10.7-rasm Quduqlarga ishlov berish
qurilmasi (QIBQ);
1-korpus; 2-botgich; 3-ejektor suqmasining
korpusi; 4-shar; 5-qisqa quvur; 6-o‗ya; 7-
zichlovchi halqa; 8- aralashtirgich; 9-
texnologik bekitgich.
10.8-rasm. Quduqlarni o„zlashtirishda
qo„llaniladigan ejektor qurilmasi (QUEQ);
1-korpus; 2-ejektorli nasos; 3-
muvozanatlovchi klapan.
10.9-rasm. UGIP ishlarni o„tkazishdagi yer usti va yer osti jihozlarining bog„lanmasi.
1-favvora armaturasi; 2- UKQ; 3-ombor; 4-UGIP; 5-manometr; 6-paker; 7-dum; 8-karotaj
stansiyasi; 9- fil‘tr; 10- nasoslar agregati; 11,12- o‗lchov sig‗imlari.
UGIP dagi bosimning o‗zgarish jarayonining hammasi paker tagidagi foto qaydlovchi yoki
o‗zi yozuvchi karotaj stansiya yordamida qayd qilinadi.
393
10.3-jadval
Nasos agregatlarini soni va turi.
Chuqurligi, m
Nasos agregatining turi
Nasos agregatlarini soni
2000
SA 320M, SA 400, 4 AN-
700
1+1*
2000-3000
SA 400, 4 AN-700
1+1*
3000
4 AN-700
2+1*
1*- rezervdagi nasos agregatlari.
Ishni olib borishdan oldin quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi.
1. Ikki siklli sirkulyasiyada quduq suv bilan yuviladi va yuvuvchi suyuqlikdan
tozalanadi, 3x3 mm li o‗lchamdagi turlar yordamida tozalanadi.
2. Pakerning va oqimli apparatning o‗rnatish chuqurligi aniqlanadi. Bunda
paker perforatsiya oralig‗idan 10 metrdan kam bo‗lmagan yuqoridagi oraliqqa
o‗rnatiladi, pakerning tagi zonasiga mustahkamlash tizmasini maksimal tushirish
chuqurligining kattaligi uning mustahkamligiga bog‗liq bo‗ladi hamda oqimli
apparatning joylashtirish joyidagi bosimning qiymati nolga tenglashishi mumkin.
3. Mustahkamlash tizmasining paker o‗rnatilgan joyi zanglardan, loyli
qobiqlardan, parafin yoki smola qoldiqlaridan qirg‗ich yoki rayber yordamida
tozalanadi.
4. Oqimli apparat, paker, sirkulyasiya va siquvchi klapanlar ishlatish
ko‗rsatmalari bo‗yicha tayyorlanadi.
Oqimli apparatlarni ishga tayyorlashda qo‗yidagilar amalga oshiriladi;
- uning korpusida biriktiruvchi rezbalarning holati vizual tekshiriladi,
rezbalardagi yuvilish izlari, yeyilgan, pachoqlangan, chuqur belgilar va ko‗ndalang
qirqilgan joylar bo‗lmasligi kerak;
- siljish kameralarining holati vizual tekshiriladi –uning sirt yuzasida yuvilgan
izlar bo‗lmasligi kerak;
- klapanlarni va ejektorlarning klapanlarini elementlarining germetik holati
tekshiriladi.
- moslamalarning korpusining kanallari va klapan egarining kanallari NNQ ni
opressovka qilish uchun yuviladi va tozalanadi.
5. Paker bilan oqimli apparatni birgalikda hamda quduqqa tizma quvurlarini
tushirish amalga oshiriladi. NNQ larning rezba birikmalarining germetikligini
ishonchli ta‘minlash uchun zichlovchi rezbali surkovlardan yoki ftorli zichlovchi
materiallardan foydalaniladi. Pakerning zichlovchi materialini shikastlanishini oldini
olish uchun NKQ ning birikmasi quduqqa 0.25 m/sek tezlikdan kichik qiymatda
sekin tushiriladi.
6. Pakerlangandan keyin favvora armaturasi o‗rnatiladi va nasos agregatlarini,
ajratgichlarni, flyuidlarni o‗lchash va qabul qilish sig‗imlari tasdiqlangan sxemaga
asosan bog‗lanadi. Texnologik jarayonlarni olib borish uchun kerakli nasos
agregatlarining soni va turi yuqoridagi 10.1-jadvalga asosan tanlanadi. Ishlarni
amalga oshirishda texnik tavsiflarni o‗xshash bo‗lgan boshqa turdagi nasos
agregatlaridan ham foydalaniladi.
7. Haydash chiziqlari bir yarim karrali kutiladigan ishchi bosimga siqib
tekshiriladi hamda neft qazib olish qoidalariga muvofiq favvora armaturalari ham
germetiklikka tekshiriladi.
8. Quvurning orqa oralig‗ida ortiqcha bosim hosil qilinib, pakerning chidamligi
yuqori bosimga tekshiriladi, lekin bu bosim ishlatish tizmasini tekshirish bosimidan
yuqori bo‗lmaydi.
Oqimli apparatlar yordamida quvurning o‗zlashtirish ishlarini amalga
oshirishni ko‗rib chiqamiz.
1. Agarda quduq burg‗ilash eritmasi bilan to‗ldirilgan bo‗lsa, u oqimli apparat
yordamida ishchi suyuqlikka – suvga yoki gazsizlantirilgan neftga almashtiriladi
(suyuqlikning sarfi 1,5 m/sek oshib ketmagan holatda).
2. Ishchi bosimni hosil qilish yo‗li orqali qatlamdan suyuqlik 0.5-1 soat
davomida haydab chiqariladi. Bunda qatlamni suyuqlik bilan aloqasining mavjudligi
oqimning kattaligini va qatlam flyuidining turini aniqlaydi.
3. Gidrodinamik klapanlar bilan birgalikda suqma oqimli agregat
qo‗llanilganda, yer usti agregatlarining ishlari tugallangandan keyin chuqurlik
manometrining tasmasiga (lentasiga) bosimni egri tiklanishi aniq oraliq davomida (3-
10 soat) yozib olinadi.
Suqma oqimli apparat quduqdan arqonli texnika yoki teskari yuvish orqali
chiqarib olinadi. Yer usti oqimli apparat olib chiqilgandan so‗ng undan gidrodinamik
395
klapan va chuqurlik manomerti ajratiladi va u qismlarga bo‗linadi, aniq usullar
asosida qatlam bosimining sekin-pasayishi, quduq atrofining va undan uzoqlashgan
zonalarni o‗tkazuvchanligi hamda ularning o‗lchamlari aniqlanadi.
4. NKQning ichiga chuqurlik manometri biriktirilgan suqma oqimli apparat
tashlanadi. U o‗zining xususiy og‗irligi va 1.5-2.5 m/sek tezlikdagi suyuqlik sarfini
bostirish orqali korpusning ustiga joylashtirish uchun tashib olib kelinadi. Apparatni
uyaga ishonchli joylashtirish uchun kabel yordamida qo‗rg‗oshinli muhr tushiriladi
va suqma apparatning boshchasiga yengil zarba berish orqali u o‗zining o‗tkazish
uyasini egallaydi.
5. Yer usti nasos agregatlari yordamida 10-15 daqiqa davomida ishchi
suyuqlikning sirkulyasiyasi yordamida ishchi bosim hosil qilinadi. Sirkulyasiya
davomida quduqdan qancha hajmdagi suyuqlik chiqib ketganligi qayd qilinadi, undan
keyin esa 5-10 daqiqa davomida sirkulyasiya to‗xtatiladi. Bunday sikllarning soni
qatlamdan keladigan suyuqlik oqimining o‗sish darajasiga bog‗liq bo‗ladi.Quduqqa
oqimni kirib kelishi barqarorlashgandan keyin ishlar bajarilgan hisoblanadi.
Qatlamga depressiya-repressiya rejimida ta‘sir qilish natijasida qatlamning
quduq tubi zonasining atrofi tozalanadi va quduq asta-sekin flyuidlar bilan to‗ladi. Bu
texnologiyaning asosiy xususiyati qatlamga berilgan depressiyani hosil qilish
hisoblanadi, kerak bo‗lganda uning qiymatini va davom etishini boshqarish, qatlamga
depressiya-repressiya sikllarini ko‗p martali takrorlanishining imkoniyati mavjud
bo‗ladi.
Birinchi besh sikllarning davomida ishlarni qo‗yidagi rejimda davom ettirish
tavsiya qilinadi: 10-15 daqiqa davomida qatlamga depressiya va 5-7 daqiqa davomida
repressiya, undan keyin esa asta-sekin depressiyani hosil qilish vaqti 25-30
daqiqagacha oshiriladi va agregatlar 10-15 daqiqaga to‗htatiladi.
Qatlamdan oqimni chaqirishda va qatlam tubi zonasini tozalashda uchta
rejimdagi ishlar ketma- ket amalga oshiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |