Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. Shoirning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?
2. Shoirning bolalarga bag‘ishlab yaratgan she’r va dostonlaridan qaysilari
yodingizda qoldi?
3. Adib romanlarida bolalar hayoti qanday tasvirlangan?
179
Safo Ochil
(1942 — 2009)
„Safo Ochil — serqirra ijodkor. U taniqli shoir, iqtidorli adib
va tarjimon, iste’dodli adabiyotshunos va tarjimashunos olim,
mohir tarbiyashunos va muallim, adolatli noshir sifatida o‘zbek
xalqiga ma’lum va manzur“, deyiladi adibning „Orzular ko‘kida
shafaqlar“ kitobining avvalida. Òo‘g‘ri, yuqorida aytilgan sifat va
fazilatlar Safo Ochilda to‘la mujassam.
Shoir va olim Safo Ochil to‘fonli kunlarda, o‘zbek xalqi
ikkinchi jahon urushining dahshatli va vahimali azob-uqubatla-
rini boshidan kechirayotgan davrda, ya’ni 1942- yil, 20- mart
kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida dunyoga keldi. U
boshlang‘ich ta’limni shu tumandagi „Olg‘a“ hamda Oxun-
boboyev nomli maktablarida oldi, keyin esa Bog‘ot tumanidagi
Narimonov nomli o‘rta maktabni tamomladi.
U 1958- yilda Òoshkent davlat chet el tillari pedagogika ins-
titutining nemis tili fakultetiga kirib, uni nemis tili, o‘zbek tili
va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tugatdi. So‘ngra uzoq yillar Xorazm
davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dot-
sent, kafedra mudiri lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatdi.
Filologiya fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori, O‘z-
bekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq ta’li-
mi a’lochisi Safo Ochil o‘z ijodiy faoliyatini 1955- yilda bolalar-
bop she’rlar mashq qilishdan boshladi. Uning bolalar uchun
yozgan asarlari „Umidvor qushcha“ (1983), „Kamalak va sumalak“
(1987), „Burgut“ (1992) kabi she’riy kitoblariga jamlangan bo‘lib,
ularning barchasi yosh kitobxonlarga manzur bo‘lgan.
Shoirning o‘sha davrdagi mashqlarida ham o‘ziga xos isyon-
korlik va kurashchanlik ko‘zga tashlanadi. „Onam paxtakor“
(1955) she’rida lirik qahramon onam „O‘tgan yili ko‘p Paxta
180
terdi. Davlat unga Nishon berdi. Pul ber desa, Derlar qoch-qoch,
Bizlar esa Och, yalang‘och...“ deya hayqiradi. Darhaqiqat, she’r
yozilgan davrda paxtakor-mehnatkashlar faqat mehnat qi-
lishgan, lekin mehnatiga yarasha haq olishmagan. Shu hayot
haqiqati badiiy haqiqatga aylanganki, bu mavjud sho‘ro tuzu-
miga nisbatan murg‘ak qalbning isyonidir.
Shoir ramziy ifodalash orqali o‘zining falsafiy fikrlarini
bolalar tilida jonlantirishga harakat qiladi. Bu o‘rinda „Kunga-
boqar“ she’ri diqqatga loyiq:
Kungaboqar muloyimdir,
Uyati bor.
O‘ziga xos qiziq, ajib
Odati bor —
Òunda yerga, kunduz esa
Kunga boqar.
Shu boisdan yer-u kunga
Birday yoqar.
Qorni to‘ygach, „yig‘ib olar“
U esini.
Quyoshga ham ko‘rsatadi
Yelkasini...
Bu she’rda o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga xos botiniy parallelizm
uslubi gavdalangan. Kungaboqarning o‘ziga xos xususiyatlari,
o‘sishi, „yashash“ tarzi yashirin ravishda insonga qiyoslanadi.
Darhaqiqat, ayrim laganbardor odamlarning rahbar-u amaldor-
larga yaltoqlanishi, ularning og‘ziga qarab turishi va ularga egilib-
bukilib turish manzaralari barchaga ayon va ma’lum. Qolaversa,
hayotda ba’zi kishilar borki, ular ishi bitgach, yaxshilikni tez
unutadilar, ezgulik qilgan insonga hatto „yelkasini ko‘rsatadi“lar.
She’rda shu lavhalar badiiy jihatdan yaxshi tasvirlangan.
„Soyam bilan o‘ynayman“ she’rida ayrim subutsizlar timsoli
yorqin ifodalangan. Bola o‘z soyasi bilan do‘st tutinadi, o‘ynaydi.
Biroq soya esa bola yursa-yuradi, tursa-turadi.
Bolada qiziq bir xususiyat bor. Kimdir uning qilgan ishini,
xatti-harakatini takrorlayversa, aytgan so‘zini bot-bot aytaversa,
„Meni ermak qilyapti“ deb undan jahli chiqadi. „Soyam bilan
o‘ynayman“ she’ridagi lirik qahramon ham shu holatga tushadi
va o‘z soyasiga:
„ — Ey, soyajon! Qilmagin ermak. Shunday qilsang, Do‘st-
massan, demak“, deya tanbeh beradi. Lekin soya „bilganidan
qolmaydi“.
181
Shunda lirik qahramon o‘zining ichki ruhiy holatini, kich-
kintoylarga xos iztirobini, noroziligini to‘kib soladi:
„Po‘m“ desam-da,
Ergashib kelar.
Undan odam
Qanday qutular?!
Shoirning „Qo‘rqoqlik“ she’rida yosh lirik qahramon
nohaqlikka, adolatsizlikka, loqaydlikka qarshi isyon ko‘taradi.
Shu isyon ruhi badiiy-publitsistik uslub orqali tasvirlanadi:
— Dada, katta bir bola
Meni nohaqdan urdi.
Yordam bermay o‘rtog‘im
Qo‘rqoqlik qilib turdi.
Murg‘ak bola og‘ir ahvolga tushganida o‘rtog‘ining himoyasini
kutadi. Shunda o‘rtog‘i ko‘maklashmasa, yonini olmasa, u
iztirob chekadi. Va bola dadasidan so‘raydi:
Sizni ham men singari,
Birov nohaq urganmi?
Shunda do‘stingiz chetda
Yordam bermay turganmi?
Bu holat nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham xosdir.
Bir kishi ikkinchi kishini begunoh, adolatsiz ravishda xafa qilsa
yoxud xo‘rlashga harakat qilsa, bundan og‘iri bo‘lmaydi. Dar-
haqiqat, shunday noxush hodisalar uchrab turadi. Shoirning
„Qo‘rqoqlik“ she’rida tasvirlangan voqea-hodisada hayot uyg‘un-
ligi bilan she’riy uyg‘unlik bir butun yaxlitlikka ega.
Bolalar shoiri kichkintoylar hayot tarzini, ichki dunyosini,
fe’l-atvorini, ruhiy kechinmalarini, fikrlash darajasi va ko‘lamini,
eng asosiysi, ularning shirin, chuchuk tilini yaxshi bilishi asosiy
mezondir. Shoir Safo Ochil she’rlarini o‘qir ekanmiz, uning shu
fazilatlarini kuzatamiz.
Odatda, bolalar tabiat manzaralarini, hayvonot va qushlar
dunyosini boshqalardan ko‘ra ko‘proq sevadilar, o‘zgacharoq his
qiladilar va idrok etadilar. Shoir she’rlarida bolalarning shu xislat-
lari badiiy-falsafiy jihatdan aniq tahlil qilinganki, ular murg‘ak
qalblarning ruhiyatiga samarali ta’sir qila oladi.
„Yarador qushcha“ she’rida ilgari surilgan badiiy-tarbiyaviy
g‘oya qushlarga nisbatan mehr, g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakl-
182
lantirishga yordam beradi. She’rda poetik voqea-topilma tush orqali
ifodalanadi va nazmiy til orqali „so‘zlab“ beriladi. Kichkintoyning
o‘zi tushida uchib yuradi. Yonginasida uchayotgan qushchani
otishadi va bola qulayotgan yarador qushchani ushlab oladi. Keyin
yaralarini bog‘lab, unga yordam ko‘rsatadi. Lirik qahramon
qushchaning chekayotgan azobi, qiynalib chirqirashiga chidolmay
yig‘lab yuboradi, uyg‘onib ketadi va deydi:
Òushdagidek ne uchun
Uchib yura olmayman?
Yarador qushchamni men
Nahot ko‘ra olmayman?
Òushidagi kabi ucholmasligidan afsuslanish, yarador qush-
chasiga rahm-shafqat va uni sog‘inish ruhi bola vujudini qamrab
olgan. Boshqacha aytganda, murg‘ak qalbda sog‘inch dardini
uyg‘otish va shakllantirish lirik yo‘sinda talqin qilingan.
„Yarador qushcha“ she’rining ikkinchi qismida avvalgi poetik
ma’no va maqsad ravshanlashtiriladi. Ya’ni o‘yinqaroq bolaning
toshbag‘irligi, ozor chekkan qushning iztirobi va nihoyat, rahmdil
kichkintoyning odobliligi va mehr-oqibati sokin ohangda kuylan-
ganki, bu turfa fe’l-atvorlar o‘quvchi ruhiga samarali ta’sir etadi.
O‘yinqaroq bola sopqonidan tosh otib, qushni yerga qulatadi.
Boshqa bir bola tiðirchilab, chalajon yotgan qushchani mu-
shukdan olib qochadi va unga in yasaydi, malham qo‘yib, yarasini
bog‘lab, don-dun berib, parvarish qiladi. Qushcha esa yarasi
tuzalgach, qafasda zerikadi. Rahm-shafqatli, odobli bola uning bu
holatini his qiladi:
Òuzalgach asta-sekin,
Zerikdi u qafasda.
Qolgan kabi armonda,
Uchsam derdi osmonda.
Uni yaxshi ko‘rardim,
Darrov qo‘yib yubordim.
Shoirning „Men“i tutqunlikda qiynalayotgan qushchani
ozod qiladi. U bundan zavq-shavq oladi. Bu yerda ozodlik, erkinlik
bola tilidan falsafiy yo‘sinda ifodalangan. Yuqorida aytilgan
poetik ma’noni ochib berish uchun muallif jonli hikoya uslubini
tanlaganki, u she’rga nafis va ohangdor pafos hamda joziba
bag‘ishlagan.
183
Safo Ochil „Òog‘ lavhalari“ (turkum), „Mudraydi qishloq“,
„Ey, qor“, „Qor bola“, „Qish“, „Oqshom“, „Ko‘klam qo‘shig‘i“
she’rlarida tabiat manzaralarini chizish orqali murg‘ak bolalar-
ning estetik didini shakllantirish, „Kurashchi bola“da sportga
mehr, „Xazonlarni supurmang“da insonparvarlik, „Yaxshi-
likning yovlari“da ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishi,
boshqa ko‘pgina she’rlarida esa Vatanga muhabbat, ota-onaga
hurmat singari tuyg‘ular rango-rang bo‘yoqlarda chizilgan.
Safo Ochil bolalar qo‘shiqchiligini rivojlantirishga samarali
hissa qo‘shgan shoir. Uning qo‘shiqbop she’rlari sodda, tili ravon,
sermazmun, ohangdor, shuningdek, ularning har biri muayyan
poetik maqsadga yo‘naltirilgan. Shuning uchun shoirning aksa-
riyat she’rlari osongina kuyga tushadi. Bastakor ularga qiynal-
masdan kuy bastalaydi, jajjigina ijrochi osongina kuylay oladi.
„Gul ekaman“, „O‘z tilim“, „Ota-ona duosi“, „Osmonimiz tiniq
bo‘lsin“ singari she’rlar shular jumlasidandir.
Masal bolalarning sevgan janrlaridan hisoblanadi. Chunki
qushlar, sudralib yuruvchilar, hayvonlar va shu kabilarning xatti-
harakati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari goh kulgili, goh satirik
yo‘sinda tasvirlanadi. Safo Ochilning „Qarg‘a va Bulbul“, „Ilon va
Tiðratikan“ „Òuya bilan Kuchuk“, „Òovuq va simob pantomima-
si“, „Qurbaqa va sigaret“ singari masallari badiiy yuksak ma-
horat bilan bitilganki, ular bolalarning diqqatini o‘ziga tortadi.
Xayoliy ramz va timsollar, kutilmagan hayotiy voqea va
hodisalar, odatdan tashqari o‘xshatish va istioralar, go‘zal tasnif
va tasvirlar, g‘aroyib sarguzashtlar, mardlik va shu kabi badiiy
unsurlar muayyan sujet chizig‘ida birlashadi. Bunday hikmatlarga
boy dialektik yaxlit topilma bolalar diqqat-e’tiborini qozonadi,
o‘z „bag‘ri“ga ohanrabodek tortadi. Bu, ko‘pincha, doston, ertak
va afsonalarga xos badiiy-estetik xususiyatdir.
Shoir Safo Ochil qalamiga mansub doston va ertaklar ham
shunday fazilatlarga ega bo‘lib, ularda badiiy jozibasi bilan mur-
g‘ak qalblardan tez o‘rin olish qudrati mavjud. Adibning doston
va ertaklarida faqatgina ta’sirchan badiiylik emas, balki ularda
voqea-hodisalarni tahlil va tadqiq etish samarali ko‘zga tashlanadi.
Darhaqiqat, shoir har bir asariga badiiy-ijodiy va ilmiy-nazariy
jihatdan yondashadi.
Shoirning „Gavhartosh“ ertak-dostoni xalq ichida tildan tilga
ko‘chib yurgan bir afsonaning sujet-voqeasi asosiga qurilgan
bo‘lib, unda ota qadri, uning ma’naviy-axloqiy hikmatlari badiiy
184
ifodasini topgan. Dostonning lirik qahramoni muayyan jamiyatda
asrlar osha axloqiy qonuniyatga aylanib qolgan urf-udum va
an’analarga qarshi bosh ko‘taradi.
Chambil degan mamlakatda ota yoxud ona qarigach, ular tog‘
ortiga — ilonlar makoniga olib borib tashlangan. Jur’at shohlarning
udumga aylangan bu farmonidan nafratlanadi:
Farmoningga ming la’nat, ey Shoh,
Farmoningdan o‘rgildik, tojdor.
Udumlaring tufayli, e voh,
Nahot bola Otaga ag‘yor!
Shoir „o‘rgildik“ so‘zini ko‘chma ma’noda ishlatgan bo‘lib, u
nafratlanish ma’nosini ifodalaydi. Bu, o‘z navbatida, she’rga
poetik effekt (samara, pafos) baxsh etgan va fikr ta’sirchanligini
oshirishga xizmat qilgan.
Lekin Jur’at ham taqdirga tan berib, otasini yelkasiga ortib,
ilonlar saltanatiga yaqin joyda bir xarsangtoshga o‘tqizib, dam
oladi. Shu yerda otasining aytgan so‘zlari farzand qalbini, uxlab
yotgan tuyg‘usini uyg‘otadi:
„Men ham senday sher kabi olg‘ir,
Kuchga to‘lgan yigit bo‘lganman.
Qirq yil burun bobongni, axir,
Shu tosh uzra olib kelganman“.
Shu to‘rtlik ma’nosida „Qaytar dunyo“, „Keyinchalik bu
qismat sening ham boshingga keladi“ degan hikmat yashirin. Bi-
roq bu hikmat bolalar tafakkuriga, dunyoqarashiga va ichki
dunyosiga mos keladigan til va sodda badiiy uslub bilan beril-
ganki, uni yosh kitobxon tez va aniq tushuna oladi.
Xalqimizda „Qari bilganni — pari bilmas“ degan maqol bor.
Uning ma’nosi ertak-dostonda hayot haqiqati orqali ilmiy jihat-
dan asoslanadi. Johil shohga dengizning oqmas qismi — chuqur
soy tubida gavhar ko‘rinadi. O‘sha hududdagi yosh yigitlar gav-
harni olib chiqishga majbur qilinadi. Biroq uni hech kim olib
chiqolmay, suvga cho‘kib, halok bo‘lishadi. Navbat Jur’atga yetadi
va bo‘lgan voqeani yerto‘ladagi otasiga bayon qilib beradi. Ota
„Dedi so‘ngra nosni tupurib: — Bormi o‘sha joyda bir daraxt?
Jur’at dedi: — Ha, bitta chinor“. So‘ngra ota gavhar chinor
tepasidagi burgut uyasida ekanini aytadi. Darhaqiqat, suv ostida
ko‘ringan gavhar burgut uyasidagi gavharning aksi edi.
185
Bu yerda hayot voqeasi bilan badiiy to‘qima uyg‘unlashib,
singishib ketganki, u bolaning fikrini teranlashtiradi va shu bilan
birga unda asar davomida o‘qishga qiziqish ortadi. Bu badiiy
tafakkurning qudratidir.
Ertak-doston boshqa ertaklarga xos lirik qahramonning g‘a-
labasi, ijtimoiy Haqiqat va Adolat tantanasi, buyuk kelajakka
ishonch tuyg‘ularining ifodasi bilan yakunlanadi. Ya’ni inson
hayoti va turmushini oyoqosti qiluvchi g‘oyalar ustidan inson-
parvarlik, qariyalarga g‘amxo‘rlik, vatanparvarlik g‘oyalarining
muborak tantanasi asarning asosiy salmog‘ini tashkil qiladi.
Safo Ochilning „Burgut“, „Nodir pahlavon“, „Òemirchi boy
va boyo‘g‘li“ kabi ertaklari ham bolalarning ma’naviy-axloqiy
va estetik tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, shoir va olim Safo Ochilning deyarli
barcha asarlari milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan bo‘lib,
ular milliy bolalar adabiyotining ravnaq topishida muhim o‘rinni
egallaydi. Bunda shoirning filolog va pedagog olim sifatidagi iste’dodi
qo‘l kelgan. Safo Ochilning bolalar uchun yozilgan asarlari badiiy
va pedagogik jihatdan o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |