Janubiy Koreya, Turkiya va Qozog‘iston ham O‘zbekistonlik
muhojirlar
ish izlab yo‘l oladigan asosiy mamlakatlar sirasiga kiradi.
Aksariyat O‘zbekistonlik migrantlar o‘zlari borgan xorij mamlakatida kam
haq to‘lanadigan ishlarni bajarishga majbur. Ularning aksariyati oliy
ma’lumotga ega emas. Muhojirlarning asosiy qismi (40 foiz) qurilishda,
20 foizi sanoatda, qolganlari (40 foiz) umumiy ovqatlanish va ishlab chiqarish
korxonalarida mehnat qiladi.
Ko‘plab muhojir oilalarning (45 foiz) kamida ikki nafar farzandi vasiylar
qaramog‘ida qolishadi. Ushbu bolalarning deyarli 63 foizi onalari bilan
yashaydi, chunki muhojir otalar ko‘proq ishlab, oilalariga ko‘proq pul
yuborishadi.
Aksariyat oilalar (84 foiz) dori-darmon, ta’lim olish, yaxshi ovqatlanish
va turar-joy xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan pul o‘tkazmalariga
suyanib qolishgan. Tadqiqotda qatnashgan migrantlar oilalarning yarmida
83
xarajatlar ko‘rsatkichi daromadlar hajmidan ancha yuqoridir. Ko‘pgina oilalar
barqaror daromad olishning boshqa manbalariga ega bo‘lmay, ularning yarmi
ish bilan mutlaqo ta’minlanmagan.
Mehnat muhojirlarining oilalari qoniqarsiz sharoitlarda yashashga
majbur. So‘rovda qatnashgan oilalarning faqat 19 foizi markaziy isitish
tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning yarmi ichimlik suvi
bilan ta’minlangan”, deyilgan hujjatda.
O‘zbekistonda migrant ota-onaning farzandlari ko‘pincha vasiylar
vazifasini bajaruvi qarindosh-urug‘lar, oila a’zolarining qaramog‘ida qoladilar.
Bunday bolalar rivojlanish nuqsonlari, psixososyal va hissiy muammolarga
duch kelishi mumkin bo‘lib, bunda ota-onalarning safardaligi bolaga
g‘amxo‘rlik qilishda muammolar tug‘diradi. Ota-onalarning migratsiyasi,
xususan, bolaning ta’limiga, sog‘lig‘iga va ijtimoiy holatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi kuzatilmoqda. Ota-onalarning safarda bo‘lishi bolaning
ovqatlanishi, ta’lim olish darajasiga salbiy ta’sir qilishi hamda depressiya
holatini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan uy yumushlari va uning zimmasiga
yuklatilgan mas’uliyat bolaning erta ulg‘ayishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish tizimini baholashning natijalariga
ko‘ra, mamlakatda bolalarni himoya qilish tizimining tarkibiy qismlari mavjud
bo‘lishiga qaramay, ular xodimlar va mablag‘ yetishmasligi hamda idoralararo
muvofiqlashtirish choralarining sustligi tufayli samarali ishlamayotganligi
aniqlandi. Bolalarni himoya qilish xizmatlari asosan bolalarning bitta toifasiga
- ya’ni asosan internat shaklidagi muassasalarga joylashtirilgan ota-ona
84
g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarga qaratilgan. Tazyiq, zo‘ravonlik,
ekspluatatsiya va beparvolikning oldini olish bo‘yicha xizmatlar va choralarni
bajarish past darajada qolmoqda. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kasb sifatida
yetarlicha rivojlanmagan va bunday xizmatlar asosan faqat internat shaklidagi
muassasalarda ko‘rsatiladi.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy sug‘urta badallari va umumiy soliq tushumlari
hisobidan moliyalashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasining milliy sug‘urta
tizimiga YaIMning 9,7 foizi yo‘naltirilmoqda. Iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham butun hayot sikli uchun
mo‘ljallangan ijtimoiy himoya qilish milliy tizimi yaratilgan bo‘lib, u
fuqarolarning umrlari davomida duch kelishlari mumkin bo‘lgan muammolarni
hal qilishga qaratilgan.
Umuman olganda, ko‘p sonli oilalarning fikriga ko‘ra, migratsiyaning
ijobiy ta’siri salbiy ta’siridan ko‘ra salmoqlidir. Chet elda ishlaydigan oila
a’zolari tomonidan yuborilgan pul jo‘natmalari oilalarning iqtisodiy zaifligini
kamaytirishi mumkin. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, o‘tkazilayotgan moliyaviy
mablag‘lar evaziga oilalar o‘z turmush sharoitlarini yaxshilashlari, o‘quv
materiallarini sotib olish, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan va boshqa shu kabi
imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin. Ammo, pul o‘tkazmalari oilalarning
ehtiyojlarini, xususan bolalarning psixologik farovonligini to‘liq qondirish uchun
yetarlimi yoki yo‘qmi hanuz tasdiqlanmagan. Ota-onalarning migratsiyasi
sababli, nazoratsiz qolgan bolalar oilaning buzilishi oqibatlaridan jabr
chekishlari, yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rmasliklari kabi salbiy holatlarga duch
kelishlari mumkin.
85
Bu, ayniqsa, bolalarning psixologik va hissiy salomatligiga ta’sir qilishi
mumkin. Ba’zi hollarda, bolalar odatda aka-uka va opa-singillarga g‘amxo‘rlik
qilish, uy yumushlarini bajarish va qishloq xo‘jaligi ishlari kabi kattalar
tomonidan bajariladigan ishlarga jalb qilinib, bu ularning ta’lim olishi va bo‘sh
vaqtlarini o‘tkazishlariga xalaqit berishi mumkin. Xususan, tadqiqot davomida
bolalarda uchrashi mumkin bo‘lgan uchta asosiy potensial salbiy ta’sir
aniqlandi:
Bolaga g‘amxo‘rlik qilish. Ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘zbekistonlik
mehnat muhojirlarining aksariyatining farzandlari bo‘lishiga qaramay, ular
yolg‘iz o‘zlari migratsiya qilishni afzal ko‘radilar va ko‘p holarda bolalarni ota-
onaning biri yoki bironta qarindoshning nazorati ostida qoldiradilar yoki ba’zi
hollarda ularni internat shaklidagi muassasalarga joylashtiradilar.
Otalar migratsiya qilganida, onalar odatda bolalarning asosiy homiysi
hisoblanadi. Ota-ona migratsiya qilgan hollarda qarindoshlarning vasiy
sifatida jalb qilinishi eng keng tarqalganligini kuzatish mumkin. Ko‘p hollarda,
qarindoshlar tomonidan ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlik bolalar uchun eng xavfsiz
va barqaror muhit sanaladi. Biroq, bunday vasiylik rasmiy ravishda
rasmiylashtirilmaydi yoki tegishli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va
vasiylar iqtisodiy muammolarga duch kelgan holatlarda, bolalar beparvolik,
ekspluatatsiya va tahqirlash xavfi ostida qoladilar. Bolalarning psixologik
holatiga ta’siri. Oiladagi vaziyatdan qat’i nazar, bolalarning aksariyati
migratsiya paytida ota-onalarini sog‘inadilar.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, vasiylar odatda bolalarni tarbiyalash va
nazorat qilishning turli usullaridan foydalanadilar. Bolalarning 7 foizga yaqini
jismoniy jazolardan, 3 foizi oiladagi zo‘ravonliklardan va 6 foizi maktabdagi
tahqirlashlardan aziyat chekadi. Bolalarning uchdan bir qismi ota-onalarining
migratsiyasidan so‘ng o‘z zimmalariga uy yumushlar, bolalarni parvarish qilish
va aka-uka va opa-singillarga g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
qo‘shimcha majburiyatlarni oladilar. Bolalarning o‘zlari qo‘shimcha
yumushlarni o‘qish yoki hayotning boshqa sohalariga xalaqit beradigan
omillar qatoriga qo‘shmaydilar. Shunga qaramay, tahlil shuni ko‘rsatadiki, uy
86
yumushlari ko‘lamining kengayishi bolalarning kayfiyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Migratsiyaning oshishi noto‘liq oilalarning paydo bo‘lishiga sabab
bo‘lmoqda va ular katta muammoli masalalarni keltirib chiqarmoqda.
Dunyodagi barcha davlatlar, shu jumladan, O‘zbekistonning ijtimoiy-
istisodiy rivojlanishi, qishloq va shahar orasidagi tafovutning kamayib borishi,
urbanizatsiya tufayli shahar hayot tarzining qishloqqa kirib kelishi, ayollarning
iqtisodiy jihatdan mustaqilligining kuchayishi, shu bilan birga jamiyatda
ma’lum imtiyozlarning ko‘payib borishi, migratsiyaning keskin oshishi oila
instituti, nikohlar mustahkamligiga muqarrar ravishda o‘z ta’sirini ko‘rsatmoda.
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda xalq hayotida misli ko‘rilmagan ijobiy
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shu bilan birga so‘nggi o‘n yillikda bir qator
muammolar yanada dolzarblashdi. Shulardan biri - oila institutining
zaiflashishi, ajralishlar va ularning asorati sifatida noto‘liq oilalar sonining
keskin o‘sishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |