Mahmud Koshg‘ariy Ziyayeva Gulmira
(1030–1127)
Mahmud Qoshg‘ariy (1030–1127)
Mahmud kelib chiqishi va tiliga ko‘ra Qoshg‘ariy nisbatini olgan. U yashab ijod etgan davrda Movarounnahrda Somoniylar o‘rnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada keng urf bo‘la boshlagan edi. Hatto Abbosiylar xalifaligi markazlarida, azaldan arab va boshqa somoniy xalqlar yashab kelgan o‘lkalarda turkiy elatlar namoyandalari ko‘payib, turkiy tilga e’tibor oshgan edi. Mahmud Qoshg‘ariy ham o‘zining uzoq yillar davomida yaratgan “Devonu lug‘atit turk” kitobini 1075-yilda tugallagan. Asarning asosiy matni o‘sha davrda keng mintaqa musulmon Sharqida, butun Yaqin va O‘rta Sharqda din, fan tiliga aylangan arab tilida yozilgan bo‘lib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yozilgan.
Mahmud Koshg‘ariyning to‘liq ismi Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammadil Koshg‘ariydir. Nima uchun buyuk alloma o‘ziga “Koshg‘ariy” taxallusini tanladi? Mahmud Koshg‘ariyning bobosi qoraxoniylar sulolasining tipik vakili Qoraxoniy hukmdor Yusuf Qodirxon (1026–1032) Qoshg‘arda tug‘ilgan bo‘lib, uning, ya’ni yosh Mahmudning otasi Husayn va onasi Bibi Robiya ham o‘z davrining bilimdon, olijanob, yetuk tarbiya ko‘rgan, xushfe’l insonlardan sanalar edi. Mahmud Koshg‘ariyning bobosi asli qashg‘arlik bo‘lsa-da, umrining ko‘p qismini Bolasog‘un (hozirgi Qirg‘iziston hududidan oqib o‘tuvchi Chu daryosi vodiysida, aniqrog‘i zamonaviy Bishkek (qadimda Pishpek – A.N.) shahridan taxminan 150–200 km janubi-sharq, Issiqko‘lning g‘arbiy sohilidan 100–150 km shimoli-g‘arb tomonida joylashgan)ga ko‘chib kelib, shu yerda yashab 1025-1032-yillar davomida ulkan qoraxoniylar davlatiga xoqonlik qildi. Qoraxoniylar poytaxti dastlab Qoshg‘ar bo‘lib, keyinchalik u Bolasog‘un, keyin O‘zgan va yana Qoshg‘arga ko‘chgani tarixiy ma’lumotlarda qayd etilgan. - Mahmud Koshg‘ariyning to‘liq ismi Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammadil Koshg‘ariydir. Nima uchun buyuk alloma o‘ziga “Koshg‘ariy” taxallusini tanladi? Mahmud Koshg‘ariyning bobosi qoraxoniylar sulolasining tipik vakili Qoraxoniy hukmdor Yusuf Qodirxon (1026–1032) Qoshg‘arda tug‘ilgan bo‘lib, uning, ya’ni yosh Mahmudning otasi Husayn va onasi Bibi Robiya ham o‘z davrining bilimdon, olijanob, yetuk tarbiya ko‘rgan, xushfe’l insonlardan sanalar edi. Mahmud Koshg‘ariyning bobosi asli qashg‘arlik bo‘lsa-da, umrining ko‘p qismini Bolasog‘un (hozirgi Qirg‘iziston hududidan oqib o‘tuvchi Chu daryosi vodiysida, aniqrog‘i zamonaviy Bishkek (qadimda Pishpek – A.N.) shahridan taxminan 150–200 km janubi-sharq, Issiqko‘lning g‘arbiy sohilidan 100–150 km shimoli-g‘arb tomonida joylashgan)ga ko‘chib kelib, shu yerda yashab 1025-1032-yillar davomida ulkan qoraxoniylar davlatiga xoqonlik qildi. Qoraxoniylar poytaxti dastlab Qoshg‘ar bo‘lib, keyinchalik u Bolasog‘un, keyin O‘zgan va yana Qoshg‘arga ko‘chgani tarixiy ma’lumotlarda qayd etilgan.
-
- Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk” asarini yaratish uchun turkiy qabilalar yashaydigan ko‘plab shaharlar va qishloklarni kezib chiqqan. 14 yillik (taxminan 1057-yildan 1071-yilgacha) safari davomida keng ko‘lamli tarixiy materiallarni to‘pladi. Buyuk olim o‘z kitobida 6800 dan ziyod turkiy so‘zni guruhlashtirdi, (110 hudud, ko‘l va daryo, 40 elat va qabila nomlari), turkiy tilda izohlar keltirdi. Kitobdan 242 ta she’r, 262 ta maqol va matal o‘rin olgan. Hayratlanarlisi shundaki, u qo‘llagan 875 ta so‘z, 60 ta maqol va matal biron-bir o‘zgarishsiz zamonaviy turkiy tilimizga kirib kelgan.
- Mahmud Koshg‘ariy vaziyat taqozosi bilan islom dunyosi olimlari yig‘ilgan va ilm-fan markaziga aylangan Bag‘dod shahriga boradi. Natijada, bu yerga yig‘ilgan olimlar muloqotida bo‘lib, ilm-fan yutuqlari bilan yaqindan tanishgan. Shu bilan birgalikda, Bag‘dodda mavjud bo‘lgan ilmiy muhitdan unumli foyd
Mahmud Koshg‘ariy asarning kirish so‘zida shunday yozadi: “Men Falak turkiylar zaminida davlat yaratganini ko‘rdim. Falak bu xalqlarni “turkiy” deya atadi va ularni davlat boshqaruviga qo‘ydi. Hukmdorlar turkiylar bo‘lib, hokimiyat ularning qo‘lida edi, ular odamlarni boshqardi. Odamlar o‘z hukmdorlarining adolatli ishlarini qo‘llab-quvvatlardi, ular bilan yonma-yon kurashar edi va turkiylar yomon ishlardan saqlanishga qodir edi. Turkiylar qo‘llab-quvvatlashlari uchun ularning tilida so‘zlamoq kerak”. - Mahmud Koshg‘ariy asarning kirish so‘zida shunday yozadi: “Men Falak turkiylar zaminida davlat yaratganini ko‘rdim. Falak bu xalqlarni “turkiy” deya atadi va ularni davlat boshqaruviga qo‘ydi. Hukmdorlar turkiylar bo‘lib, hokimiyat ularning qo‘lida edi, ular odamlarni boshqardi. Odamlar o‘z hukmdorlarining adolatli ishlarini qo‘llab-quvvatlardi, ular bilan yonma-yon kurashar edi va turkiylar yomon ishlardan saqlanishga qodir edi. Turkiylar qo‘llab-quvvatlashlari uchun ularning tilida so‘zlamoq kerak”.
- “Devonu lug‘otit-turk”dagi geografiyaga oid ma’lumotlar g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Sababiki, asarida turkiy xalqlar joylashgan hududlar ta’rifini keltirgan va u muallif dunyodagi eng qadimiy turkiy xarita muallifi hisoblanadi. Ushbu xarita XI asrdagi Osiyoning eng qadimiy va ahamiyatli xaritasi bo‘lib, unda geometrik aniq shakllarda tog‘lar, ko‘llar va daryolar ko‘rsatilgan, eng muhim shaharlar va qabilalar qayd etilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |