4. Yadroviy induksiya usuli
Bu usul spin generatorlarida, spektrometrlarda modda tarkibini va konsentratsiyasini aniqlashda qo‘llanilib uzluksiz pretsessiyalashayotgan yadrolardan EYUK induksiyalashga asoslangan.
Spin generatori avtotebranuvchan sistema bo‘lib, uning teskari musbat aloqasi spin sistemasi nurlanishidan induksiyalanadi. Bunday korpuskulyar rezonatorlar sistemasini ekvivalent tebranish konturi sifatida faraz qilish mumkin. Kontur xususiy chastotasi ya magnit maydon induksiyasiga bog‘liq: ya = V ;
Aslligi (dobrotnost) : Q ya = T2 . ya / 2 Magnit momentlariga ega yadrolar sistemasi musbat aloqa hosil qilgan kuchaytirgich eng oddiy spin generatori deb qaralishi mumkin ( a- surat). Modda namunasi 1 bilan uyg‘otuvchi 2 va qabul qiluvchi 3 chulg‘amlar o‘qlari tekisligi magnit induksiyasi vektoriga perpendikulyar joylashadi. Kuchaytirgich 4 ulanganda o‘yg‘otuvchi 1 chulg‘amda shovqin toklari paydo bo‘ladi. Bu toklar spektrida pretsessiya chastotasiga (ya = V) ega toklar ham mavjud. Bu yuqori (ya) chastotali tokning maydoni pretsessiyalashayotgan magnit yadrolarini fazalaydi (faziruet). Natijada ko‘ndalang yadroviy magnitlanish paydo bo‘lib, qabul chulg‘ami (3) da pretsessiya chastotali EYUK hosil qiladi. Etarli kuchaytirish koeffitsienti va faza siljishida so‘nmas tebranishlar hosil bo‘ladi. Bunda musbat teskari aloqaning kuchsizligi tufayli kuchaytirish koeffitsientini katta (105) olishga va, oqibatda, har xil parazit aloqalarni yo‘qotishlarning murakkab choralarini ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Masalan, transformatorli aloqani yo‘qotish uchun uyg‘otish va qabul chulg‘amlari qathiy o‘zaro perpendikulyar joylashishlari kerak. Parazit aloqalarni kamaytirish uchun ikki qabul chulg‘amidan iborat spin generatorlari qo‘llaniladi (b-surat). Qabul chulg‘amlaridan biri ishchi modda bilan to‘ldirilgan, ikkinchisi – bo‘sh. Natijada parazit aloqalar ta’sirida paydo bo‘lgan parazit EYUKlar o‘zaro teskari fazalarda kuchaytirgich kirishiga berilib, o‘zaro kompensatsiyalashadi. Parazit aloqalar ta’sirini kamaytirishning yana bir usuli – qabul va o‘yg‘otish chulg‘amlarini fazada o‘zaro siljitib joylashtirish. Natijada spin generatorining o‘yg‘onishi va generatsiyalashi vaqt va fazada boshqa-boshqa ro‘y beradi (v-surat). Ishchi modda bu holda harakatlanuvchan bo‘ladi. O‘yg‘otish chulg‘ami 1 qabul chulg‘amidan (2) uzoqroqda joylashgan. O‘yg‘otilgan, pretsessiyalashgan va fazalangan yadrolar qabul chulg‘amida EYUK hosil qiladi. Bu EYUK kuchaytirilab, yana o‘yg‘otish chulg‘amiga beriladi. CHulg‘amlar o‘zaro ta’sirlashmaydi. Spin generatorlarining o‘lchashlarda keng tarqalishiga ularning murakkabligi va tor chastotaviy oralig‘i sabab bo‘lmoqda. 4 – rasmda bu usulni amalga oshiruvchi qurilma chizmasi va grafiklari ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |