Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda Y



Download 20,78 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi20,78 Kb.
#698012
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (YF):


YF= Msst - Michtn,
bu yerda: Msst - mahsulotning sotishdan tushgan sof tushum;
Michtn - mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
Mahsulot sotishdan tushgan sof tushum mahsulot sotishdan olingan yalpi tushumdan qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i va bojxona bojini chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Mahsulotni ishlab chiqa­rish tannarxi esa mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar yig’indisi bo’lib hisoblanadi(2-rasm).

2. Asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda (Aff):
Aff=Yf- Dx + Afbd - Afbx.
Bu yerda: Dx - davr xarajatlari;
Afbd - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar,
Afbx - asosiy faoliyat boshqa xarajatlari va zararlari;
Davr xarajatlariga bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi: boshqaruv (mahmuriy) xarajatlari. mahsulotni sotish xarajatlari. umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar (operatsion xarajatlar).

MAXSULOT NARXI

MAXSULOT TANNARXI:

ISHLAB CHIQARISH MODDIY XARAJATLARI;

ISHLAB CHIQARISH XUSUSIYaTIGA EGA MEHNATGA XAQ TO’LASH XARAJATLARI;

ISHLAB CHIQARISHGA TEGISHLI BULGAN IJTIMOIY SUG’URTA AJRATMALARI;

ASOSIY ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI AMORTIZATSIYa AJRATMALARI;

ISHLAB CHIQARISH AHAMIYATIGA EGA BO’LGAN BOSHQA XARAJATLAR;

KORXONA(TADBIRKOR) FOYDASI;

AKTSIZ SOLIG’I(AKTSIZLANADIGAN TOVARLARGA);

QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I;

SAVDO USTAMASI.


8-rasm.Maxsulot narxi va tannarxini tarkibi



Asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlarga quyidagilar ki­radi:

undirilgan yoki qarzdor tomonidan ehtirof etilgan jarimalar va penyalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar. yetkazilgan zararni undirish bo’yicha daromadlar;

hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi foyda;

ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bilan bevosita bog’Iiq bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi. xo’jalik subektlari huzu-ridagi oshxonalardan tushumlar. yordamchi xizmatlardan daromadlar:

asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan daro­madlar;

dahvo muddati o’tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar:

tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash natijasida chiqqan farqiy daromad;

xolisona moddiy-moliyaviy yordam;

boshqa operatsion daromadlar.

Asosiy faoliyat boshqa xarajatlari va zararlariga to’langan jarimalar. penyalar. tovonlar va yo’qotishlar, ko’rilgan boshqa zararlar kiradi.

3. Xo’jalik faoliyatidan olingan umumiy foyda (umumxo’jalik foy­da) - Uxf:
Uxf-Aff+Mfd-Mfx.
Bu yerda: Mfd - moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar;
Mfx - moliyaviy faoliyat xarajatlari.

Moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlarga quyidagilar kiradi:

olingan royaltilar, sarmoya transferti;

O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik subektlari faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdaii olingan daromad, aksiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik subektiga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromad­lar;

mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizingto’lovini olish);

valyuta hisobvaraqlari. shuningdek, chet el valutalari operatsiyalari bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari;

sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar;

moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.

Moliyaviy faoliyat xarajatlariga yuqorida keltirilgan va ularga o’xshash moliyaviy operatsiyalar bo’yicha tadbirkor (korxona) tomoni­dan qilingan

xarajatlar va to’lovlar kiradi.

Soliqqa tortilgungacha bo’lgan foyda- Stf:


Stf=Uxf+Ff-Fz.
Bu yerda: Ff- favqulodda foyda;
Fz - favqulodda zarar.

Favqulodda foyda va zararlar - bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan hodisa yoki xo’jalik subektining odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan operatsiyalar natijasida paydo bo’ladigan kutilmagan foyda va zararlardir.

Sof foyda -Sf:



Sf=Stf-Fss-Fbst.
Bu yerda: Fss - foyda solig’i summasi;
Fbst - foydadan to’lanadigan boshqa soliqlar va to’lovlar.
2. Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini baholash
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish - moliyaviy ko’rsatkichlar asosida uning moliyaviy holati, barqarorligi, natijalari va to’lovga qodirligini aniqlash va kompleks baholashdir. Moliyaviy ko’rsatkichlar koeffitsient yoki foiz ko’rinishida ifodalanadi.
Small Business Management in the 21st Century mualliflari tomonidan korxonani moliyaviy faoliyatiga oid quyidagi ma’lumotlar keltirilgan29:
• Albatta qanday biznesni amalga oshirsak uni yaxshi amalga oshishini bilishmiz uchun biznesning moliyaviy hisobotlarni yaxshi tushunish qobiliyatini talab qilinadi.
• Balans- biznes egasi va biznes talablari haqida ma’lumot beradi.
• Kirim xisobotlari Biznes va tadbirkorlik xarajatlarini belgilaydi foyda va daromadlar bayonotni ko'rsatadi.
• Pul oqimlari biznes faoliyatining jon tomiri xisoblanadi.Pul-oqimlari biron-bir biznesni rejalashtirish uchun juda muhim.
• Moliyaviy stavkalari alohida sohadagi boshqa firmalarga nisbatan bir firmaning faoliyatini baholash uchun tashqi baxolash o'tkazishga imkon beradi.
• Taqqoslama tahlil asosida boshqaruv jamoasi tashvish bo'lishi mumkin bo’lgan soxalarni aniqlashda yordam berishi mumkin.
• Boshqaruv jamoasi tomonidan ushbu ko'rsatkichlarni vaqt bo’ylab kuzatishda shuningdek takomillashish yoki kamayish darajasini ustidan kuzatish imkonini beradi.
• Moliyaviy stavkalari besh toifaga bo’linadi. Bular:

likvidligi nisbati,

moliyaviy dastak stavkalari,

aktivlarni boshqarish yoki samaradorlik stavkalari,

rentabellik darajasi va

bozor qiymati stavkalari.



Asosiy moliyaviy ko’rsatkichlar, ularni hisoblash yo’llari va me’yoriy darajalari 1-jadvalda keltirilgan. Jadvalda shartli belgilar quyidagilarni ifoda etadilar:
A1, A2, - balans aktiv qismining 1 va 2 - bo’limi;
R1,R2, - balans passiv qismining 1 va 2 - bo’limi;
Bj - balans jami summasi;
Umqk - uzoq muddatli qarzlar va kreditlar;
Mo’dq - muddati o’tgan debitorlik qarzlar;
Pm -pul mablag’lari;
Qq - qimmatli qog’ozlar;
Sdq - sof debitorlik qarzlari;
Qmkq - qisqa muddatli kreditorlik qarzlari;
Mst - mahsulot sotishdan tushum;
Zo’q - zaxiralarning o’rtacha yillik qiymati;
Mtn - mahsulot tannarxi;
Msf- mahsulot sotishdan olingan foyda;
Sf- sof foyda;
Amo’q - aylanma mablag’laming o’rtacha xronologik qoldiqlari.
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tadbirkorning o’zi va uning mutaxassislari, korxona rahbari va mutaxassislari baholaydilar. Bunday baholashga tashqaridan maxsus yuqori malakali mutaxassislari jalb qilish ham kengayib bormoqda. O’zbekistonda tadbirkor­lik sub’ektlari (korxonalar) faoliyatini tahlil qilish va baholash bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar - auditorlar va auditorlik firmalari shakllangan.
Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining muhim sub’ekti bo’lib, mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Audit - xo’jalik subektlari (tadbirkorlar) faoliyatini mustaqil ekspertiza qi­lish, moliyaviy hisobotini tahlil qilish va moliyaviy holatini baholash demakdir. Auditning asosiy vazifasi - tadbirkor (korxona)ning moli­yaviy va xo’jalik operatsiyalarining to’g’ri amalga oshirilganligi, to’la-to’kis va aniq rasmiylashtirilganligi, ularning O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga, buxgalteriya hisobini yuritish tamoyillariga muvofiqligini aniqlash hisoblanadi. Tadbirkorlar (korxonalar) ga auditorlik xizmatlarini auditorlik firmalari va auditorlar shartnoma asosida amalga oshiradilar. Auditorlik firmalari, shuningdek, menejment, marketing, huquq, hisob yuritish va boshqa sohalarda konsalting xizmatlari ham ko’rsatadilar.
SHunday qilib, tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holati yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlar, ularning darajasi va me’yori asosida baholanadi. Mazkur ko’rsatkichlar darajasining belgilangan me’yoriga nisbatan holati va o’zgarishiga qarab moliyaviy holatining yaxshilanib yoki yomonlashib borayotganligi to’g’risida xulosa qilish mumkin va shunga muvofiq harakat qilish kerak bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tadbirkorlikda ham buxgalteriya hisobi yuritiladi va moliyaviy hisobot tuziladi. Buxgalteriya hisobi tadbirkorlik faoliyatining hamma tomonlarini yoppasiga. uzluksiz, asoslangan holda aks ettirish tizimi bo’lib, uni tashkil etish va olib borish tartibi "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonunda belgilangan. Kichik tadbirkorlik subektlari buxgalteriya hisobi yuritish va hisobot tayyorlashning soddalashtirilgan tizimini qo’llaydilar. Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi rahbariyatni kerakli moliyaviy axborot bilan ta’minlash hisoblanadi. Yuridik shaxs bo’lgan tadbirkorlik subektlari belgilangan tartibda buxgalteriya balansi. moliyaviy natijalar, xususiy sarmoya, asosiy sarmoya harakati va pul oqimlari to’g’risida hisobotlarni o’z ichiga oladigan moliyaviy hisobot tuzadilar va uning bir nusxasini soliq organiga taqdim etadilar.
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasi foyda yoki zarar bo’lib, uning miqdori va darajasi, o’zgarishi va bu o’zgarish sabablari tahlil qilinadi hamda foydani oshirish chora-tadbirlari ko’riladi.

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq foydaning bir qator ko’rsatkichlari aniqlanishi va baholanishi kerak:mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda, asosiy faoliyat foydasi, umumxo’jalik foydasi, soliqqa tortilgungacha bo’lgan foyda va sof foyda.


Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish yordamida moliyaviy ko’rsatkichlartizimi asosida uning umumiy moliyaviy holati, moliyaviy barqarorligi va to’lovga qodirligi aniqlanadi va kompleks baholanadi. Bunda mazkur ko’rsatkichlarning haqiqiy darajasi, har bir ko’rsatkich uchun belgilangan me’yori bilan qiyosiy darajasi va yuz bergan o’zgarishlar aniqlanadi va shu tahlil natijalari asosida faoliyat moliyaviy holatini yaxshilash chora-tadbirlari ko’riladi.

Tayanch iboralar


Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda, asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda, xo’jalik faoliyatidan olingan umumiy foyda, soliqqa tortilgungacha bo’lgan foyda, sof foyda, moliyaviy ko’rsatkichlar
Sof tushum nimalardan iborat boʼladi ? Kurilish tashkilotlarida sof mushum deganda kurilish - montaj ishlarini oʼz kuchi bilan amalga oshirishdan keladigan tushum tushuniladi . YaST mulovchi kurilish mashkilotlari Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobomning 010 - samrida bajarilgan ishlarning jami xajmini koʼrsatadilarmi ëki oʼz kuchlari bilan bajarilgan ishlarning oʼzinigina aks ettiradilarmi ? Hisobomning 020 - samrida kurilish - montaj ishlarining umumiy tannarxi aks ettiriladimi yoki yordamchi pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar chegirilgan holda kursatiladimi ? O.Cherepanova , xususiy korxona buxgalteri . - Moliyaviy hisobot shakllarini tuldirish buyicha qoidalarning ? ( bundan keyin - Qoidalar ) 97 - bandiga muvofik Moliyaviy natijalar toʼgʼrisida xisobotning ( 2 - son shakl ) << Mahsulot ( tovarlar , ishlar va xizmatlar ) sotilishidan sof tushum » deb nomlangan 010 - satrida mahsulot , tovarlar , ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushum soliklar ( kushilgan qiymat soligʼi , aktsiz soligi ) hamda qaytarigan tovarlar va tayyor mahsulotning kiymati , sotib oluvchining sotish narxlaridan chegirmalari chegirilgan xolda koʼrsatiladi 010 - satr asosiy ( operatsion ) faoliyatdan daromadlarni hisobga olish hisobvaraklari ( 9000 ) maʼlumotlari boʼyicha toʼldiriladi . Solik kodeksining ( Kodeks ) 130 - moddasi kurilish ; kurilish - montaj , taʼmirlash - qurilish , ishga tushirish - sozlash , loyiha qidiruv va ilmiy ishlarni ( xizmatlarni ) sotishdan , shuningdek obʼektlarni foydalanishga tayyor qilib kurish ( bundan buyon - kurilish ishlari ) chogidagi ishlarni sotishdan tushgan daromad ( tushum ) ni taʼriflaydi . Unga shartnomaviy baholardan kelib chikib haq toʼlash uchun hisob - kitob xujjatlari takdim etilgan , buyurtmachilar tomonidan bajarilgan ( kursatilgan ) va tasdiklangan ishlarning ( xizmatlarning ) kushilgan qiymat soligʼi kiritilmagan qiymati koʼshiladi . Shunday qilib , qurilish ishlarini realizatsiya kilishdan tushgan , 2 - son shaklning 010 - satrida aks ettiriladigan sof tushum hisobot davrida bajarilgan qurilish ishlarining yordamchi pudrat ishlari ham inobatga olingan umumiy summasidir . Unda bajarilgan ishlar ( qilingan xarajatlar ) toʼgʼrisidagi rasmiylashtirilgan maʼlumotnomalar - xisobvarak - fakturalar buyicha qoʼshilgan qiymat soligi chegirilgan holda toʼlash uchun buyurtmachilarga takdim etilgan maʼlumotlar mujassam etilgan boʼladi . 2 - son - shaklning « Sotilgan mahsulot ( tovarlar , ishlar va xizmatlar ) tannarxi >> deb nomlangan 020 - satri buyicha sotilgan mahsulot ( tovarlar , ishlar , xizmatlar ) tannarxi summasi koʼrsatiladi , uning xisobga olish xisobvaraklarida ( 9100 ) hisobga olingan , sotilgan mahsulot ( tovarlar , ishlar , xizmatlar ) tannarxining summasi mujassam etilgan buladi ( Koidalarning 98 bandi ) . Mahsulotlarni ( ishlar , xizmatlarni ) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga² binoan chet yuridik shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar va ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʼlgan xizmatlar ham ishlab chiqarish qiymatini tashkil etuvchi xarajatlar tarkibiga kiradi ( 1.1.4 - band ) . Аna shu taʼrifni yordamchi pudratchi tashkilotlar ishlarining hajmlariga nisbatan ham koʼllash mumkin . Shu sababli 2 - son shaklning 020 - satrida xisobot davrida bajarilgan qurilish ishlarining tannarxi yerdamchi pudrat ishlari inobatga olingan holda koʼrsatiladi . YaSTni xisob - kitob qilishga kelganda aytish joizki , Kodeksning 355 - moddasiga koʼra qurilish , qurilish - montaj , taʼmirlash kurilish ishga tushirish - sozlash , loyiha - kidiruv va ilmiy - tadqiqot tashkilotlari uchun - solik solinadigan baza ularning oʼz kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya kilishdan tushgan tushum hisoblanadi . Bunda shartnomaga binoan , agar yukorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati buyurtmachining ( bosh pudratchining ) zimmasida boʼlsa va ushbu materiallarga boʼlgan mulk hukuki uning oʼzida saklanib kolgan boʼlsa , oʼz kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya kilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi ( bosh pudratchi ) materiallarining kiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi . Moliyaviy va solik hisobotlari shakllarini tuldirayotganda , kurilish tashkilotlari xisobotning u yoki bu shaklida kaysi kursatkichlardan foydalanish zarurligini farqlashlari juda - juda muhimdir . Bir tarafdan , soliklar va byudjetta boshqa tulovlarni tugri xisoblab chikish , boshka tarafdan esa , solik va statistika idoralariga takdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi ayni ana shunga boglikdir . Moliya vazirining АV tomonidan 24.01.2003 yilda 1209 - son bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan buyrugʼiga 7 - ilova . 2BMHuHe 5.02 1999 yildagi 54 - son karori bilan tasdiklangan
Download 20,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish