Mahkam Mahmud



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana30.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#105311
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
bolalar adabiyoti

     Sharl Perro

             (1628 — 1703)

Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak

asoschisi sifatida ma’lum va mashhurdir. U o‘zining „Qizil

Qalpoqcha“, „Zolushka“ va „Etik kiygan mushuk“ asarlari bilan

jahonga tanildi.

Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq og‘zaki

ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur o‘rgandi. Shuning uchun

ham u o‘z ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro

qahramonlari o‘z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan

ajralib turadilar. G‘arazgo‘ylik, maqtanchoqlik, qizg‘anchiqlik

o‘rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi  hamon kitobxonni

shod etib kelmoqda.

Sharl Perrodan bor-yo‘g‘i o‘n ikki ertak saqlanib qolgan.

Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan

qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning „Etik

kiygan mushuk“ ertagini o‘qimagan yoki shu ertak asosida yaratil-

gan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak.

Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topag‘onlik bosh masala qilib

qo‘yiladi. Boshqa asarlarida bo‘lgani kabi Sh. Perro bu ertakda

ham folklor an’analariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahra-

moni — tegirmonchining kenja o‘g‘li Karabs fahm-farosat, aql

bilan ish ko‘rib, o‘z murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor bo‘ladi.

Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan

ajralib turadi. Ularning ko‘pchiligi odamlarni, hayvon-u par-

randalarni sevib, erkalab, e’zozlaydigan bo‘ladilar. Zolushkani

(„

 

Zolushka“) olaylik. Uni o‘gay ona-yu qizlar xush ko‘rmay-

dilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi ko‘radi.

Uning o‘z baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi.

Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinso‘z, kamtarin, odam-

larga, jonivor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday



230

fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda o‘z o‘rnini

topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli bo‘lishi ertak ting-

lovchida yaxshi taassurot qoldiradi.

Sh. Perro ijodida „Qizil Qalpoqcha“  alohida o‘rinda turadi.

Ertakning ta’sirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Qalpoqchaning

tabiiy holda ijobiy tomoniga ko‘p sayqal beradi, bolalar ko‘z o‘n-

gida u dunyodagi tengi yo‘q, juda yoqimtoy qizcha sifatida gav-

dalanadi. Bo‘rining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofa-

siga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qo‘zg‘atadi.

Boshqa ertaklarda bo‘lgani kabi „Qizil Qalpoqcha“da ham voqea

yaxshilik bilan tugashi bolalarning quvonchiga quvonch qo‘shadi.

Sharl Perroning „Havorang soqol“ , „Eshak terisi“, „Uyquda-

gi malika“ kabi ertaklari xuddi „Qizil Qalpoqcha“ kabi bolalarbopdir.

Mana to‘rt yuz yildirki, shoirning „Qizil Qalpoqcha“ asari

jahon kezib yuribdi. Ertakning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri

quvnoqlikdir. Ha, qizchani hamma yaxshi ko‘radi, hamma

sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib ketmaydi. U juda yoqimtoy,

oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mug‘ambir

emasligi unga pand beradi, bo‘riga yem bo‘lishiga oz qoladi.

Sharl Perroning bu ertak orqali kichkintoylarga aytadigan

gaplari ko‘p. Eng avvalo, u barcha bolalarni xuddi Qizil Qalpoqcha

kabi oddiy va quvnoq bo‘lishga chaqiradi va kattalarning har bir

topshirig‘ini so‘zsiz bajarishga da’vat etadi.

Ikkinchidan, o‘rtadagi sirni oshkor qilmaslikka, o‘ziga

pishiq-puxta bo‘lishga chorlaydi.

Bo‘ri ochko‘z, pismiq va mug‘ambir. Shu sababli qizchaning

soddaligidan foydalanadi. U bir o‘q bilan ikki quyonni urish

qabilida ish tutadi. Bo‘ri Qizil Qalpoqchadan osongina safari

haqidagi ma’lumotni bilib olgach, endilikda qizchaning o‘ziga

qo‘shib uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil

Qalpoqchaning baxtiga o‘tinchilar kelib qolishadi.

Ertak tinglovchi har bir bola voqeani mana shunday ijobiy

tugashini xush ko‘radi, quvnoq Qizil Qalpoqchaning bo‘riga

yem bo‘lishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va

jahongashtaligi ham ana shunda!




Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish