«Mahalliy xomashyolar va ikkilamchi resurslar asosida innovatsion texnologiyalar»



Download 9,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/302
Sana24.02.2022
Hajmi9,62 Mb.
#226303
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   302
Bog'liq
1-JILD KONFERENSIYA

 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Раков Е.Г. Нано трубки фуллерен. Учебн. пособие. - М.: Университецкая 
книга. Логос. 2006. 
2. 
Нано технология в ближайшее десятилетие. Прогноз направления 
исследований. Подред. М.К. Роко, Р.С. Уилса, П. Аливасатова. Пер. сангл. - М.: 
Мир, 2002. 
3. 
Prasada Rao T., Kala R., Danirl S.// Anal. shim. acta, 2006, pp. 578 105-108. 


252 
QUYOSH PANELLARINING YANGI AVLODI UCHUN KOBALT (II) 
KOMPLEKSLAR SINTEZI 
Toshpulatov D.T., Nasimov A.M., Tashpulatov Kh.Sh., Mirzayev Sh.E., 
Yakubov B.A. 
Samarqand davlat universiteti 
 
Kompleks birikmalar sintezi va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi kimyoning
eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Kompleks birikmalar qishloq xo‘jaligi, 
tibbiyot, farmatsevtika, analitik kimyo va boshqa sohalarda keng qo‘llanilib 
kelmoqda.
Keyingi paytlarda barqaror energiya manbalariga talab oshib borganligidan 
samaradorligi yuqori va barqaror sensitayzerlar sintez qilish juda muhim hisoblanadi. 
Bunday sensitayzerlar kelib chiqishiga ko‘ra o‘ta toza kremniyli, noorganik kompleks 
birikmali va organik birikmalarga bo‘linadi. Noorganik kompleks birikmalarni 
sensitayzerlar sifatida ishlatish ko‘p tomonlama qolgan ikki muqobiliga nisbatan 
samaradorliroq hisoblanadi[1].
Bunday noorganik sensitayzerlar sifatida koʻpincha ruteniy bipiridil 
komplekslari ishlatiladi. Lekin ruteniy birikmalari nafaqat qimmat, balki zaharli ham
hisoblanadi. Shuning uchun arzonroq va zaharliligi kam metall kompleks birikmalari 
sintezi va ularni sensitayzerlarda ishlatish muhim hisoblanadi.
Quyosh panellari uchun eng muhim xususiyatlardan biri bu koʻrinadigan 
assimilyatsiya sensori sifatini oshirishdir. Ideal holda, yaxshi fotosensitizator yoʻq 
boʻlib ketishning yuqori koeffitsienti bilan keng toʻlqin uzunliklarini oʻzlashtirishi 
kerak. Quyosh spektrining yutilishining koʻk qismida konjugat tizimidagi metall 
markazli yuqori band molekulyar orbitaldan ligand markazli quyi boʻsh molekulyar 
orbitalga oʻtish. Biroq komplekslarning ushbu oʻtish intensivligi zaifdir. Quyosh 
energiyasini konversiyalash uchun yangi samarali kobalt komplekslarini yaratish 
muhim hisoblanadi. Yorugʻlikni yaxshilash uchun bipiridinli hosilalar va fosfin 
ligandlari tomonidan funktsionalizatsiya qilingan MLCT assimilyatsiya qilish 
uchlamchi kobalt (II) komplekslari uchun koʻrib chiqilgan [2].
Noorganik kompleks birikmalarga asoslangan sensitayzerlar Respublikamizda 
yangi yo‘nalishlardan bo‘lib, xorijda eng tez rivojlanayotgan tadqiqot 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu sohada AQSh Berkli universiteti professori 
M.Gratsel va B.Oregan, Massey universiteti (Yangi Zelandiya) professori 
U.Kampbell, Michigan universiteti (AQSh) professori M.Shtayn, Lill universiteti 
(Fransiya) professori M.Sliva va boshqalar muvaffaqiyatli tadqiqotlar olib 
borishmoqda. 
Shuni qayd etish lozimki, yuqorida koʻrsatilgandek ushbu tadqiqot yangi 
hisoblansada, amaliy ahamiyati katta hisoblanadi. Chunki yildan-yilga barqaror va 
ekologik toza energiya manbalariga talab ortib bormoqda.
Yorugʻlikni sezuvchi quyosh panellari kremniy asosidagi fotoelektrik 
qurilmalariga muqobil tejamkor oʻrinbosarlar sifatida katta qiziqish uygʻotdi. 
Yorugʻlikni sezuvchi quyosh panellarida yorugʻlik nuri boʻyoq molekulasi tomonidan 
soʻriladi, u mezopor keng tarmoqli yarimoʻtkazgichga, yani TiO
2
ga yutiladi. 


253 
Yorugʻlik yutilgandan soʻng, fotoektsitlangan boʻyoq elektronni yarimoʻtkazgichning 
oʻtkazuvchanlik zonasiga kiritadi va natijada oksidlangan holat atrofdagi 
elektrolitdagi oksidlanish-qaytarilish vositachisi tomonidan tiklanadi[3]. 
Ushbu ishda kobalt (II) kompleks birikmalari sintezi va ularni turli usullar 
bilan fotokimyoviy tadqiqoti amalga oshirilib, olingan kompleks birikmalar 
sensitayzerlarda sinab ko‘rildi. Tayyorlangan fotosensitayzerlarning samaradorligi 
solishtirildi.
Kobalt (II) komplekslarini sintezi jarayoni quydagicha amalga oshirildi: 1 
ekvivalent CoCl
2
· 6H
2
O ga mos ravishda turli ligandlar (ligandlarni tanlashda ular 
absorbsiya spektri IQ sohaga yaqin boʻlganlari tanlashga harakat qilindi) qoʻshildi. 
Metanolda eritilgan, va eritma 2 soat davomida qaytar sovutgich ishtrokida magnitli 
aralashtirigichda qizdrildi. Ortiqcha moddani neytrallash uchun ammoniy 
geksaflorofosfat eritmasiga qoʻshildi. Filtrlangan aralashmani choʻktirilib, metanol 
bilan yuvilib va etanol, vakuum ostida quritildi.
Keyingi bosqichda kobalt (II) komplekslarining oksidlanish jarayoni oshirish 
uchun qaytaruvchi qoʻshish orqali olib borildi. Jaroyonni amalga oshirishda 
kompleksning atsetonitril eritmasida eritlib qaytaruvchidan oz-ozdan qoʻshib borildi. 
Soʻngra bugʻlatish yoʻli orqali asetonitril chiqarib yuborildi. Yakuniy mahsulot dietil 
efir bilan choʻktirildi, filtrlandi, vakuum ostida quritildi, va qoʻshimchalardan
tozalanib quyosh panellaruni tayyorlashda ishlatiladigan tayyor yakuniy mahsulot 
holiga keltirildi. 
Olingan kompleks birikmalarning fotokimyoviy xossalari UV-vis va 
spektrofluorimetrda oʻrganildi. Ushbu tadqiqotda turli xil erituvchilarda kuchli 
yutuvchi ligandlarga ega bo'lgan yangi geteroleptik kobalt (II) komplekslarida 
barqaror holatdagi yutilish oʻlchovlari oʻtkazildi.
Kobalt (II) kompleks birikmalari sintezi va ularni turli usullar bilan 
fotokimyoviy 
tadqiqoti 
amalga 
oshirilib, 
olingan 
kompleks 
birikmalar 
sensitayzerlarda sinab ko‘rildi. Tayyorlangan fotosensitayzerlarning samaradorligi 
solishtirildi. Olingan natijalar geteroleptik kobalt (II) komplekslari bilan 
molekulalarni olish gʻoyasini yana bir bor isbotladi.

Download 9,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish