Foydalanilgan adabiyotlar
1.
R.Egamberdiyev. Inson va suv. T. 1971.
2.
H. R.Rahimov. Anorganik ximiya. T. 1984.
3.
I.R.Asqarov, K.G’.G’opirov. Kimyo asoslari. – T. “O’zbekiston milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2011.
4.
Qirg’izov Sh.M., G’ofurov A.S. Yurak-qon tomir kasalliklarini magnitlangan
suv yordamida davolash. Polish science journal. 2021. 97-98 b.
5.
Qirg’izov Sh.M., G’ofurov A.S. Buyrak-tosh kasalliklarini magnitlangan suv
yordamida davolash. International scientific-online conference on Innovation in the
modern education system Part 2. 2021. 175-177 b.
434
TARVUZ MOYI TRIGLISERIDLAR TARKIBINI
GAZOXROMATOGRAFIK USULDA O’RGANISH.
Ergashev I.M
.1
, Mamirzayev M.A.
1
,Ergashova Sh.I.
2
Sedalova I.S.
1
Samarqand davlat universiteti.
1
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti.
2
Aholining yog’ – moy mahsulotlariga bo’lgan talab yil sayin oshib bormoqda.
O’simlik moylarining qo’llanilish sohalari turli-tuman bo’lib, ulardan ko’pchiligi
oziq- ovqat mahsulotlari , jumladan konservalar tayyorlashda, konditer mahsulotlari,
margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Texnikada ulardan sovun, olif, karbon
kislotalar , glitserin, laklar va boshqa mahsulotlar olinadi.
Yog‘-moy sanoati O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatining yetakchi
tarmoqlaridan biri bo‘lib, aholi va xalq xo‘jaligini o‘simlik moylari, yog‘lar,
shuningdek, ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar bilan ta’minlaydi.
Soha mutaxassislari oldida moyli o’simliklarni etishtirish hajmini, ularning
turlarni ko’paytirish vazifasi turadi. Shuning uchun o’simliklar yetishtirishdagi
agrotexnik tadbirlar, ularini qayta ishlashni zamonaviy texnologiyalarini ishlab
chiqish bo’yicha, o’simliklarning serhosil yangi navlarini yetishtirish sohasida katta
ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda .
Aytilgan vazifalarini muvaffaqiyatli hal etilishi moylarning kimyoviy tarkibini ,
fizik kimyoviy xossalarini har tomonlama o’rganishni talab etadi. Ushbu ish
Respublikamiz hududida yetishtirilgan tarvuz urug’laridan ajtatib olinadigan moyni
kimyoviy tarkibi , fizik –kimyoviy xossalarini atroflicha o’rganishga bag’shlanadi.
Tabiatda eng ko‘p tarqalgan lipidlar guruhiga mansub bo‘lgan moddalar bu
moylar va yog‘lardir. Yog‘lar tuzilishi murakkabligiga qaramay uning asosiy qismini
glitserin va yuqorimolekulyar yog‘ kislotalarning efirlari bo‘lmish triatsilglitseridlar
tashkil qiladi. O‘simlik moylari moyli xom ashyolardan, ya’ni o‘simliklardan
presslash hamda turli xil erituvchilar yordamida ajratib olinadi. O‘simlik moylarining
95-97% ni triglitseridlar tashkil etadi. Triglitseridlar glitserin va yog‘ kislotalarining
birikishi natijasida hosil bo‘ladigan murakkab efirlardir.
Mustaqillik yillarida yog’-moy sanoatning taraqqiy etishi natijasida yangi
mahsulotlar ham tayyorlana boshladi. Oliy navli tozalangan va qadoqlangan yog‘,
yangi retsepturadagi margarin va mayonez shular jumlasidandir. Ayrim kichik
quvvatli yog‘-moy korxonalarida keyingi yillarda poliz ekinlari urug‘laridan ham
yog‘ ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Poliz ekinlari - oziq-ovqat, yem-xashak va texnika maqsadlarida ekiladigan,
palak otib o’sadigan madaniy ekinlar guruhiga mansub. Ayrim olimlar poliz
ekinlariga faqat tarvuz, qovun va qovoqni kiritadilar. Poliz ekinlari mevasi parhez
xususiyatiga ega qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; chorva mollariga ozuqa sifatida
beriladi. Urug’idan yog’ olinadi.
Tarvuz ( Citrullus) — qovoqdoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik
o’simliklar turkumi; poliz ekini. Vatani — Afrika (Misr). Hindistonda 3 ming yildan
beri ekiladi. Hindiston, Amerika, Janubiy Yevropa, Xitoy, Turkiya, Eron, Yaponiya
va Avstraliyada keng tarqalgan. Markaziy Osiyoda tarvuz ekiladigan maydoni
jihatidan poliz ekinlari orasida qovundan keyin 2- o’rinda turadi.
435
Ilmiy adabiyotlarda ko’rsatilganidek tarvuz urug’i ham linol gruppasiga kiruvchi
moyga ega. Bu esa hozirgi paytda qimmatbaho mahsulot hisoblanadi.
Yog’-moy ishlab chiqarish sohasida esa, poliz ekinlarini qayta ishlash
korxonalaridan chiqayotgan urug’lardan ikkilamchi resurs sifatida foydalanib moy
olish va uni istemolga uzatishni yo’lga qo’yish lozim. Bunday moylarning asosiy
xususiyati, uning tarkibida to’yinmagan yog’ kislotalari miqdori ko’p bo’lib, asosiy
qismi inson uchun kerak bo’ladigan linol kislotasidan iboratdir.
Shularni hisobga olib mazkur ishda O’zbekiston tuproq iqlim sharoitida
yetishtiriladigan va tobora ko’proq ahamiyat berilayotgan tarvuz o’simligi urug’idan
olinadigan moyning yog’ kislotalari tarkibini gaz xromotografiyasi usulida o’rganildi.
Buning uchun tarvuz urug’idan presclash (siqish) usulida moy ajratib olindi.
Moy tarkibidagi erkin va bog’langan yog’ kislotalari ma’lum metodika asosida metil
efirlari holiga o’tkazildi.
Olingan yog’ kislotalarni metil efirlari “Svet-100” markali xromotografida
analiz qilindi. Buning uchun 0,25 mm o’lchamli nositel xromaton- AW ga
shimdirilgan 5% li lestosil harakasiz faza to’ldirilgan 3 X 0,04 m ulchamli shisha
kolonkadan foydalanildi. Analizning optimal sharoiti sifatida quyidagilar tanlandi:
detektor-alanga ionlashtiruvchi-DIP:
Harakatchan faza-azotning sarfi 25ml / min; kolonka termostati harorati-200
0
C;
bug’latgich harorati 230
0
C; namuna hajmi- 1 mkl.
Yog’ kislotalari metil efirlarini identifikasiyasi “guvohlar”, adabiyot va
sprovchnik ma’lumotlari, shuningdek struktur – guruh tashkil etuvchilar usullaridan
foydalanildi. Ularning miqdoriy tarkibi ichki normallashtirish usulida amalga
oshirildi. Olingan natijalar buyicha tarvuz moyi yog’ kislotalarining foiz miqdori
quyida keltirilgan:
Miristin (S
14:0
) – 0,6;
Palmetin (S
16:0
) – 10,2;
Palmetoolein (S
16:1
) – 0.5;
Stearin (S
18:0
) – 5,8;
Olein (S
18: 1
) – 28,3;
Linol ( S
18:2
) – 56,2;
Araxin (S
20:0
) – 0,4;
Gadolein (S
20:1
) –0.2,
Yuqorida keltirilgan jadval natijalarini ko’rsatishicha tarvus o’simligi moyi
tarkibida yog’ kislotalardan to’yinmagan kislota- linol kislotaning miqdori boshqa
o’simliklaridagi miqdorga nisbatan qariyb ikki marta ko’p, oleim kislota miqdori esa
nisbatan qariyb ikki marta kamligi ko’rinadi, qo’llanilish sohalaridagi farqlar kelib
chiqadi. Umuman olganda tarvus moyi tarkibida to’yinmagan yog’ kislotalari
miqdorining ancha yuqoriligini bu moyning istimol maqsadlarida, farmasevtikada,
meditsinada, kosmetikada va boshqa sohalarda keng qo’llanilishiga sabab bo’luvchi
asosiy xususiyat deb hisoblanishi mumkin.
Tarvuz moyining sifati va miqdoriy tarkibi asosida uning oziqaviy qiymatini,
biologik faolligini baholansh va turli maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |