I.1. Boborahim Mashrabning hayoti va ijodi
Boborahim Mashrab 1640 – yilda Namanganda Valibobo bo’zchi oilasida dunyoga kelgan. Otadan yosh yetim qolgan. Shunga qaranay chuqur bilim olishga harakat qiladi. Dastlab o’z qishlog’dagi mulladan tahsil olib savod chiqaradi. Uning bolaligi, tahsil yillari haqida “Qissayi Mashrab”da ko’p rivoyatlar keltirilgan ulardan biz yoshligidn ilohiy jazba tekkan, g’ayri oddiy, g’ayb asroridan voqif bir inson bo’lganini ko’ramiz. Jumladan, ilk tahsil kunlarning birida ustozi undan “alif” deyishini so’raydi, “Alif” deydi. Endi “be” (arab alifosidagi 2-harf) deng, deydilar. Shunda shoh Mashrab ustozlaridan “alif” va “be”ning ma’nosini tushuntrib berishni so’raydilar. Shunda domla biroz achchiqlandi. Buni ko’rgan Mashrab aydilar: “Ey domla. “alif”ni ma’nosini siz aytmasangiz man aytarman”. Ustozlar aytdilar: Ey o’g’lum, “alif”ni ma’nisi nimadir?” Shoh Mashrab aydilar: “Domla, “alif”ni ma’nisi birdur. Ul sababdin “Be” demasmen. Mundin o’tmak xatodur”. Buni eshitgan ustoz shogirdining quvvai afkoridan hayratga qoladilar. Chunki shunday yoshda olam va odamning mohiyatini bunchalik teran anglash g’ayri odatiy hol edi. Bu rivoyat bizni Mashrab dunyoqarashining eng muhim asrori bilan oshno etadi. U butun borliqni Ollohning zuhuri deb bilishini, Olloh bitta boshqa barcha mavjudod uning tajallisi deb tushunishini anglatadi.
Uning bunday o’tkir zehnini ko’rgan ota – onasi zamonasining eng ulug’ shayxlaridan bo’lgan Mulla bozor Oxund qo’liga tahsil uchun topshirdilar. Mashrab u yerda diniy va tasavvufiy falsafani o’rganadi. Mansur Halloj, Farididdin Attor, Nasimiy, Ibrohim Adham dunyoqarashi bilan tanishadi. Hofiz, Lutfiy, Navoiy she’riyatiningfayzosor navolaridan bahramand bo’ladi. Ularniing ko’plab asarlarini yod oladi. Ulardan ilhomlanib, o’z tuyg’ularini ruhiyatining rang – barang manzaralarini ifodalab o’ziga xos asarlar yarata boshaydi.
Mashrab Namanganda har tomonlama puxta bilim olgandan keyin, undagi g’ayritabiiy layoqatni ko’rgan ustozi uni Qashqarga Ofoq Xoja huzuriga bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida yuboradi.
Mashrab Ofoq Xoja dargohida 1665 – yildan boshlab 7 yil xizmat qiadi. Shu yillarda u tariqat bosqichlarini amaliyotini bosib o’tadi. Tasavvuf ta’limoti g’oyalarini she’riyatiga olib kiradi.
“Qissayi Mashrab”dagi rivoyatlar orqali biz Mashrabning ruhiy takomil bosqichlari haqida ham xulosalar chiqarib olishimiz mukin. Tasavvuf ta’limotida Olloh asrorini o’rganishning 2 yo’li mavjud. Birinchisi, ilmi qol. U mantiqiy tafakkurga asoslangan. Ikkinchisi, ilmi hol. U ruhiy takomil darajalariga tayanadi.
Mashrab Ofoq Xoja huzurida ana shu ilmi hol tahsilini olai. Shu yerdagi hayoti paytida shoir buni e’tirof etgan o’rinlar bor: “Bildiki, ilmi holni oldida ilmi qol bir kasb”.
Ofoq Xo’ja kanizagi bilan Mashrab o’rtasidagi munozara ham har xil sharhlanadi. Kimdir bu munozarada dunyoviy mazmun ko’rsa (buni tushunish qiyin emas,) kimdir unda ilohiy ishq darajalarini ko’radi: “Kanizak nozu karashma birla dediki: ey Mashrab, to yeti yildirki, seni dog’I ishqing mani siynamg’a joy olibdur. Bukun mening birla bir yerda o’lturmasang qiyomatga mani qo’lum sening etagingda bo’lg’ay. Shoh Mashrab ani ko’rub behud bo’ldilar. Yana hushlariga kelib aytdilarki: Ey bor Xudoyo muningdek ofati jon bandalaring bor ekan, - deb behud bo’lub yiqildilar”. Bu voqea ayol bo’lgach Ofoq Xoja “Qizil libos kiyib shamshiri barahna birla ro’baro’ bo’ldilar”, - deyiladi qissada.
Ranglar so’fiy ruhiy holatlari. Alloh tomon safaridagi daraja – bosqichlarini bildirib turadi… Qizil rangda solikning ruhi vujuddan ajrala boshlagani, ma’rifatga yaqinlashgani, ma’naviy mohiyatlar olamini anglagani ma’lum qilinadi. Ammo, bu bosqich hali hirs qutqusidan xalos bo’lmagan bir holatdir.
Demak, Mashrabning goh Xud, goh bexud bo’lishi, Ofoq Xo’janing Qizil libosda tasvirlanishidan shoirning ma’rifatga yaqinlashganini xulosa qilishimiz mumkin. Xuddi shunday ruhiy darajada solikka pirning rahnomoligi zarur bo’ladi. Shuning uchun ham Ofoq Xo’ja Mashrabga peshvoz chiqadi. (Uni to’g’ri ruhiy manzilga yo’naltirish uchun shahvat tomiriga muhr qizdirib bosadi). Bu borada shu vaziyatda aytilgan ayrim she’riy parchalarga ham ishora bor:
Bir oh urubon Laylini Majnun qilayozdim,
Pirsiz kishilar borgusidur nori alamga,
Tasavvuf lug’atlarida soch – zulf Olloh bilan dunyo o’rtasidagi parda sifatida izohlanadi. Quyidagi baytda devonalik – bexudlik shu perdani parishon qilishi, to’zatishi haqidagi fikr singdirildi. Mumtoz adabiyotda Layli va Majnun oshiq va ma’shuqa timsoli hisoblanadi. Mashrabning shu o’rinda keltirilgan ushbu g’azalida oshiq va ma’shuqa o’rtasidagi masofa yo’qoladi, yani ma’shuqa ham oshiqqa aylanadi. Yagonalik, birlik paydo bo’ladi. Buni “Anal – haq”likning talqini deyish mumkin:
Bir hu chekibon Laylini Majnun qilayozdim,
Devonalig’im shona urur zulfi sanamga…
Qissaning shu o’rinda Mashrab yuqoridagi she’riy parchalarni aytgandan so’ng Ofoq Xoja uning shu paytdagi ruhiy holati haqidagi hukmni bayon etadi: “Ey so’filar, Mashrabni tutinglarki, andan Mansur Hallojning bo’yi keladur”
1673 – yilda Mashrabning onasi vafot etadi. U shundan keyingi hayotini qalandarlik bilan o’tkazadi. Ko’p viloyat va shaharlarga boradi. Hamma joyda xalq uni ulug’ avliyo, so’fiy shoir sifatida qabul qiladi. U qayerga bormasin, zamondoshlariga olamning va hayotning mohiyatini tushuntirishga xizmat qiladi. To’g’ri yo’ldan adashgan, nafsiga mag’lub kimsalarni hushyorlikka, uyg’oqlikka da’vat etadi. Insoniyatni mudroqlikdan, ma’naviy so’qirlikdan ogohlantiradi.
Qissadagi ayrim rivoyatlar insoniyat tabiatidagi uni tanazzulga yetaklovchi qusurlar, xislatlardan ogohlantiradi. Jumladan, manmanlik, takabburlik kishini nazaridan qoldiradi, Ollohdan uzoqlashtiradi. Bunga Mashrabning munosabati qisqagina rivoyatda yorqin ifodalab beriladi. Mashrab Buxoroyi Sharifda bir qalandardan otini so’raydi. “Mani otim Ponsadmandur.shoh Mashrab aydilar: Shayton bir marotaba manlik qilib bo’yniga tavqi la’nat tushti, san besh yuz manni (Ponsad – fors-tojikchada besh yuz demakdir) ko’tarib yurursan. Munosib shulki sandin qochmoq kerak”.
Mashrabshunoslikda bir mallif ilk bor maydonga tashlagan xato fikrni ikkinchimiz rivojlantirganmiz, uchinchimiz esa uni asoslash, dalillash yo’llarini qidirganmiz. Chindan ham, endilikda oddiy va hato, odatiy bo’lib qolgan “isyonkor shoir”, “dahriy shoir” unvonlarii olaylik – ular zaminida katta ijtimoiy – siyosiy va amaliy mazmun – ma’no yotishiga e’tibor bermay shunday aytaveramiz. Ta’kidlab aytish kerakki, masalan, “isyonkor shoir” deyilganda, shubhasiz botirso’z va jasurqalb shoir asarlaridagi ruhiy tug’yon va jasoratli hayqiriq; shiddatli xitob va qat’iy ohang, zulm va adolatsizlikka qarshi keskin norozilik va ayovsiz fosh etishni emas, amaliy faoliyatidagi zo’ravon amaldorlar va riyokor ruhoniylar bilan murosasiz bahsni ham emas, balki siyosiy tushunchadagi isyonkorlik nazarda tutilgan. Bunday siyosiylashtirishda shoirning dorga osilganligi jiddiy dalildek tuyuladi.
Aslida esa bu mudhish fojianing yuz berishining bosh sababchisi shoirning isyonkorligimi yoki ruhoniylarning munofiqligi va hokimlarning jaholatimi – buni ham jiddiy o’rganish lozim.
Bizningcha, Mashrabning amaliy – ijtimoiy faoliyatida ham, badiiy asarlarida ham uning siyosiy tushunchadagi isyonkorligini ko’rsatuvchi, hatto bunga biror darajada imo – ishora etuvchi asos yo’q. Ammo, Mashrabshunoslikda qat’iylik bilan shoirni isyonkor sifatida ko’rsatishga zo’r beraverdik, uni shunchaki deyishni kam deb bildik va oxirgi yillarda “Buyuk isyonkor” deb tuzatdik. Unga bag’ishlangan maqolalardan birida xuddi shunday sarlavha qo’yilgan. Shoirning “buyuk isyonkorli”ligini isbot etish uchun yangi – yangi rivoyatlar to’qishga to’g’ri keldi natijada Mashrab inqilobchi darajasiga yaqinlashtirib qo’yildi. Tadqiqotchilardan birining mana bu ta’kidiga nazar tashlaylik, uning zaminidagi katta siyosiy mazmunga diqqat qilaylik:
“Sinfiy kurashlar jangida xalq o’z ma’naviy ustozlaridan biri Mashrab edi”. Yana o’qiymiz: “Mashrab xalqning ruhiy rahbari edi… Biz Mashrabni ham xalq uchun ustoz va rahnamo ulug’ zotlar jumlasidan, deb hisoblaymiz”. Va nihoyat “Mashrab xalq oldidagi o’z ma’naviy rahbarlik burchini a’lo darajada anglagan” deb ta’kidlanadi o’sha maqolada.
Hamonki, Mashrab “buyuk isyonkor” bo’lsa, “xalqning ruhiy rahbari” va “xalq oldidagi o’z ma’naviy rahbarlik burchini a’lo darajada anglagan”, “sinfiy kurashlar jangida xalq yetishtirgan yo’lboshchi” bo’lsa – u qamalishi, zindonga tashlanishi yoki jilla bo’lmasa surgun qilinishi kerak. Chindan ham surgun qilinmagan isyonkor – isyonkormi yoki tarixda qaysi buyuk isyonkor surgun qilinmagan? Mantiq Mashrabning surgun qilinishini talab qiladi. Marhamat, bu savollarga ham javob tayyor. Boborahim Mashrab tavalludining 350 – yilligi yubleyiga tayyorgarlik munosabati bilan bosilgan maqolalarning birida jiddiy tarzda Mashrabning “Namangandan Qoshg’arga noma’lum muddatga va ehtimol, umrbod badarg’a” etilganligi haqida so’z boradi. Undan oldingi tadqiqotlarning birida esa shoirning Qoshg’ardan surgun qilinganli haqida o’qiymiz.
Biz bunday bahs va talqinlarga also qo’shila olmaymiz. To’la ma’noda xalqchil ijodkor bo’lgan Mashrab bunday suniy ulug’lashga zarracha ham muhtoj emas.
To shu kunga qadar bir yoqlama va dalillarga zid yoritilgan masalalardan yana biri Mashrab va Ofoq Xoja munosabatlaridir. Avvalo shuni aytish kerakki, Mashrabning asli Buxorolik bo’lgan Hidoyatulloh Ishoqxoja o’g’li Ofoq Xoja dargohiga borishi mutlaqo “badarg’a” emas, aksincha, zamonasining mashhur diniy arbobiga murid tushish va shu orqali ma’naviy komolotga erish kabi ezgu niyat yo’lida hamda Mulla Bozor Oxund tavsiyasiga ko’ra qilingan ixtiyoriy ishdir. Mashrab u yerda so’fiy – falsafiy bilimlarni, qalandarlik shart – sharoitlari va yo’l – yo’riqlarini egallashga kirishadi.
Aftidan, Ofoq Xoja eshon bilim doirasi juda keng, jumladan, badiiy adabiyotda ham anchagina xabardor bo’lgan, xususan, she’riyatning qadr – qimmatini, uning ommaga ta’sir kuchini yaxshi tushungan. Shu bois, aytish mumkinki, uning dargohida she’riyat ham yuqori baholangan. Mashrab haqidagi qissa ma’lumotlari xuddi shunday guvohlik beradi. Boborahim bilan ilk uchrashuvdayoq Ofoq Xoja uning she’riyatdan o’ziga xos imtihondan o’tkazadi, jumladan, Xo’ja Hofiz Sheroziy va o’z g’azallaridan yoddan o’qishni talab qiladi. Bu sinovdan muvoffaqiyatli o’tga Boborahimga, qissada yozilishicha, Ofoq Xoja “Mashrab” taxallusini beradi. Bu ma’lumotning haqiqatga qanchalik muvofiq ekanini aytish qiyin. Har holda ayrim, asarlarida (shoirning) “Mashrab” taxallusini Ofoq Xoja qo’yganligi aniq ravshan qayd etiladiki, bu bejiz bo’lmasa kerak. Masalan, g’azallarning birida:
Quddisa sirrihu Xojam otimni “Mashrab” dedilar,
Qoshg’aru Yorkand ichinda sohibi guftor o’zum.
Bayti uchrasa boshqa o’rinda:
Ofoq Xojamki, suyub “Oting Mashrab!” dedilar,
Bo’sag’angda o’lurman, manda hasrat qolmadi.
Misralarini o’qiymiz.
Bu kabi dalillar Ofoq xoja bilan Mashrab o’rtasidagi munosabatlar also g’oyaviy dushmanlik tarzida kechmaganligini ko’rsatadi. Xuddi shu o’rinda shoirning yana bir iqrorini eslab o’taylik – u o’z hayotini, barcha fazilatlarini, hatto “har nafas”ni pirining sharofatidan, deb ochiq – oydin ta’kidlaydi:
Har nafaski, manda bor bo’ldi madad Ofoq Xojam,
Bo’lmasa bir quruq yog’och, dashteda ko’hsor o’zum.
Eshon dargohidagi kanizaklarning biriga muhabbat tufayli shoirning jismoniy jazolanishi masalasiga kelsak, bizningcha, bu ongli ravishda qilingan va shahvat o’ldirish, o’z nafsini tiyish, tamoman ilohiy ishqga berilish niyatida rasmiy marosimlarni eslatadi. (O’zlikni, nafsni bunday qurbon qilishlik isom dunyosi tarixida ancha – muncha uchraydi. Mashrab “fojiasi”ni Shayx Shibliyning o’z ko’ziga o’zi nil tortib, ko’r bo’lishi yoki Xoja Ahmad Yassaviy yorug’ dunyoni tark etib, qorong’u g’rga ko’chish bilan qiyoslash o’rinli ko’rinadi.) shoirning bu masala yuzasidan Ofoq Xoja qoshida:
Maqbuli hidoyat bo’layin deb gunoh etdim –
degan iqrori ham xuddi shu rejaga ishora etgandek tuyuladi. Ofoq Xojaning, qissada ta’kidlanishicha, Mashrab gardaniga o’z muhrini qizdirib bosishi ham bu taxminni – rasmiy marosimni quvvatlagandey ko’rinadi.
Shu ma’noda Mashrabning o’z piriga nisbatan chin hurmat – ehtiromni umrbod saqlab qolishi ham bejiz bo’lmasa kerak. Qissa ma’lumotlariga ko’ra, shoir Qoshg’arga yana bir marta keladi, keyinchalik esa, Ofoq xojaning Hindistonda ekanligini eshitib, o’sha tomon uning ziyoratiga shoshiladi. Shoir asarlarining biror o’rinda, jumladan qissada ham Ofoq Xoja haqida salbiy baho yo’q, aksincha, uning nomi doimo izzat – ikrom bilan tilga olinadi, 1995 – yilda (hijriy 1105-yil) uning vafoti munosabati bilan esa maxsus marsiya – tarix yozadi. Qisqasi, Ofoq Xoja bilan Mashrab o’rtasidagi o’zaro samimiy pir – muridlik munosabatlari adabiyotshunoslikda jiddiy buzilib, g’oyaviy raqib shaxslar o’rtasidagi dushmanlik munosabatlari tarzida talqin etilganki, bunda ham o’sha suniy siyosiylashtirishning aniq izlari bor.
Mashrab insoniyatni mol – dunyo, nafs, hirsu havas to’g’ri yo’ldan ozdirishini juda teran anglagan. O’zi bilgan mohiyatni zamondoshlariga o’qtirishni farz deb bilgan. Quyidagi rivoyat Mashrabning dunyoga, boylikka munosabati haqida xulosa chiqarishimizga asos bo’ladi. Buxorodan Mashrab bir g’rib bechorani chaqirib aytdilar: “Agar belimdagi fo’ta tushib qolsa, saning baxtingdur, agar qo’lum birla bersam dunyo ayturki, mani Mashrab qo’li birla tutti, ammo yerga tushsa, san yerdin olg’il, minnatdor bo’lsun yer”
Mashrab bir necha chaqirim minib yo’l bosgan otini oyog’ini chopishni buyuradi. Muridlari sababini so’rashganda, - “To o’rdadin registoni Buxorog’a kelguncha ushbu otni minib, Ollohi taolodin g’ofil bo’ldum. Yana har banfayi mo’min bu otning ustig’a minib, xudoyi taolodin g’ofil bo’lmasun, shu sababdin o’ldurunglar dedim”, - deb javob beradilar. Bu bilan Mashrab qanday mansab martabada bo’lsada, insonning “oyog’i yerdan uzilmasin”, ko’ngli Ollohdan uzoqlashmasin degan fikrni ilgari surmoqda.
“Qissayi Mashrab”da ahoirning ilohiy ishq kuychisi ekanligi, bu ishq otashining meyyoru hadisi borasida ham bir qancha rivoyatlar keltiriladi. Shulardan birida hikoya qilinishicha, mashrab Yorkentga borganda, chilim so’rab chekadi. Nafas tortib tutun chiqarganda, butun olam qorong’u bo’ladi. Ammo, chilimning sarxonasini olib yerga qoqqanlarida xalq bir dona ham bang quymaganligining guvohi bo’ladi. Bu albatta, bir tomondan Mashrabning karomatpeshaligini ko’rsatsa, ikkinchidan, shoir ishqi sharorasining o’tkirligini namoyish etadi. Bir o’rinda Mashrab nomoz o’qib, “hu” deb nafas chiqarganlarida kuygan kabobning isi kelardi, deyiladi.
Ko’rinib turibdiki, “Qissai Mashrab” rivoyat tarzida yaratilgan bo’lsa ham, bizga shoirning dunyoqarashi, shaxsiyati, asarlarining mazmun – mohiyatini anglashimizda asosiy manba vazifasini o’taydi. Undagi rivoyatlardan mantiqiy xulosalar chiqarishimiz mumkin. Shoir asarlari bilan qissadagi fikrlarni muqoyasa etib, ayrim muammolarga aydinlik kiritishimiz mumkin.
Mashrab 1711 – yilda Balx hokimi Mahmud Qatag’on tomonidan dorga ostiriladi.
Boborahim Mashrabning bizgacha she’rlaridan tashqari “Mabdai nur” va “Kimyo” asarlari ham yetib kelgan. Adabiyotshunosligimizda bu ikki asar muallifi borasida uzoq yillar bahs – munozara olib borildi. Ayrim olimlarimiz ularni Boborahim Mashrabga nisbar berishsa, ayrimlar ular Mashrabi Soniy taxallusi bilan ijod etgan Mullo Ro’ziboy Oxundning asaridir, deyishgan. Ammo, so’ngi yillarda bu munozaraga biroz oydinlik kiritildi. Bu asarlar tuzilishi, mazmuni va g’oyaviy yonalishiga ko’ra, tili badiiy vositalarining ishlatilishiga ko’ra va Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan ayrim qo’lyozmalardagi ma’lumotlarga ko’ra Boborahim Mashrabnikidir, degan xulosaga kelindi. 1997 – yilda “Mabdai nur” asari hozirgi yozuvimizda nashr ham etildi.
O’zbek mumtoz adabiyotigao’ziga xos uslubga, ijodiy yo’liga rga bo’lgan shoirlarimizdan biri Boborahim Mashrabdir. U o’z hayotini O’rta Osiyoning ko’p shahar va qishloqlarida qalandarona yashab o’tkazdi. Shoir faoliyatiga karomatpesha bir avliyo, darvesh, qalandar sifatida xalq katta ixlos va ehtirom bilan qaragan. Shuning uchun o’z zamonasidan boshlab Mashrabning asarlari keng yaratilgan. Majzub Namangoniyning “Tazkirat ul – avliyo”, Ishoq Bog’istoniyning “Tazkirai qalandaron”, Maleho Samarqandiyning “Mazakkiri ashob” kabi tazkiralarida Hakimxon To’raning “Muntaxab ut – tavorix”, Mirzo olimning “Ansabus – salotin” asarlarida ham shoir haqida ayrim ma’lumotlar, mulohazalar uchraydi. Mashrabning shaxs sifatidagi qiyofasi haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba bu – Pirmat setoriy tomonidan tuzilgan “Qissai Mashrab”dir. U XX asr boshlariga qadar “Devona Mashrab”, “Shoh Mashrab”, “Eshon Mashrab”, “Qissai Mashrab” kabi nomlar bilan juda ko’p nusxalarda kitobat qilingan.
Mashrab ijodi, faoliyati bilan XIX asr oxiri XX asr boshlarida rus sharqshunos olimlari qiziqa boshladilar.
1889 – yilda “Turkiston viloyatining gazetida” bir qator maqolalar e’lon qilindi.
Shoir hayoti va ijodi borasida o’zbek adabiyotshunos olimlarimizdan Izzat Sulton, V.Zohidov, I.Mo’minov, G’.G’ulom, A.Hayitmetov, A.Abdug’afurov, E.Shodiyev, V.Abdullayev kabilar ham bir qanchamaqolalar e’lon qilishgan. Ularda mashrab shaxsi, ijodi bilan bog’liq turli masalalar yoritib berilgan.
Mashrabshunosligimizni kuzatib, uzoq yillar siyosiy mustamlaka ta’sirida shoir ijodi soxta talqinlarga duchor etilganini guvohi bo’lamiz. Mashrab ijodidagi ilohiy muhabbat dunyoviy muhabbat sifatida talqin etiladi. U dinni rad etuvchi – ateist, deya baholanadi. Shoir she’riyatidagi jo’shqin isyon ham sinflar manfaati bilan bog’lab izohlanadi.
Ammo, mustaqilligimizning benazir sharofati bilan Boborahim Mashrab ijodi o’zining xolis bahosini ola boshladi. Olimlarimiz uning asarlariga teranroq nazar tashlamoqdalar. Jumladan, I.haqqulning “Haqiqat yo’l tutay desang…”, N.Komilovning “Kamoli nuri rahmatman” maqolalarini N.Jumaxo’janing “Milliy istiqlol mafkurasi va adabiy meros” nomlik doktorlik dessertatsiyasidagi Mashrabga oid ma’lumotlarni aytish mumkin. Ular shoir dunyoqarashi, falsafasini atroflicha yoritishga harakat qilishgan.
Mashrab hayoti va ijodini o’rganish borasida matnshunoslik yo’nalishida ham ancha ishlar amalgam oshirilgan. Jumladan, 1958 – yil birinchi bor P.shamsiyev va A.Hayitmetovlar tomonidan Mashrabning “Tanlangan asarlari nashr etildi. Bu 1960 – yilda qayta nashr bo’ldi. 1963-1971 – yillarda A.Abdug’afurov Mashrab asarlarining to’laroq nashrini yaratdi. 1979 – yilda V.Rahmonov tomonidan yana mukammalroq nashr tayyorlandi. Unga yozilgan “So’zboshi” ham ma’lumotarning yangiligi, shoir asarlariga chuqurroq yondashilganligi bilan katta ilmiy qimmatga ega. Mashrab asarlarining so’ngi nashri 1990 – yil Samarqandlik adabiyot muallimi Jaloliddin yusupov tomonidan amalgam oshirildi. Kitobda keltirilgan “So’zboshida” ush bu nashrning oldingilardan tafovutlari afzalliklari batafsil sharhlab berilgan. Mashrab hayoti va ijodiga oid muammolarga birlamchi manbalar vositasida aniqlik kiritilgan. Mashrabning taxalluslari “Mabdai nur”, “Kimyo” asarlarining muallifligi, O’rta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida Mashrab taxallusi bilan ijod etgan shoirlar borasida yangi xulosalar bayon qilingan, ravshanliklar kiritilgan.
Ko’rinadiki, Mashrab hayoti va ijodi xususida ancha tadqiqot ishlari amalgam oshirilgan. Ammo, biz hali shoir shaxsini, dunyoqarashiyu falsafasini, asarlari mohiyatini to’laligicha anglaganimiz yo’q. bu borada hali yechimini kutayotgan muammolar juda ko’p.
Do'stlaringiz bilan baham: |