«Mahalliy xomashyolar va ikkilamchi resurslar asosida innovatsion texnologiyalar»


  O‘QUVCHILARNI KIMYO FANIDAN LABORATORIYA



Download 9,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/302
Sana24.02.2022
Hajmi9,62 Mb.
#226303
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   302
Bog'liq
1-JILD KONFERENSIYA

294 
O‘QUVCHILARNI KIMYO FANIDAN LABORATORIYA 
MASHG’ULOTLARIDA KO‘NIKMA VA MALAKALARINI 
SHAKLLANTIRISH 
Jo`rayeva O.B. 
Qo`qon davlat pedagogika instituti 
 
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ta’lim to’g’risida chiqarilgan 
qonunlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda, ayniqsa, zamonaviy akademik litsey 
va kasb-hunar texnikum binolari qurilib ishga tushirilishi, u yerda zamonaviy asbob-
uskunalar bilan jihozlangan barcha sharoitlarga ega kimyo laboratoriyalarining 
mavjudligi, o’quvchilarni har tomondan yetuk, bilimli bo`lib kamol topishida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy fanlarning ajiralmas qismi bo’lgan kimyo fani ko’p jihatdan tajribalarga 
asoslangan fandir. Fanni o’zlashtirish va chuqur o’rganish uchun faqat nazariy 
bilimlar kifoya qilmasdan, nazariyada olgan bilimlarni tajribada sinab ko’rish, 
tajribada olingan natijalar asosida xulosalar chiqarish va nazariy bilimlarni taqqoslash 
muhim ahamiyatga ega.
Kimyo fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining asosiy vazifasi o’quvchilarda 
nazariy bilimlar asosida tajribalar orqali mustahkamlash, kimyoviy jarayonlarni 
qonuniyatlar asosida amalga oshirilishi haqida tushinchalarga ega bo’lishlarini 
ta’minlashdan iboratdir. 
Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar dars 
o’tish jarayonida qo’llanilmoqda. Lekin zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning 
laboratoriya mashg’ulotlariga tadbiq etilishi takomillashgan deb aytolmaymiz. 
Laboratoriya mashg’ulotlari darslariga ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash 
to’g’risida pedagogika fanlari doktori H. Omonov, kimyo fanlari nomzodi, dotsent S. 
Zokirov, N. Anvarova, Farg’ona universiteti olimlaridan M. Nishonov, I. Asqarov, K. 
G’opirov kabilar ilmiy maqolalar yozishgan.
Ular o’z maqolalarida asosiy e’tiborni akademik litsey va kasb-hunar 
texnikumlarida kimyoviy tajribalarni qo’llanilishi, zamonaviy pedagogik 
texnologiyalardan laboratoriya mashg’ulotlarida foydalanish masalalariga qaratgan. 
Bizning fikrimizcha, bu muammoni ochib berishda olib borilayotgan izlanishlar 
yetarli emas. Kasb-hunar texnikumlari va akademik litsey ta’limida laboratoriya 
mashg’ulotlari o’tkazish uchun jihozlar bilan to’liq ta’minlanganiga qaramasdan 
ulardan laboratoriya mashg’ulotlarida to’liq foydalanilmaydi. Bu jihozlarni darslarda 
qo’llovchi yetuk mutaxassislar ham kamchilikni tashkil qiladi. Zero, ilmiy uslubiy 
adabiyotlarda ham beriladigan ma’lumotlar metodik talablarni to’liq ifoda eta 
olmaydi. 


295 
Kimyodan laboratoriya ishlarini bajarishni shunday olib borish kerakki, bunda 
u o’quvchining qiziqishiga maksimal yordam bersin. Qiziqish belgilarini bilish 
o’qituvchiga bir tomondan o’qitishning ilg’or uslublarini tanlab uni amalga 
oshirishga imkon beradi. Ular ko’rsatilgan uslublarga mos keluvchi fikrlash sifatlarini 
o’quvchida hosil qilishga ta’sir qiladi. Ikkinchi tomondan, o’quvchi qiziqishini 
rivojlanishi bo’yicha o’z amaliy faoliyatining natijalarini tekshirish va baholashga 
imkon yaratadi.
O’quvchining kimyodan laboratoriya ishlarini bajarishga qiziqishini 
orttirishning ikkinchi o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, kimyodan 
laboratoriya ishlarini bajarishga qiziqishini orttirishda boshqa fanlarni o’qitishga 
nisbatan ko’proq modellar, sladlar va rasmli plakatlardan, formulalardan 
foydalaniladi. 
O’quvchining kimyo faniga qiziqishini orttirishning uchinchi o’ziga xos 
psixologik xususiyati, ularni masalarni turli usullar, kimyoviy tajribalar va 
tenglamalar yordamida yechishda foydalanishlari hamda o’quvchining amaliy 
mashg’ulotlarni mustaqil holda bajara olishiga sabab bo’ladi. 
Laboratoriya mashg’ulotlari nazariyani amaliyot bilan bog’laydigan eng 
muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Laboratoriya mashg’ulotlari dars loyihalarini 
tayyorlashda o’quvchilar imkoniyatlarini hisobga olgan holda turli interfaol 
usullarni tanlab olish va ularni laboratoriya tajribalari bilan uzviylashtirish ijobiy 
natijaga erishishga zamin hozirlaydi. Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil 
qilishda eng muhim vazifa o’quvchilarning laboratoriya mashg’ulotiga 
tayyorgarligini aniqlash hamda qisqa vaqt mobaynida o’quvchilar bilimini 
nazorat qila olish hisoblanadi. O’quvchilarning laboratoriya mashg’ulotiga 
tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun turli pedagogik texnologiyalarni qo’llay 
bilishda o’qituvchidan mahorat talab qilinadi. Laboratoriya mashg’ulotlariga 
o’quvchilarning tayyorgarligini aniqlash maqsadida turli interfaol usullardan 
foydalanish mumkin.Innovatsion o’qitishning pirovard natijasi quyidagilardan 
iborat: 
-o’quvchilarda boshqa ko’pchilik odamlar uchun ko’rinmaydigan narsani 
ko’rish qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish
-o’quvchining ko’rganini yangi narsa yaratish nuqtai nazaridan tahlil 
qilish qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish. Bunda faqat yangilik emas, balki 
muammo va masalani samarali hal etish maqsadi qo’yiladi. Shuningdek, 
o’qitishning innovatsion texnologiyasini darslarning barcha turlarida: nazariy 
darslar, amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlarini o’qitishda qo’llanilganda 
yaxshi samara beradi.

Download 9,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish