Sir saqlash
. Erkaklar birovlarga o‘z sirini aytishdan ko‘ra, o‘zgalarning
sirini saqlashni afzal biladilar. Ayollar esa buning g‘irt teskarisi. To‘g‘ri, ular sir
saqlashadi. Biroq o‘sha sir kamida 10-12 kishi o‘rtasidagi “sir” bo‘ladi.
Harakatlar.
Agar ayolni chaqirishsa, u faqat boshini o‘girib qaraydi,
erkak esa butun gavdasi bilan o‘giriladi. Biron nimani otmoqchi bo‘lgan ayol
qo‘lini yon tomonga emas, orqa tomonga qarab siltaydi. Ayol biron gapni
eshitishni xohlamasa, qulog‘ini barmog‘i bilan berkitadi, erkak esa kafti bilan.
182
Biron nimaning javobini tezroq topish uchun ayol hech qachon boshini
qashlamaydi, chunki soch turmagini buzib qo‘yishdan qo‘rqadi.
Ko‘zgu.
Erkak o‘z tashqi ko‘rinishini baholash uchungina oynaga
qaraydi. Ayolga esa buning uchun ko‘zgu shart emas. U magazin vitrinasiga,
derazaga yoki mashinaning yaltiroq kapotiga qarab ham o‘z ko‘rinishini tahlil
qilib ketaveradi.
Uydan chiqish.
Agar erkak “ko‘chaga chiqish uchun tayyorman” desa,
bu uning ko‘chaga chiqishi uchun faqat oyoq kiyimini kiyishi zarurligini
anglatadi. Xotin kishi tomonidan aytilgan xuddi shu gapdan esa, uning
ko‘chaga chiqishi uchun bosh yuvishi, kiyimlarni dazmollashi va tabiiyki,
yaxshilab bo‘yanishi zarurligi tushuniladi.
Ishda.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ayol kishining miyasi jamoat ishlarini
yechishdan ko‘ra, oilaviy masalalarni hal qilishga moslab yaratilgan.
“Ayollarning 80 foiz aqli boshqalar bilan shaxsiy munosabatlariga qaratilgan
bo‘ladi. Agar uyda erkak ish haqida o‘ylayotgan bo‘lsa, ayol kishi esa ish
joyida ham shaxsiy hayotini ko‘proq o‘ylaydi. Uning barcha intellekti o‘zining
shaxsiy hayotini qurishga qaratilgan bo‘ladi. Boshqa narsalarga uning
energetikasi yetmaydi”, - deb hisoblashadi mutaxassislar.
Kiyim-kechak.
Ayol kishi magazinga chiqish, telefonda gaplashish,
ovqat tayyorlash, kitob o‘qish, axlatni to‘kib kelish kabi yumushlarning har biri
uchun alohida-alohida kiyinadi. Erkak esa, aksariyat hollarda, o‘zining doimiy
kiyimini to‘y yoki aza munosabati bilangina almashtiradi.
Did.
Erkakni o‘zining tashqi ko‘rinishi ko‘pincha qoniqtiradi (endi, Xudo
bergani-da, shunisiga ham shukr). Ayollar uchun esa, o‘z tashqi ko‘rinishi –
muhokama uchun doimiy mavzu, desa bo‘ladi! Didlarga kelganda, ayonki,
erkaklar ayollarni yoqtirishadi. Ayollarga esa ko‘proq sodda narsalar yoqadi,
masalan, erkaklar.
Erkak va ayollarning ruhiyati va xatti-harakatlariga madaniyat darajasi
va tarbiya ham ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Bundan tashqari, har bir jamiyatdagi
mavjud muhit ham erkak va ayolning fe’l-atvorini ko‘p jihatdan belgilab beradi.
183
Ikki jinsga oid xususiyatlar turli mamlakatlarda turlicha ekanligi ham shu
sabablidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |