Psixologik tahlil
Inson psixik faoliyatining psixologik shart-sharoitlari va
tarkibini ochib berishdan iborat ilmiy-tekshirish usullaridan
biri. P.t.ning vazifasi faoliyatning psixologik komponentlarini
aniqlash, kishini faoliyatga undashda turli psixik jarayon va
xususiyatlarning roli, faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladigan
psixik xususiyatlarni ko‘rsatishdan iboratdir.
Psixologiya
(Yunon.
psyche
– jon,
logos
- ilm); miyaning ob’ektiv
voqelikni aks ettiruvchi funksiyasi bo‘lgan psixika haqidagi
fan. P. psixikaning yuzaga kelish mexanizmlari va umumiy
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |