MAVZU. MAKTAB YOSHIDAGI QIZLARNI TURLI ZARARLI ODATLARDAN SAQLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Zamonaviy tahdidlar va ularning turlari. Qizlar nimalardan ehtiyot bo‘lishlari kerak? Odam savdosi, mehnat migratsiyasi va uning oqibatlari, narkotrafik, toksikomaniya, ichkilikbozlik va giyohvandlik, ularning oqibatlari. Yomon
odatlarga nisbatan psixoemotsional qat’iylik, shaxs irodasini shakllantirish. Internetga bog‘lanib qolishdan ehtiyot bo‘lish.
TAYORLASH
O‘zbek oilalari tafakkurida oilaning muqaddasligi. Oilada ijobiy muhitni yaratish. Oilada muomila madaniyati. Qonunchiligimizda oila institutining e’tirofi. Oilaga oid milliy an’analar. Oilaga doir umumbashariy qadriyatlar silsilasi. Oilani rivojlantirishda davlat siyosatining o‘rni. Oila va uning funksiyalari. Oila turlari. Zamonaviy oilalarning o‘ziga xos xususiyatlari.
MAVZU. MAKTAB YOSHIDAGI QIZLARDA YAQIN VA UZOQ QARINDOSHLAR HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH
Qarindoshlar haqida nima bilaman (Avlodlar daraxti). Bir ota-onadan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi. Bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan — ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan — uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo. To‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqligi.
Ikki shaxs o‘rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o‘zini hisobga qo‘shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinishi xususida.
MAVZU. MAKTAB YOSHIDAGI QIZLARDA GENDER TENGLIK HAQIDAGI TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH
Gender tenglik haqida tushuncha. Oilada gender tenglik. O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 10-modda. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish to‘g‘risida. Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etishlari.
Oila a’zolarining o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolari va o‘zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart-sharoitlari. 2019-yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida“gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida“gi qonunlarining mazmuni va mohiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |