123
- biridan katta farq qiladi. Shuning uchun oshlovchi moddalar bu ikkala guruhining
o’simliklardagi biosintezi turli yo’llar bilan boradi.
Oshlovchi moddalarning suvdagi eritmasi kuchsiz kislotali xossaga ega
bo`lgan kolloid eritmadir. Ularning oqsil modda, og’ir metallarning tuzlari,
alkoloidlar cho`ktirishi mumkin. Fenol gidroksili bo`lganligi uchun FeCl
3
bilan qora-
yashil va qora ko`k rangli cho`kma xosil qiladi.
Ulardan tayyorlangan dorilar meditsinada me`da-ichak, og’iz va tomoq
yallig’lanishida (stomatit, gingivit) teri kuyganida, ekzema, yaralarni davolashda
burishtiruvchi, bakteritsid modda sifatida, ichakdan qon ketishini to`htatishda
ishlatiladi. Alkalloid, og’ir metallar tuzlari bilan zaharlanganda ham ishlatiladi.
O`simlikning jaroxatlangan joyida hujayra shirasi va oziq moddalar to`planadi.
Shuning uchun o`zida oshlovchi moddalar saqlagan o`simliklarda paydo bo`lgan
o`simtalar taninga boy bo`lib 30 - 77% gacha bo`ladi, ulardan toza tanin olinadi.[2]
Eremurus yoki Shirach - Xanthorrhoeaceae oilasiga mansub Asphodelaceae
turkumiga kiruvchi ko'p yillik o’t o'simliklar hisoblanadi. Balandligi 50-120 sm
bo'lgan ko'p yillik o'simlik. Ildizpoyali geofit. Ildizpoyasi qalin va kalta. Ildizlari
tolali, qalinlashgan; uzunligi 20 sm gacha, poyasining bo'yni eski barglardan ozgina
tolalar bilan ajralgan. Barglari ildiz bo’g’zidan boshlanib keng chiziqli, qilichsimon,
o’tkir uchli yoki chiziqli lansetsimon, uzunligi 20-40sm va eni 8-20 mm bo’ladi.
Poyada ketma-ket joylashgan. Poyasi silindrsimon shaklda bo’lib uzunligi 40-80 sm
gacha va undan ham yuqori bo’lishi mumkin. Gullari oltita yaproqsimon, aktinomorf
gultojli. Gultojbarglarining rangi och sariq 10-12 mm bo’ladi. Gulbandning uzunligi
12-16 mm.
Eremurus robustus o’simligini Markaziy Osiyoning ko’plab mintaqalarida
hususan O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston o’lkalarining tog’li hududlarida, Tyan-
Shan, Oltoy hamda Pomir Oloy tog’ tizmalarida, tog’oldi va o’rta qismlarida ko'rish
mumkin. O’zbekiston hududida ushbu turkumga mansub 32 ta tur o’sadi.
200 ml xajmli tagi tekis kolbaga o`simliklardan tayyorlangan 10% li tanid
ajratmasidan 50 ml solindi va ustiga 10 ml konsentrlangan (1:1) HCl va formalinning
40% li eritmasidan 15 ml qo`shildi. So`ngra kolbani tik turuvchi sovutkich bilan ulab
plitkada to qora-qizil rang cho`kma hosil bo`lguncha qizdirildi. Xosil bo`lgan
cho`kmani filtr qog’ozda suzilganda, cho`kma ushlanib qoldi (kondensatsiyalangan
oshlovchi moddalar) va qog’ozdan o`tib ketgan suyuqlikda esa gidrolizlangan
oshlovchi moddalarning bo`laklari bo`ladi. Bu oshlovchi moddalar qoldig’ini
aniqlash uchun 5 ml suyuqlikdan olib, ustiga 1 g kristall holidagi sirka kislotasining
natriyli tuzidan asta-sekin solindi va suyuqlikni chayqatmay temir-ammoniyli
achchiq toshning 1% li eritmalardan 10 tomchi qo`shildi. Natijada kristall ustidagi
neytral joy xosil bo`lgan yerdagi oshlovchi moddalarning (gidrolizlangan) parchalari
borligini tasdiqlovchi ko`k-zangori rangli to`garakcha xosil bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: