5
xorazimshohiy”
6
, Kamyobning “Tarixi xavonin”
7
va boshqa asarlardan olish
mumkin.
Xiva xonligi tarixini o’rganishda Bobojon Safarovning
asarlari ham juda
qimmatlidir. Bobojon Safarov XIX asrning oxirlarida Xivada tug’ulib, madrasa
ta’limidan so’ng mufti a’lam bo’lib ishlagan. Uning
shartli ravishda nomlangan
“Xorazm tarixi”, “Xorazm xonligiga tegishli tarixiy materiallar”, “Xorazmda
o’tgan o’zbek podshohlarining nasablari, xonliklari, avlodu oilalari, mol-mulklari,
xulqu odatlarining voqea ahvollari”, “Xorazmda bo’lub o’tgan qulchilik
ahvollarining voqealari”, “Isfandiyorxonning xonliq vaqtidag’i qilg’on
ishlaridan
ba’zi voqealar” asarlari va yozishmalari yetib kelgan. Mazkur asarlarning barchasi
O’zbekiston FA SHarqshunoslik instituti xazinasida (–
№№10231, 11117,
11254/I1254/II, 11254/III) saqlanadi.
Safarov Bobojonning asarlari sho’rolar davrida yozilgani va ularning
mazmunida davrning g’oyaviy ta’sirini inobatga olish lozim. Ularning biryoqlama
voqelarga baho berishi bilan undagi ko’p tarixiy voqealar
tafsilotlaridan yangi va
o’ta muhim ma’lumotlarni olish mumkin.
“Xorazm tarixi” asarida B. Safarov Xorazmda yuz bergan 1864-1934
yillardagi voqelar bayon etilgan. Asarda ayniqsa 1920-1922 yillardagi siyosiy
voqealar kengroq yoritiladi. Asarda keltirilgan geografik
hamda Xiva xonligining
etnik tarixiga oid ma’lumotlar juda qimmatlidir. Asar muqaddima va 36 bobdan
iborat. Boblar nomlari quyidagacha:
“Xorazm xonliqiga tegishli tarixiy materiallar”da xonlik davriga oid o’ta
muhim ma’lumotlar mavjud. Unda xonlik tarixi
XVII asrdan XX asrning
boshlarigacha yoritilgan. Asarda soliqlar, xiroj, zakot, boj olish haqida ma’lumotlar
keltirib, unda Muhammadrahimxon II va Asfandiyorxon davrlari kengroq
yoritiladi. Asar nasta’liqda, oddiy qalamda Xivada yozilgan va 16 varaqdan iborat.
“Xorazmda o’tgan o’zbek
podshohlarining nasablari, xonliqlari, avlodu
oilalari, mol-mulklari, xulqu odatlarining voqea ahvollari” nomli asarini B. Safarov
6
Баёний Муҳаммадюсуф. Шажараи Хоразимшоҳий / Мерос. Тўплам. . – Тошкент: Камалак, 1991. – Б. 175–
265.
7
Сайид Ҳомид Тўра Комёб. Таворих ул-хавонин. – Тошкент: Академия, 2002..
6
O’zbekiston FA Tarix instituti buyurtmasi bilan yozgan.
Unda xonlik tarixi
Eltuzarxon davridan (1804-1806) boshlab Asfandiyorxon davrigacha (1918 yili
o’ldirilgan) bo’lgan voqealar bayon etiladi. Asar 81 sahifadan iborat.
Bobojon Safarov oxirgi ikkita asarida Xorazmda qulchilik masalasini (12
sahifada) va Isfandiyorxon davri tarixini (4 sahifada) yoritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: