Mahalla va oila



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/280
Sana12.01.2022
Hajmi4,65 Mb.
#336160
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   280
Bog'liq
2-OILA PSIXOLOGIYAS

 
👉👉
 
Topshiriq.
 
Oilalardagi ajrimlarning psixologik sabablarini jadvalga 
yozing va tahlil qiling. 
Savollar  
Javoblar  
Oilalardagi ajrimlarning psixologik 
sabablari 
 
......................................... 
 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda turli soha va tarmoqlarda 
mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning necha foizini xotin-qizlar 
tashkil etadi? 
A) 45 foizini  
B) 42 foizini 
D) 35 foizini 
E)
 
48 foizini 
2. Ajrimga doir islom qoidalari qaysi surada bayon qilingan? 
A) Yosin (surasida) 
B) Ruqiya (surasida) 
D)  Ixlos (surasida) 
E)
 
Niso(surasida) 
 


170
 
 
13-MAVZU:
 
OILAVIY AXLOQ.
 
OILAVIY NIZO VA ZIDDIYATLARNI YENGIB 
O‘TISHDA AXLOQNING ROLI. ISLOM AXLOQI. 
Reja

1.  Oilaviy axloq.  
2.  Oilaviy nizo va ziddiyatlarni yengib o‘tishda axloqning roli. 
3.  Islom axloqi. 
Tayanch iboralar: 
Oilaviy axloq  tarbiyasi,  nizo va ziddiyatlar,  Islom 
axloqi, ota-ona, farzand. 
Oilada  shakllangan  o‘ziga  xos  axloq  unda  muayyan  milliy  qadriyatlar 
tizimining shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Oilaviy tarbiya hozir 
mavjud  bo‘lgan  axloqiy  qarashlarning  amaliy  jihatdan  namoyon  bo‘lishi 
hamdir.  Oiladagi  axloq  er  va  xotin  o‘rtasidagi  munosabatnigina  ifodalab 
qolmasdan, balki bolalar uchun ham ular yetuk inson sifatida shakllanishining 
muhim  ma’naviy  omillaridan  hisoblanadi.  Binobarin,  ma’naviy  boy,  axloqan 
pok  va  jismonan  sog‘lom  farzandlarni  tarbiyalab,  voyaga  yetkazish  aynan 
oilada  axloqiy  madaniyatni  qaror  toptirish  orqali  amalga  oshiriladi.  Yuksak 
axloqqa  egalik  kishida  ezgulik,  yaxshilik,  yaratuvchanlik,  fidoyilik,  sadoqat, 
mardlik kabi insoniy fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi. 
Oila  yoshlarning  axloqli-odobli,  rostgo‘y,  mehnatsevar,  halol  va 
samimiy  bo‘lib  voyaga  yetishlari  uchun  zamin  tayyorlaydi.  “Rostgo‘ylik  kishi 
o‘z  xatti-harakatida  sodir  bo‘lgan  ishlarni  ko‘rgan,  bilgan  va  eshitganlarini 
boshqalarga  gapirib  berganda,  yolg‘on  aralashtirmay,  aynan  o‘zini  so‘zlab 
berish  odatidir.  Rostgo‘y  kishi  yolg‘on  gapni  gapirishni  o‘zi  uchun  uyat  deb 
biladi. 


171
 
 
Oila  tarbiyasi  bolaning  kelajakda  kim  bo‘lib  yetishishida  muhim  o‘rin 
tutadi.  Demak, bola  oilada  jamiyatning,  millatning  qiyofasini ko‘radi,  bo‘lajak 
fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va milliy axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi, 
hamda shu asosda kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiy-
ruhiy  muhit  umuminsoniy  va  milliy  axloqiy  qadriyatlar  manbaidir.  Oiladagi 
axloq  har  bir  oila  a’zosining  ma’naviy  qiyofasi  orqali  bir-birini  tushunishga 
bo‘lgan intilishi orqali shakllanadi.  
Oiladagi  axloq  uning  shonu  sharafi,  g‘ururi,  burch  va  vazifalarini 
ko‘rsatib  beruvchi  mezondir.  Oilada  pokiza  nasl-nasab  tuyg‘usi  va  u  bilan 
faxrlanish  –  pirovard  natijada  vatanparvarlik,  xalqparvarlik  iftixorini  yuzaga 
keltiradi.  Oilada  o‘zaro  hurmat  qat’iy  intizom  asosida  barcha  a’zolarning  o‘z 
burch  va  vazifalarini  ado  etishlari,  bir-birlariga  nisbatan  ezgulik  va  mehr-
oqibat ko‘rsatishlari muhim mezonlardan biri hisoblanadi. 
Axloqni qaror toptirishda oila intizomi – jamiyat va davlat intizomining 
negizidir. Chunki, oilada intizom tuyg‘usi shakllangan kishi davlat va jamiyat 
ishida  ham  shu  tuyg‘u  sohibi  sifatida  xizmat  qiladi,  davlat  qonunlariga  chap 
berishini  hayoliga  ham  keltirmaydi,  har  bir  ishni  o‘z  joyida  va  o‘z  vaqtida 
belgilab, tartib asosida bajaradi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   280




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish