Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. „Etik kiygan mushuk“ ertagi va uning mazmuni haqida nima bilasiz?
2. „Qizil Qalpoqcha“ ertagining tarbiyaviy ahamiyati nimada?
3. Sh. Perro ertaklarining bolalar adabiyotida tutgan o‘rni
qanday?
231
Aka-uka
Grimmlar
Aka-uka (Yakob 1785 — 1863, Vilgelm 1786 — 1859) Grimm-
lar Magdeburg universitetida o‘qib yurgan chog‘laridayoq o‘rta
asr olmon tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq
og‘zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan shug‘ullana boshladilar.
O‘qish, o‘z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt
yo‘li bo‘ldi. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin uni-
versitetining professorlari bo‘ldilar. Yakob olmon tili gramma-
tikasi va mifologiyasini, Vilgelm o‘rta asr olmon adabiyoti va
xalq og‘zaki ijodini o‘rgana boshladilar. Olmon xalq og‘zaki
ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir ko‘prik yasa-
dilar. Nihoyat, 1812- yilda Grimmlar tomonidan yozilgan ertak-
lar bir necha jildli „Bolalar va oilaviy ertaklar“ yuzaga keldi.
1815- yilda 2- jild, 1822- yilda esa har ikkala jildni umumlash-
tiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.
Grimmlar ertaklarning ko‘pchiligini bevosita ertak aytuv-
chilardan tinglab, ba’zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib
oladilar. Xalqdan olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomo-
nidan qayta ishlanib, badiiy tus olib, yana xalqqa qaytariladi.
Grimmlarning uch jildlik kitobiga ikki yuzdan ortiqroq ertak-
lar jamlangan bo‘lib, unda mualliflar ko‘proq afsonaviy, maishiy
va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qilgan-
lar. Har bir ertakda saxiylik, mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilat-
lar bilan birga, qo‘rqoqlik ustidan kulish, dangasalik va yolg‘on-
chilikni qattiq qoralash birinchi o‘rinda turadi. Shunisi ham qu-
vonchliki, ko‘pincha Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari
shoh va shahzodalar emas, balki kambag‘al, beva-bechoralarning
o‘g‘il-qizlari, cho‘pon yoki askar bo‘ladi. Ular o‘zlarining ibra-
tomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi.
Aql bilan ish ko‘rish, bilimdonlik „Òilla g‘oz“, „Shishadagi
arvoh“, „Uch aka-uka“ ertaklarida yaxshi berilgan.
232
Grimmlarning dunyoga mashhur „Zolushka“, „Qor qiz“
ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so‘kish
eshitadigan va eng past hamda qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar
bo‘lib, ertak davomida o‘zlarining halol mehnatlari, yoqimli so‘z
va tabassumlari bilan baxtiyor bo‘ladilar.
Grimmlarning „Quyon bilan tiðratikan“, „Bo‘ri va tulki“
asarlari masal janriga yaqin turishi bilan kitobxonda katta taassu-
rot qoldiradi.
„Yalqov Geyns“, „Gansning baxti“, „Botir tikuvchi“, „Yosh
pahlavon“, „Bremen musiqachilari“ kabi ertaklari o‘zbek bola-
larining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan.
„Yosh pahlavon“ ertagidagi botir qiyofasi kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. U halol, pok
inson bo‘lib, rostgo‘ylik, to‘g‘riso‘zlik shaydosi. Shu sababga
ko‘ra u yo‘lida uchragan har qanday to‘siq va g‘ovni shoshilmay,
jasorat va mardlik bilan yengadi, maqsadiga erishadi.
„Botir tikuvchi“ning sujeti ko‘pchilikka yaxshi tanish. Qah-
ramon nogahon bir nechta pashshani bir urishda nobud qilish
bilan o‘ziga o‘zi botir, dovyurak tamg‘asi — shiorini yozib, yel-
kasiga osib oladi. U baxtini, taqdirini sinab ko‘rish, peshanasida
borini qo‘lga kiritish maqsadida safarga otlanadi.
Botir tikuvchi tadbirkor, epchil, chaqqon. „Qochib qolgun-
cha otib qol“ qabilida dovyuraklik bilan ish ko‘rishi unga katta
shuhrat keltiradi. G‘orda behisob devlar ustidan puxta-pishiqligi
bilan g‘olib chiqadi. Dev ko‘tarib olgan daraxt shoxlari ustida qush
kabi yengil o‘tirishi, devlarning savollariga qo‘rqmay, ustalik bilan
javob berishi asrlar osha kitobxonni hayratga solib kelmoqda.
Botir tikuvchi uchun og‘ir sinov o‘rmondagi ikki pahlavon
bilan „olishuv“ bo‘ladi. Podshoh tomonidan ikki pahlavonlarni
mag‘lub qilish vazifasini olgan botir tikuvchi tavakkal qilib yo‘lga
tushadi. Ustlariga tosh tashlash hisobiga ular o‘rtasida nifoq
chiqaradi. Ikki jangchi bir-birini tosh bilan urib nobud qiladi.
Òadbirkor yigit bilimdonlik, o‘ylab ish ko‘rish bilan o‘r-
mondagi shoxdor maxluq ustidan g‘olib chiqadi.
Botir tikuvchining yumshoq so‘zligi, muloyimlik bilan ish
ko‘rishi yosh kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi. Ularda ham
xuddi o‘sha botir tikuvchi kabi yetuk insonlar bo‘lishga, botir,
pahlavon bo‘lishga havas uyg‘otadi.
Aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hammasida ham,
eng avvalo, mehnatkashlik, mehnatga muhabbat g‘oyasi yotadi.
233
Ikkinchidan, har qanday holda ham, har qanday mushkul
ish boshiga tushganda ham o‘sha qahramon chora qidiradi,
tadbirkorlik, ishbilarmonlik yo‘lidan boradi va ofatdan qutuladi.
Òulki kabi hiyla va makr ishlatadigan jonivor bo‘lmasa kerak.
Grimmlar ularga qarama-qarshi qilib g‘ozlar obrazini yaratishadi.
G‘ozlar har doim chorasiz — bo‘sh, beg‘am hayot kechira-
dilar. Grimmlarda vaqti kelganda o‘sha boqibeg‘am g‘ozlar ham
sergak, tetik, tadbirkor, ishbilarmon bo‘lib ketishlarini, olg‘ir,
muttaham tulkilarni ham dog‘da qoldirishlarini kuzatamiz.
Òulki o‘tloqda yurgan g‘ozlarni yemoqchi. Ular o‘limlari
oldidan bitta qo‘shiq aytib, so‘ngra tulkiga yem bo‘lishlarini
so‘raydi. Ammo uzundan uzoq „g‘a-g‘a“lari tulkini zeriktiradi,
uning tinka-madorini quritadi, oxiri g‘oz — o‘ljadan voz ke-
chishga majbur bo‘ladi:
„Dastlab bitta g‘oz qo‘shiq aytibdi. Uning qo‘shig‘i mana
bunaqa uzundan uzoq ekan:
— G‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a!
Undan keyin ikkinchi g‘oz jo‘r bo‘libdi:
— G‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a!...
Ulardan so‘ng uchinchisi xonish qilibdi:
— G‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a.
Uchinchi g‘ozdan keyin to‘rtinchi g‘oz ham:
— G‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a, — deb qo‘shiq boshlabdi.
Oxiri hamma g‘ozlar birgalikda qichqirib, „g‘a-g‘a-g‘a“lashga
tushibdilar:
— G‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a...
Qachonki, g‘ozlar qo‘shig‘i tamom bo‘lsa, ertak ham tugaydi.
Shundagina tulki g‘ozlarni yeydi.
Biroq aqlli g‘ozlar qo‘shiqni to‘xtatishni o‘ylashmabdi. Ular hozir
ham „g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a“, — deb qichqirib turishgan emish“.
Aka-uka Grimmlarning ertaklari olam kezib, ularning nom-
larini jahonga yoyib yuribdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |