Haroratni qayd va regulirovka qilish. Ko’p turdagi o’lchov asboblari ichidan haroratni o’lchash uchun ko’pincha termoparlar ishlatiladi. Bu ularning oddiyligi, mustahkamligi va maqbul aniqliligi bilan tushuntiriladi.
Misol sifatida qayd qiluvchi va regulirovka qiluvchi uskunalar sifatida keng ishlatiladigan o’lchovchi potentsiometr sxemasini ko’rib chiqamiz.kameradagi harorat termopar bilan nazorat qilinadi TP, termoparda yuzaga keladigan Nt K patentsiometridan olinadigan Ni quvvati bilan to’ldiriladi. A muvofiqlashmaslik signali (7, shu quvvatlarning xar xilligiga teng A [ /==[ / t - ^p), doimiy tokdan o’zgaruvchi tokka vibroo’zgargichga o’zgaradi. Vibroo’zgargich tomonidan ishlab chiqiladigan signal L belgisi bilan aniqlanadi. Olingan o’zgaruvchan quvvat kuchayadi va M elektrodvigateli boshqaruv obmotkasiga BO beriladi. Elektrodvigatelь aylanish yo’nalishi shu signal fazasi bilan aniqlanadi va potentsiometr surilgichi A^qayta moslashning kamayish signali tomonga o’tib ketadi
SHuningdek, qayd qilish va regulirovka qilish uskunasi sifatida keng tarzda avtomatik ko’prik ishlatiladi. Ko’prikning uskunasi avtomatik patentsiometrga ko’p tomonlama o’xshaydi. 10.8 rasmida elektron avtomatik ko’prikning uchta sim bilan (harorat kompensatsiyasi uchun) ko’prikning bitta yekasiga qo’shilgan parametrik D datchigi bilan ishlatilish sxemasi berilgan. Ko’prikning energiya bilan ta’minlash o’zgaruvchan quvvat orqali amalga oshiriladi. Patentsiometr dvijogi orqali olinadigan razbalans quvvati fazaviy ta’sirchan kuchaytirgich orqali kuchayadi va M asinxron elektrodvigateli obmotkasiga beriladi. Dvigatelь aylanib, patentsiometr dvijogini ko’prik balansga kelmaguncha joyidan ko’chiraveradi. Dvijok ko’rsatkichi shkalada o’lchanayotgan parametr kattaliklarini belgilab boradi.
Sovuqqa va issiqqa chidamlilik sinovi.Ishlatishda, transportirovka va saqlashda issiqqa va sovuqqa chidamlilik sinovlari o’tkaziladi.
Ishlatish jarayonidagi issiqqa chidamlilik sinovlari mahsulotning tashqi ko’rinishi belgilangan haroratdan oshganda qay darajada o’zgarishini tekshirish va parametrlarini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Mahsulotlarning sinovlari elektrik bosimsiz o’tkaziladi, balki qiziydigan mahsulotlarini – elektrik bosim ostida. Sinovlardan oldin mahsulotlar ko’zdan kechiriladi va mahsulotning mexanik xususiyatlari (mexanik nazorat) tekshiruvdan o’tkaziladi, shuningdek, ularning elektrik parametrlari o’lchanadi. Undan so’ng o’lchov – nazoratli apparatura tekshiriladi va kamerada berilgan haroratni talab etlayotgan aniqlik blan saqlanayotganini tekshirishadi. Mahsulotni issiqlik kamerasiga joylashtirishadi. Undan so’ng kamerada kerakli harorat belgilanadi va issiqlilik muvozanatiga erishilgunga qadar mahsulotni ma’lum bir vaqt mobaynida ishlab turiladi.
Nazorat qilinayotgan parametrlarning o’lchanishi sinov ostidagi mahsulotlar berilgan haroratga ega bo’lgandan so’nggina amalga oshiriladi. Sinov muddati tugagach mahsulotlarni kameradan olib chiqishadi. Undan so’ng tiklanish davri keladi, yani mahsulot normal atmosfera sharoitlarida ushlab turiladi. Tiklanish davri mahsulotni normal haroratga kelishigacha ketadigan vaqt bilan aniqlanadi. U 1 soatdan 6 satgacha bo’lishi mumkin. Yakunida mahsulotning tashqi ko’rinishi, mexanik xususiyatlari va elektrik parametrlari tekshiriladi va o’lchanadi. Tashqi ko’rinishni tekshirayotganda rangining o’zgarganiga va himoya qatlamining butunligiga, detallarning holatiga e’tibor berishadi.
Ishlatish jarayonidagi sovuqqa chidamlilik sinovlari mahsulotning parametrlarini muhitning belgilangan va belgilangan miqdordan past darajasining ta’sir qilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Sovuqqa chidamlilik sinovlarining o’tkazilish metodikasi issiqqa chidamlilik sinovlari tartibiga mos ravishda o’tkaziladi.
Transportirovka qilish va saqlash jarayonlaridagi issiqqa va sovuqqa chidamlilik sinovlari mahsulotni transportirovka qilish va saqlash jarayonlarida maksimal belgilangan harorat ta’sirini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur sinov odatda issiqqa va sovuqqa chidamlilik sinovlari bilan birga amalga oshiriladi.
Sovuqqa chidamlilik sinovlarini odatda qirov va shudringning ta’siri sinovlari bilan birga olib boriladi. Bunda mahsulotni sovuq kameraga qo’yishadi va ma’lum bir vaqt mobaynida belgilangan past haroratda o’chirilgan holatda saqlanadi, undan so’ng ularni kameradan olishadi va normal klimatik sharoitlarga joylashtirishadi. Qo’shilgan holatda mahsulotni ma’lum bir vaqt mobaynida (3 soatlar atrofida) saqlab trishadi va doimiy ravishda (har 30-60 daqiqada) ularning parametrlari tekshiriladi, ular MHda belgilangan me’yorlarga muvofiq bo’lishlari kerak.