33
Qo’qon xonligidan farqli ravishda doimiy faoliyat ko’rsatuvchi Kengash amal
qilgan. Bu Kengash (devon) ma’lum mansab va unvon egalaridan, chunonchi:
inoq, mextar, naqib, qushbegi,
devonbegi, shayx ul-islom, mutavalli, mirob, qozi,
farmonchi, darg’a, arbob, miroxo’r va boshqalardan iborat edi. Eng yuqori
lavozimdagi amaldorlar a’zo bo’lgan bu Kengashning vakolatlari cheklangan,
barcha qarorlar amalda xon tomonidan qabul qilingan bo’lsada, lekin saroy
a’yonlarining, qabila boshliqlarining, mahalliy hokimlarning davlat boshqaruvidagi
o’rnini e’tirof etish zarur. Kengash majlisida boshqa amaldorlardan ham ko’proq
mextar, qushbegi, devonbegi, inoq, shayx ul-islom va yasavulboshi hal etuvchi
ovozga ega edilar. Kengash masalalarini hal etish darajasiga qarab Xon xohishi
bilan majlis bo’lar edi
76
.
Bu Kengash garchi davlat tashkiloti sifatida rasmiylashmagan bo’lsa-da,
uning qarori xonning qaroridek ko’rilsada, lekin amalda bu Kengash yuqori qonun
chiqaruvchi ma’muriy hokimiyat edi. Oliy Kengash Xiva xonligida yagona
grajdanlik (fuqarolik) va jinoiy ishlar sudi hisoblanardi. Kengashda ishtirok etgan
amaldorlar xonlikning ichki ishlariga doir hamma masalalar bo’yicha qaror qabul
qilar va xonlikning boshqa davlatlar bilan bo’lgan tashqi munosabatlariga doir
muammolarni ham hal etardi. Buni XIX asrda Xivaga kelgan chet el elchilari yozib
qoldirgan ko’pgina xotiralarda bildirilgan faktlar tasdiqlaydi
77
.
Muxammad Raximxon o’z hokimiyatini mustahkamlash
uchun ilgari inoq
va otaliqlar boshliq bo’lgan urug’ oqsoqollari kengashi o’rniga Oliy Kengash ta’sis
etdi. U kengashga turli da’vo va jinoiy ishlarni ko’rish va qaror chiqarish huquqini
berdi, to’g’rirog’i amr qildi
78
.
Xonning maslahatchilari bo’lgan oqsoqollar ma’lum bir fikrga kelganlaridan
keyingina ularning qarorini mehtar xonga bildirar edi. Kengash majlisi qarornoma
76
Сагдуллаев А., Аминов Б., Норқулов Н., Мавлонов Ў. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. –
Тошкент: Академия, 2000. – Б. 241–242; Сагдуллаев А., Мавлонов Ў. Ўзбекистонда давлат бошқаруви
тарихи. – Тошкент: Академия, 2006. – Б. 126–127; Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув
тарихи. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. – Б. 395–396.
77
Ризоқулихон Ҳидоят. Сафоратномаи Хоразм. Носириддиншоҳ ва Муҳаммад Аминхон ўртасидаги
дипломатик алоқалар тарихидан. 1851 йил. Форс тилидан И. Бекжонов таржимаси. – Тошкент: Янги аср
авлоди, 2009. – Б. 53–231.
78
Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. – Б. 395–
396
34
tuzmagan, mustaqil qarorlar chiqarmagan. Garchi, Kengash davlatning turli-tuman
ichki va tashqi ishlarini muxokama qila olsa-da, biroq muxokama qilingan
masalalar
va kengashning fikri, dastavval, xonning xohish irodasiga bog’liq
bo’lgan.
Xiva xonligida davlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha masalalarni hal etish
va tegishli qarorlar qabul qilish uchun xon saroyida maxsus majlis – Kengash
o’tkazilishi shart bo’lib, bu holat oliy hukmdorning huquqlarning biroz
cheklanganligini, uning faoliyati urug’ boshliqlari, ruhoniylar, harbiy-ma’muriy
amaldorlar tomonidan nazorat qilinib turilganligini, davlat boshlig’i rasman xon
bo’lsa-da, amalda davlat boshqaruvida saroy amaldorlaridan va dindorlardan iborat
kengashning ahamiyati ham yuqori bo’lganligini ko’ramiz. Xon avlodi jihatidan
qanchalik oqsuyak bo’lmasin, agar u aqli, boyligi yoxud
boshqa fazilatlari bilan
o’ziga ko’p tarafdorlar yig’ishni uddalay olmasa, uning so’zi Kengashda hal
qiluvchi qarorga ega bo’lmasdi.
SHu tariqa, Kengash instituti qadimgi davr va o’rta asrlar davrida davlat
boshqaruvida, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’muriy masalalarni hal qilishda davlat
rahbarining asosiy suyanchi sifatida faoliyat yuritgan. Ayrim xollarda davlat
boshligini hokimiyatdan chetlatish masalalari bo’yicha ham saroydagi yuqori
darajadagi amaldorlar Kengashi tomonidan qaror qabul qilinganligi ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: