Individual psixokorreksiyaga qarshi ko‘rsatma:
1) yaqqol ifodalangan qo‘zg‘aluvchanlik;
2) ongining etarlicha rivojlanmaganligi;
3) axloq – odob me’yorlarining pastligi.
Individual psixokorreksiyaning samaradorligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
1) psixologning shaxs sifatidagi xususiyatlari (ijtimoiy kelib chikishi, jozibadorligi, intellektual rivojlanishi, iroda. xarakterini xususiyatlari);
2) o‘quvchi va psixolog o‘rtasida shakllangan munosabat (ishonch, mutaxassisning obru qozongani, o‘quvchini mutaxassisga tobeligi);
3) o‘quvchiga nisbatan psixologning tanlagan vaziyatining mosligi ( psixologning tutgan yo‘li, psixologni o‘quvchiga nisbatan munosabatida qabul qilgan boshqarish strategiyasi; Ushbu tanlov psixolog tomonidan o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini va vaziyatni ishlab chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ishontirish. Mutaxassis tomonidan qabul qilinishidan qat’iy nazar turli xildagi psixologik yordamni tashkil qiluvchi qismidir
Qayta (takror) ishontirish (persuaziya) __ avval shakllantirilgan jarayonni qayta tiklash. Psixologik yordam ko‘rsatish paytida takror ishontirish o‘quvchini muammoni mohiyati va uni echish usullari haqidagi tasavvurini o‘zgartiruvchi maqsadga yo‘naltirilgan, ishontirishni shakllanishi ketma-ketligi ko‘zda tutiladi.
Ta’sir etish - o‘quvchini ruhiy ta’sir doirasiga bevosita yoki bilvosita maqsadli ta’sir qilish jarayonidir.
Ta’sir etishni bir necha turkumlari mavjud.
1. Ta’sir etish va o‘z-o‘ziga ta’sir etish.
2. Ochiq va yopiq.
3. Aloqali va aloqasiz.
Ta’sir etish o‘quvchiga turli holatlarida qullaniladi: uyg‘oq holida , tabiiy uyqu holida.
Sir saqlashni mutloq asosga ko‘tarish mumkin emas, chunki bu tushuncha nisbatdir, bir tomondan taqdim etmayotgan ma’lumotlar xarakteriga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchiga ziyon keltirmaydigan materiallar ushbu qoidaga bo‘ysunmaydi. Quyidagi holatlarda kasb siriga rioya qilinmaydi:
o‘quvchini hayotiga katta xavf solinganda;
o‘quvchining jismoniy harakatlari;
o‘quvchini kasalxonaga yotqizish zarur bo‘lganda;
uchinchi kishilar manfatdorligi (qarindoshlar, yaqinlari, o‘quvchining tanishlari).
O‘quvchini muammosini tadqiq qilish mutaxassis tomonidan quyidagi usullardan foydalanish natijasida olib boriladi:
suhbat, intervyu, psixologik testlar.
Suhbat- mutaxassis tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil qilinganda, butun psixokorreksiya jarayonini olib borishning asosiy usuli hisoblanadi. Bunda « o‘quvchi-mutaxassis» muloqati jarayonida olingan aniq ma’lumotlar asosida tadqiqotchini qiziqtirayotgan bog‘liqlik aniqlanadi. Psixologik (ruhiy) maslahatlashuv turli bosqichlarda qo‘llaniladi. Suhbatning spetsifik turi sifatida intervyu farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |