Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashda sug‘urta summalari jamg‘arilmaydi, muddati 1 yildan oshmaydi. 2002 yilning 28 mayidan e’tiboran “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida” qonunning qabul qilinishi bilan sug‘urta 2 ta tarmoqqa bo‘lindi: hayot sug‘urtasi; umumiy sug‘urta. Qonunga asosan sug‘urtalovchilarning faoliyati sug‘urtaning qaysi tarmog‘iga ixtisoslashganligiga qarab alohida litsenziyalanadigan bo‘ldi. Hayot sug‘urtasini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar umumiy sug‘urta turlarini o‘tkazishga haqli emas yoki aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |