―Mahmud Qoshg‘ariy ―Devoni lug‘atit turk‖ asarida ―Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib so‘zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarni o‘rganib, amalga oshir‖, deydi



Download 17,12 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi17,12 Kb.
#781031
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo


Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini ezozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta‘kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan. O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan.
Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini ezozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta‘kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan‖1 . O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan.
―Mahmud Qoshg‘ariy ―Devoni lug‘atit turk‖ asarida ―Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib so‘zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarni o‘rganib, amalga oshir‖, deydi. Allomaning ushbu fikri kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini e‘zozlab, kishilarni ulardan ibrat olishga chaqiradi‖1 . Sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatida yirik mehnat taqsimoti negizida mustaqil soha bo‘lib ajralib chiqqan hunarmandchilik – to‘qimachilik, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, gilam to‘qish, sopol, metall buyumlar tayyorlash kabi sohalarni yanada rivojlantirishga hamda dehqonchilik, chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan. SHu sababli ijtimoiy hayotda yangidan-yangi kasb-hunarlarning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo‘l ko‘yilmagan. Ajdodlarimiz o‘z asarlarida yoshlarning kasbiy mehnat ta‘limi va tarbiyasiga juda katta etibor berganlar. Ular kasb-hunar ta‘limiga talim va tarbiyaning zaruriy tarkibiy qismi sifatida yondashganlar va uni aqliy, jismoniy va manaviy tarbiya bilan birga olib borish zarur, deb hisoblaganlar. Yoshlarga qobiliyatlarini va moyilliklarini hisobga olib, jiddiy o‘ylab mehnat turini tanlash to‘g‘risidagi pand va nasihatlarini ko‘rish mumkin. CHunonchi, Alisher Navoiy ta‘lim oluvchilarning individual, o‘ziga xos qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ta‘kidlab, ―Insonlar tabiatan teng bo‘lsalar ham, ammo ularga turli fazilatlar berilgan, deydi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinadiki, buyuk allomalar va mutafakkirlar kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-axloqiy, pedagogik-psixologik jihatlariga, ota-ona, maktabning roli, kasb tanlashda yosh avlodning hayot, mehnat yo‘lini mustaqil tanlashiga alohida e‘tibor 6ilan qarashgan. Bolani hunarga yo‘llashda uning qiziqish, moyilligi, qobiliyatini o‘rganish, bunday holatda ularning onglilik, izchillik va vorisiylik, yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini qayd etgan.
Xullas, bu kabi misollar ajdodlarimizning kasb tanlash nazariyasini shakllantirishga munosib hissa qo‘shganidan dalolat beradi. Umumta‘lim maktablarida kasbga yo‘naltirish jarayonida ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan unumli foydalanish ijobiy samara berishi shubhasizdir.
Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga tariximizdan ko‘p misollar keltirish mumkin. Al Farobiyning ―Fozil odamlar shahri‖ Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‘u’’, Kaykovusning ―Qobusnoma’’ asari, Ahmad Yugnakiyning ―Hibatul haqoyiq’’, Sa‘diyning ―Guliston’’, Jomiyning ―’’Bahoriston’’, Alisher Navoiyning ―’’Mahbub-ulqulub’’, Davoniyning ―’’Axloqi Jaloliy’’ kabi asarlarida sog‘lom va barkamol insonni shakllantirish mazmuni, yo‘llari, shakllari hamda usullari yoritiladi. Shunday asarlardan biri Kaykovusning ―’’Qobusnoma’’ asaridir. Ming yilga yaqin davrlardan beri 49 xalqni ayniqsa yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda qo‘llanma bo‘lib kelayotgan ―’’Qobusnoma’’ asari hozirgi o‘zgarishlar davrida insonni ma‘naviy kamolotga yetkazishda muhim o‘rin kasb etmoqda. XII asrning 82-83 yillarida G‘arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab ―Nasihatnomasini yaratdi va uni bobosi podshoh Shamsul maoniy Qobus sharafiga ―Qobusnoma deb ataydi. Bu asar juda ko‘p sharq va g‘arb tillariga tarjima qilingan. 1860 yilda ―’’Qobusnoma’’ asari birinchi marta buyuk o‘zbek shoiri va mutaffakkiri Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan tarjima qilingan.
Ushbu asar muqaddima va qirq to‘rt bobdan iborat. Muqaddimada asarning nomlanishi va G‘ilonshoh shajarasi xususida yozib, ―Ey farzand, ikki tarafdan sening asling va nasabing pokdur va ulug‘dur deydi. Kaykovus Qobusnoma asarida ilmni uchga bo‘ladi: biror kasb-hunarga bog‘liq ilm, ilm bilan bog‘liq bo‘lgan kasbhunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat. Ilm olish yo‘liga kirgan toliblarga hamma vaqt parhezli va qanoatli bo‘lish, bekorchilikdan o‘zini tiyish, doimo shodxurram va harakatchan bo‘lish, kitob o‘qishga berilish, ilm yo‘lida qayg‘u hasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash uchun uni takrorlab borish, ilmda haqiqat uchun kurashish, oz so‘zlab, ko‘p tinglash haqida gapiriladi.
Kaykovus bilim va aqlning ahamiyatini aytib, uni mol-dunyodan ham yuqori qo‘yadi. ―Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa say‘ ko‘rguzgilki, mol bila boy bo‘lgandan, aql bila boy bo‘lg‘on yaxshiroqdur, nedinkim, aql bila mol jam etsa bo‘lur, ammo mol bilan aql o‘rganib bo‘lmas. Bilgil, aql bir moldurki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvda oqmas, inson odobi ham aqlning belgisi ya‘ni ―al adab – suratil aql deb xulosa chiqaradi.
Ma‘naviy meroslarning moddiy qadriyatlar bilan hamohang rivojlanishi juda ko‘p mutafakkirlarning, donishmandlarning tarixiy va adabiy asarlarida yuksak mahorat-la bitilgan, hamda jahonning madaniyat xazinasiga abadiy hissa bo‘lib qo‘shilgan. Turli ijtimoiy-iqtisodiy davrlarda yaratilgan hadis, pandnoma, rivoyat, hikoyat, doston, maqol, g‘azal, ruboiy, masnaviy va boshqa ko‘rinishlarda ta‘lim-tarbiya va kasb-hunar o‘rganishning afzalligi, halol mehnat bilan yashashning zarurligi to‘g‘risidagi fikrlar bizning zamonamizgacha ham yetib kelgan. Bunday yozma manbalarga VI-VII asrlarda yaratilgan Avesto, XI asrda Kaykovus tomonidan yaratilgan ―Qobusnoma‖, Abu Nasr Forobiyning ―Baxt-saodatga erishuv‖ ―Fozil odamlar sharhi‖ asarlari, hind faylasufi Beydabo (Bedpoy) tomonidan yozilgan ―Kalila va Dimna‖, Al-Xorazmiyning ―O‘gitlar‖i, Abu Rayhon Beruniyning «Minerologiya» asari, Yusuf Xos Xojibning ―Qutadg‘u bilig‖, Mahmud Qoshg‘ariyning ―Devonu-lug‘otit turk‖, Ahmad Yugnakiyning ―Hibat-ul haqoyiq‖, Pahlavon Mahmudning ―Ruboiy‖lari, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan to‘plangan ―Hadislar‖, Lutfiyning ―Gul va Navro‘z‖, Alisher Navoiyning ―Xamsa‖, ―Mahbub-ul-qulub‖ asarlarida, Aruz Samarqandiyning ―Nodir hikoyatlar‖i, Zahiriddin Muhammad Boburning ―Boburnoma‖ va boshqa ko‘plab adabiy, tarixiy, madaniy-ma‘rifiy meroslari namunalarini misol keltirish mumkin. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan ―Avesto‖ dastlab 1200 betlik hajmda Zardo‘sht tomonidan yozilib, 12 ming ho‘kiz terisiga bitilgan(eramizdan avvalgi 548-529 yillarda qog‘oz bo‘lmagan), hamda ko‘pgina dinlarning ma‘naviy, mafkuraviy asosi bo‘lib xizmat qildi, davrlar o‘tishi bilan, tarjima va o‘girishlar natijasida qisman takomillashtirildi. ―Avesto‖da mehnat qilish, halol kun kechirish to‘g‘risida shunday satrlar ko‘plab keltirilgan: ―Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne‘matlar yaratishi lozim‖. Yana, ―Mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatdan ham, tilanchilar qatorida, yot 53 eshiklarga ta‘zim qilib, abadul-abad bosh eshib turajaksan, haqiqatdan ham sening yoningdan turli xil ziroatlarni olib o‘tadilar‖. U tarbiyaviy, ta‘limiy, pandnoma ko‘rinishidagi yirik asardir.
O‘rta asr SHarqining buyuk allomasi Abu Nasr Forobiy o‘zining qator asarlarida ilm va ta‘limning mukaddasligi, xushaxloqlik, sadoqat, insoniylik, tarbiya, mehnat va kasb-hunar o‘rganish to‘g‘risidagi falsafiy, ilmiy g‘oyalarni ilgari surdi. M: uning ―Risola fi-t tanbih asbob as-saodat‖ (Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola), ―Fozil odamlar shahri‖ va boshqa asarlarida o‘zining yaxshi, mukammal, baxtli jamiyat haqidagi orzularini batafsil bayon qiladi.
Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng ezgu orzusi bo‘lib kelgan. Barkamol inson deganda ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy kamol topgan shaxs tushuniladi. ―Barkamol‖ so‘zining lug‘aviy ma‘nosi ham kamolotga erishgan, kamol topgan, bekamu-ko‘st yetuk, har jihatdan to‘kis, mukammal deganidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. Karimov I.A “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”

Internet saytlar:


1 WWW.bilim.uz
2 WWW.edu.uz-Vazirlik sayti
3.WWW.ziyo.edu.uz –Vazirlik sayti
Download 17,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish