Mahrab lirkasida ijtimoiy ohanglar



Download 290 Kb.
bet1/10
Sana16.10.2022
Hajmi290 Kb.
#853492
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mahrab lirkasida ijtimoiy ohanglar


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI


O’ZBEK ADABIYOTI YO`NALISHI
GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
20/4
KUCHKARBAYEVA MADINANING
O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN
MAHRAB LIRKASIDA IJTIMOIY OHANGLAR”
MAVZUSIDA YOZGAN


KURS ISHI
Ilmiy rahbar katta o`qituvchi:
CHIRCHIQ 2022
MASHRAB LIRIKASIDA IJTIMOIY OHANGLAR”
Reja
I. Kirish. O’zbek adabiyotida Mashrabshunoslik muammolari
II. Asosiy qism:
A) Boborahim Mashrabning hayoti va ijodi
B) Mashrab she’riyatining g’oyaviy xususiyatlari
D) Mashrab va xalq poeti ijodi
E) Shoir she’riyatida xalq maqollarining o’rni
F) Mashrab lirikasida “irsoli masal” va talmeh san’atlarining ishlatilishi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu esa о‘tmish tariximizni, ma’naviy qadriyatlar va merosimizni mustaqillik ehtiyojlari nuqtai nazaridan qayta kо‘rib chiqib, ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “ Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsin”.
Bu sо‘zlar milliy adabiyotimiz tarixini о‘rganayotgan olimlar uchun dasturul amaldir. Shu vaqtgacha о‘nlab adiblarimiz va allomalarning adabiy, diniy va tarixiy merosi qayta о‘rganilib, asarlari nashr qilindi. Shular qatori ulug‘ shoir Boborahim Mashrabning ijodiy merosi turli yо‘nalishlar bо‘yicha ilmiy-nazariy jihatdan о‘rganildi, о‘rganilmoqda. Ayniqsa, uning adabiy merosini tо‘plash va nashr etish borasida samarali ishlar qilindi. Mashrabning jumboqlarga tо‘la hayoti va ijodiy merosi haqida manbalar tо‘plandi, uning lirikasi “Devon” holida nashr etildi. Shoir lirik asarlarining g‘oyaviy-tematik jihatlari, mahorati, poetik tili, ijodiga doir ilmiy tadqiqotlar yuzaga keldi.
Ko’p asrlik boy adabiyotimizning chuqur mazmundoorligi va keng ko’lamini ming bir xil rang va jilovlarini uning turli tuman ohang va navolarini Lutfiy va Navoiy, Bobur va Mashrab, Gulxaniy va Turdi, Ogahiy va Mo’nis, Muqimiy va Furqat, Avaz va Zavqiylar bilan yonma – yon qalam tebratib xalqimizning ezgu intilishlari orzu – umidlarini, quvonch – shodligi va dardu hasratlarini kuylagan Boborahim Mashrab ijodisiz tasavvur etish qiyin. Boborahim Mashrab asarlarini ayniqsa uni she’riy ijodini tahlilq qilish, o’rganish,uning merosini u haqidagi turli – tuman qarashlarni qiyosiy tahlil etish bugungi kun o’zbek adabiyotining asosiy masalalaridan biridir.
Mashrab ijodining tarixiy-filologik, xronologik, falsafiy va tilshunoslik nuqtai nazaridan о‘rganilganligi, kelgusida qilinadigan ishlarni aniq belgilab olish imkonini beradi. Shо‘ro davrida ham bu borada salmoqli ishlar qilingan. Biroq shoir adabiy merosi xususidagi ilmiy maqola va risolalar о‘sha davr mafkurasi talablari asosida baholandi. Shunga qaramay, ular fakt va dalillarning kо‘pligi bilan katta ahamiyatga egadir. Bugungi kunga kelib Mashrab ijodi matnshunoslik aspektida ham о‘rganilmoqda. Ilmiy qayd va xulosalarga suyanib turib, shoir merosining hali yetarli tadqiq etilmagan jihatlari kо‘p ekanini ta’kidlash kerak. Mashrab lirikasi bо‘yicha mavjud ilmiy ishlar sharhi shuni kо‘rsatadiki, shoirning poetik mahorati sirlari, she’rlaridagi badiiy san’atlarning funksiyalari, shoir qо‘llagan xalq maqollari, matal, aforizm va frazeologik iboralar shu paytga qadar maxsus tahlil qilinmagan, ularni mustaqillik sharoitida milliy-ma’naviy tiklanish mezonlari asosida о‘rganish zarurati bor. Bu esa ushbu tadqiqot mavzusining dolzarbligini kо‘rsatadi.
Mashrab kuylagan g‘oyalar millat taraqqiyoti va shaxs kamoloti uchun, ayniqsa, muhimdir. Shoir ma’naviy merosini tadqiq va targ‘ib etish tariximiz, madaniy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni yaxshiroq о‘rganishga hamda yangi avlod vakillarida ajdodlarimizga ehtirom, milliy iftixor tuyg‘ularini tarbiyalashda yordam beradi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganidek: “Bizni mushtarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, o‘xshash mentalitet, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va an’analar, hamda ajralmas do‘stlik chambarchas bog‘lab turadi. Bularning barchasi, xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yo‘lida Markaziy Osiyo davlatlari salohiyatini birlashtirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorligimizga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi”.
Shoir g‘azallarining xalq tomonidan kо‘p о‘qilishi, hofizlar tomonidan kuylanishi, og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga kо‘chib yurishi ham uning xalq qalbiga naqadar yaqinligini kо‘rsatadi. Mashrab adabiy merosining katta qismi bizgacha xalq kitoblari orqali yetib kelganligi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Bu esa, shoir nazmiy asarlarining xalq ruhiga nechog‘lik yaqin ekanini kо‘rsatadi. Mashrab she’riyati va xalq og‘zaki ijodi muammosini о‘rganish shuning uchun ham dolzarb muammolardandir.

Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish