5. Psixologik faoliyatning rivojlanishining tizimliligi tamoyili. Bu tamoyil korreksion ishda rivojlantiruv va profilaktik vazifalarni hisobga olish zaruriyatini tug‘diradi. Bu vazifalarni tizimliligi shaxsning turli tomonlarini va ularning rivojlanishini geteroxronligining (birday emasligi) o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradi. SHaxs rivojlanishining hamma aspektlari psixika tuzilishining tizimliligi tufayli o‘zaro bog‘liq. Korreksion rivojlantiruv faoliyatning maqsad va vazifalarini faqatgina bugungi kunda dolzarb bo‘lgan muammolar bilan chegarallanmasdan keyingi rivojlanishni ham hisobga olish kerak. Vaqtida ko‘rilgan zarur choralar rivojlanishdagi har xil og‘ishlarni oldini oladi.
Korreksion ishning strategiyasini aniqlashda rivojlanishning tizimliligi prinsipi «yuqoridan quyiga» korreksiya prinsipi bilan o‘zviy bog‘lik ekanligini ko‘ramiz: rivojlanishning dolzarb darajasi tizimliligi rivojlanishning markaziy chizig‘i nuqtai nazaridan oshiriladi.
6. Korreksiyaning faolligi. Ushbu tamoyil korreksion urinishlarning predmetini, maqsadga erishish yo‘llari va usullar tanlashni, korreksion ishning o‘tkazish taktikasini, qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish yo‘llari va usullarini aniqlaydi.
Uning mazmuni shundan iboratki, korreksion- rivojlantiruv ta’sirning asosiy usuli o‘quvchining aktiv faoliyatini tashkillashtirishdir. SHaxs rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlar uchun zarur bo‘lgan asos yaratiladi.
SHu tamoyilga ko‘ra korreksion ishning asosiy yo‘nalishi o‘quvchining faoliyatidagi har xil sohalarida, shaxslararo munosabatlarida, rivojlanuv ijtimoiy vaeiyatda o‘z yo‘nalishini shakllantirishdir.
Ayniqsa bolalar bilan bo‘lgan korreksion ishda «etakchi faoliyat» tushunchasi ishlatiladi. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshida bunday faoliyat o‘yindir, o‘smirlik yoshida- muloqot va o‘zaro faoliyat.
Korreksiyaning faoliyatli tamoyili: birinchidan, korreksion o‘rinishlarning predmetini aniqlab beradi, ikkinchidan esa, faoliyatning har xil mos kelgan turlarini tashkillashtirish orqali korreksion ishning usullarini aniqlab beradi.
2-mavzu. Korreksion ishning maqsad va vazifalari.
Psixokorreksion tadbirlar rivojlanishdagi og‘ishlarni to‘g‘rilashga yo‘naltirilgan. SHu tufayli bir necha dolzarb savollar tug‘iladi:
Rivojlanishdagi og‘ish deganda nimani tushunish kerak?
Psixologik korreksiyani amalga oshirish uchun kanday ko‘rsatmalar bor?
Korreksiyaning vazifalarini aniqlashda ma’suliyatni kim o‘z bo‘yniga oladi va qaror kabul kiladi?
Korreksiyani samaradorligini kim va nimaga asoslanib baholaydi?
Korreksion ishning amaliyotida rivojlanishdagi qiyinchiliklarni turli sabablarini keltirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |