qanchalik muhimligini
tasdiqlaydi. Bu sxema sertifikasiyalashtirish bo‘yicha korxonadagi mavjud bo‘lgan
idora tizimini baholash bilan tugallanadi, ammo agar korxona tizimi sertifikatga
ega bo‘lsa, uni yetarli darajada ariza-deklarasiyani ko‘rsatish lozim. Ariza
sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idorada qayd etiladi va mahsulotga muvofiqlik
sertifikatini rasmiylashtirsh uchun xizmat qiladi.
7 sxema tovar to‘dasini sinash uchun qo‘llaniladi. Bu degani korxona
tomonidan tayyorlangan yoki import qilinayotgan tovar to‘dasidan belgilangan
qoidalarga asosan o‘rtacha namuna tanlab olinadi, hamda sertifikat berish uchun
akkreditlangan laboratoriyada sinab ko‘riladi. Inspeksiya nazorati o‘tkazilmaydi.
9-10 a sxemalar belgilangan talablarda ko‘rsatilgan mahsulotning sifatga
bog‘liqligini tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiyligini isbotlashga asoslangan.
Sertifikasiyalashtirish tartibi quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirishdan
iboratdir:
- sertifikasiyalashtirish o‘tkazish uchun qaror va ariza deklora-siyasini berish;
- sertifikasiyalashtiriladigan mahsulotdan tajribalar o‘tkazish uchun
namunalar tanlash;
- mahsulot yoki ishlab chiqarish sertifikasiyalashtirish sxemasini tanlash;
- olingan natijalarni tahlil qilib, muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risida
qaror qilish;
- davlat standarti ro‘yxatidan mahsulotni o‘tkazish, muvofiqlik sertifikatini
berish;
191
- xalqaro sertifikasiyalash tashkilotlari tomonidan berilgan muqvofiqlik
sertifikatlarini tan olish;
- sertifikasiyadan o‘tgan mahsulotning sifat ko‘rsatmalarining barqarorligini
nazorat qilish;
- sertifikasiya natijalarining axboroti;
- noroziliklarni ko‘rib chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |