Mahorat maktabi” da malaka oshirayotgan psixologlar uchun “Psixologik korreksiya” yo‘nalishi bo‘yicha tavsiya va maslahatlar


Psixokorreksiyalarni samaraliligini aniqlovchi omillar



Download 359,28 Kb.
bet16/38
Sana07.09.2021
Hajmi359,28 Kb.
#167303
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Psixokorreksiyalarni samaraliligini aniqlovchi omillar.

1. O‘quvchining kutgan natijasi.

2. O‘quvchini mavjud bo‘lgan muammolaridan xalos bo‘lishi.

3. O‘quvchi muammosining xarakteri.

4. O‘quvchining birgalikdagi faoliyatga tayyorgarligi.

5. Korreksion tadbirni o‘tkazayotgan psixologning kutgan natijasi.

6. Psixologning shaxsiy va professional tayyorligi.

7. Psixokorreksiyaning samarasi konkret metod va ta’sir etuvchi xususiyatdan aniqlanadi.

Psixokorreksion yordamning samaraliligiga baho berish borgan sari aktuallashmoqda. Bu psixologning ta’sir eta olishi va korreksion ishning sifatliligidandir.

Ishning samaraliligini baholashda aniq metodni belgilab olish zarur. Korreksion ishda ma’lum bir metodni oldindan tanlash qiyin, chunki ish faoliyatida psixologlar turli metodlardan foydalanadilar.

Hatto bir metod har xil mutaxassisda har xil natija beradi.

Ishning bahosini bu metoddan xabari bo‘lmagan ekspert berishi zarur.

Psixologning tarbiyaviy-ta’limiy sifatini hisobga olish kerak.

Psixologning kasbiga bo‘lgan qiziqishini hisobga olish zarur.

Guruhiy korreksion ishda psixologning professional bo‘lishi katta ahamiyatga ega.

Psixokorreksion ishlarda o‘quvchi psixologik ta’siridan so‘ng quyidagilarga qarab baholanadi:

Ichki kechinmalarining sub’ektiv mohiyatining o‘zgarganligi.

Ta’sir etgandan so‘ng o‘quvchining ijobiy tomonga o‘zgarishi.

Psixologik ta’sirning samarasini belgilashda psixofiziologik metodlar ishlatish mumkin. Ular insonning vegetativ-somatik fiziologik va psixik funksiyalarini baholaydi. Psixokorreksion ta’sirning samaraliligi kriteriysi xar bir shaxsdagi salbiy o‘zgarishlarni aynan uni o‘ziga xos ekanligini hamda tanlangan psixokorreksion metodlar ta’siri shu o‘zgarishlarga karatilganligini hisobga olish bilan bog‘liqdi

5-mavzu. Individual psixologik korreksiya xususiyatlari
Psixologik korreksiya, yuqorida aniqlaganimizda, o‘quvchining qabul qilingan me’yorlarga mos kelmaydigan ruhiy rivojlanishining xususiyatlarini «to‘g‘rilashga», qaratilgan mutaxassisning faoliyatini aks etdiradi.

G.S.Abromova fikricha, shaxsiy psixologik korreksiya - odamning ichki dunyosini diskret tafsifiga (psixologning) asosli tasir kilishidir.

SHaxsiy yondashuv asosida, Adler tomonidan yaratilgan yo‘nalish shaxsiy psixologiyaning ba’zi negizlarini o‘z ichiga olgan va mohiyati bo‘yicha gumanistik psixologiya va ekzistensializmni ko‘pgina holatlarini maftun qilgan. Asosiy tushunchalari: «odam», «shaxs», shaxsiy rivojlanish, «turi», «yoshi» tengligi stress, «frustratsiya» deb qabul qilingan.

Odam – «Erda hayot rivojlanishini yuqori pog‘onasini gavdalashtirgan zot», ijtimoiy – tarixiy faoliyat sub’ektidir.

SHaxs - ijtimoiy rivojlanish fenomeni, ong va tushunchaga ega aniq tirik odam.

SHaxsiy rivojlanish - ijtimoiylashtirish va tarbiyalanish natijasida turni ijtimoiy xususiyati sifatida shaxsni shakllanishi jarayonidir.

SHaxs shakllanishini tabiatdan anatom-fiziologik shart-sharoitlariga ega bo‘lgan bola, ijtimoiylashtirishi jarayonida insoniyatning yutuqlarini o‘zlashtirib olam bilan o‘zoro ta’sirga kirishadi. Ushbu jarayonda shakllangan qobiliyat va vazifalar shaxsda shakllangan odamning sifatlarini takror ishlab chiqaradi.

Individ - (individium ) - Inson birligining alohida namoyondasi; qurol, belgilardan foydalanuvchi va ular orqali shaxsiy fe’l-atvori va ruhiy jarayonlarga ega bo‘luvchi, tabiiy (biologik) chegaradan tashqariga chiquvchi ijtimoiy mavjudot, ushbu tushuncha bilan individuallik tushunchasi chambarchas bog‘liqdir, u boshqa odamlardan ijtimoiy ahamiyati tomonidan farqlanadigan odamdir, individning shaxsi va o‘ziga xos ruhiyati uning takrorlanmasligidadir.

YOsh-shaxsiy rivojlanishini vaqtinchalik xususiyatlarini belgilash uchun xizmat qiladigan turkum. Psixologiyada yoshni xronologik tushunchalar muhokama qiladi.

Xronologik yosh – «turni tug‘ilganidan boshlab yashash davomiyliligini aks etdiradi». Psixologik yosh - «xronologik yoshdan farqli ravishda» – bu organizmning shakllanish qonuniyatlari, yashash, o‘qish va tarbiyalanish sharoitlarini asoslaydigan hamda muayyan-tarixiy kelib chiqishga, bolalik antogenetik rivojlanishining o‘ziga xos aniq sifatli tushunchasini bildiradi.

YOsh inqirozi - keskin psixologik o‘zgarishlar bilan xarakterlanadigan ontogenezni alohida nisbatan uzoq davom etmaydigan davrlaridir. Asabiy va jarohatli xarakterga ega tangliklardan farqli ravishda shaxs rivojlanishining me’yoriy ketma – ketligiga zarur bo‘lgan me’yorlarga taalluqlidir.

Ctress - turli xil ekstremal ta’sirlar - stresslarga javoban yuzaga keluvchi keng doiradagi holatlarni belgilovchi holat.

Frustratsiya – ma’lum maqsad yo‘lidagi mavjud mavhum to‘siqlarni paydo bo‘lishiga nisbatan hosil bo‘ladigan muvaffakiyatsizlikni boshdan kechiruvchi ruhiy holat.

Psixokorreksiyaning asosiy maqsadi o‘quvchining yosh va turi xususiyatlari shuningdek sub’ektiv voqeligidan kelib chiqib tushuntiriladigan shaxsni resurslarini faollashtiruvchi va me’yorga mos keluvchi holatga olib kelishdir.

Psixokorreksiyaluvchi ta’sirning asosiy quroli sifatida psixolog chiqadi, korreksion jarayon psixolog - o‘quvchi juftligida kechadi. O‘quvchilarni turli xil talablarni shakllangan vaziyatga munosabatlarini to‘rtta asosiy strategiyaga birlashtirish mumkin.

- vaziyatni o‘zgartirish;

- vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zini o‘zgartirish;

- vaziyatdan chiqib ketish;

- mazkur vaziyatda hayotni yangi xususiyatlarini tanish.

Psixokorreksiyaning so‘ngi vazifalari uchta asosiy sohalarni istalgan o‘zgarishlariga erishishidir:

- kongnitiv;

- emotsional (his- tuyg‘u);

- o‘zini tuta bilish.


Download 359,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish