Hozirgi paytda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari, asosan, quyidagi sug‘urta turlarini amalga oshirishadi: baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash; ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va kasal bo‘lish holatidan sug‘urta; chet elga ketayotgan shaxslarni sug‘urtasi; hayot sug‘urtasi. Yuqorida qayd etilgan sug‘urta turlari ichida baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash keng tarqalgan bo‘lib, ular “O‘zbekinvest” EIMSK, “O‘zagrosug‘urta” va “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalari, “Madad” sug‘urta agentligi kabi bir qator sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |