Magistrlik dissertatsiyasining mazmuni, hajmi hamda tarkibi.
Ish shu mavzuga doir ilmiy adabiyotlarni o‘rganishdan boshlanadi va butun ish jarayonida unga amal qilinadi. Adabiyotlar ro‘yxati tuzib chiqilib, ishni boshlashdayoq bibliografik ma’lumotlarni katalog kartotekalar uchun ishlatadigan xalqaro andozadagi (7,5x12,5 sm) shakldagi oq qog‘ozga yozib borilishi kerak,
Kartoteka kartochkalarini istalgan tartibda joylashtirish zarur bo‘lganda magistrlik dissertatsiyasining ma’lum bobi uchun kerakli materiallarni tez ajratib olish mumkin. Kartotekalar ishning bo‘limlari, boblari bo‘yicha joylashtirilsa, topish qulay va tez amalga oshadi.
Tanlangan mavzu yuzasidan to‘plangan adabiyotlar va shu maqsadda olib borilgan shaxsiy ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari to‘la-to‘kis o‘rganib chiqilgandan so‘ng dissertatsiya yozish boshlanadi. Reja mukammal yozilgan va mavzu doirasida bo‘lishi shart. Asosiy mazmun yoritilgan boblarda ishning 80%ni aks ettirilsa, kirishda 10% va xulosada ham 10% ish hajmi bajarilishi shart.
Tadqiqot haqida umumiy mulohazalarni yozishda magistrant tarixiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlarni atroflicha tahlil qilishi, ularning yutuq va kamchiliklariga tarixnavislik nuqtai nazaridan baho berishi, mavzu ustida ilmiy ish olib borishning maqsadga muvofiqligini asoslab berishi va shu sohadagi vazifalarni aniqbelgilab olmog‘i lozim.
Magistrlik dissertatsiyasi bitiruvchi tomonidan oq qog‘ozga, mashinkada yoki kompyuterda chiroyli, savodli ko‘chirilgan, muqovalangan hrlatda topshiri-ladi(qarang; 6-7-ilova).
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi 1,5 oraliq yozuvda 65 sahifadan kam bo‘lmasligi, 90 sahifadan oshmasligi lozim. Agar magistrlik dissertatsiyasi talab qilingan hajmda bajarilgan bo‘lsa-yu, unda ilmiy yangilik bo‘lmasa, dis-sertatsiyada mazmuniy sayozlik, qaytariq, ko‘chirmalar ko‘p bo‘lsa, dissertatsiya qayta ishlanib, talablar darajasiga yetkazilmaguncha muhokamaga qabul qilin-maydi. Ilovalar dissertatsiya hajmi hisobiga kirmaydi.
Magistrlik dissertatsiyalari asosan o‘zbek va rus tillarida yoziladi, ba’zi hollarda chet-tillar (ingliz, fransuz, nemis)da ham yozilishi mumkin.
Agar magistrant dissertatsiyasini chet tilida yozmoqchi bo‘lsa, bu fakultet Ilmiy kengashida muhokama qilinib, tasdiqlanishi shart.
Yangi o‘zbek yozuvida (lotin grafikasida) va chet tillarda (ingliz, nemis, fransuz) yozilgan magistrlik dissertatsiyalariga qo‘shimcha ballar qo‘yish mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasi bitiruvchining nazariy bilimlari hamda hayotiy tajribasi asosida vujudga keladi. Bundan tashqari, bitiruvchi magistrlik dissertatsiyasini yozishi va himoyaga tayyorlashi jarayonida nazariy fikr va xulosalarini hayotga tatbiq etib borishi, ya’ni ilmiy-ommabop gazeta-jurnallarda maqolalar e’lon qilishi yoki magistrlik dissertatsiyasi echimlarini fanga tatbiq etib borishi lozim. Magistrlik dissertatsiyalari natijalarini matbuotda e’lon qilgan bitiruvchilar mehnati himoya vaqtida e’tiborga olinadi.
Ilmiy rahbar mavzu tanlanishidan tortib, himoya jarayonining oxirigacha bitiruvchiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, magistrlik dissertatsiyasi tayyorlanishining sifati, saviyasi, sur’atiga muallif bilan barobar javob beruvchi ustozdir,
Magistrlik dissertatsmyasiga shu soha bo‘yicha fan doktori yoki professorlik unvoniga ega bo‘lgan ilmiy rahbar boshchiligida amalga oshiriladi. Maslahatchi yoki ikkinchi rahbar sifatida chetdan ham mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. Istisno tarzida, oliy o‘quv yurti Ilmiy Kengashining qaroriga ko‘ra fan nomzodi, dotsent ham ilmiy rahbarlikka tayinlanishi mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasi mustaqil ilmiy-amaliy tadqiqot hisoblanadi. Unda bitiruvchining mustaqil ilmiy-ijodiy faoliyati, shaxsiy dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy qiyofasi, ilmiy-ma’rifiy yetuklik darajasi, falsafiy tafakkur qobiliyati va lisoniy savodxonligi yaqqol namoyon bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham magistrlik dissertatsiyasi shaxsiy izlanish va ijodiy mehnat mahsuli hisoblanadi. Binobarin, magistrlik dissertatsiyalari ham-mualliflikda bajarilmaydi. Uni har bir bitiruvchi alohida yozadi.
Magistrantlarga o‘qish davomida olgan bilimlarini mustahkamlash, kelgusidagi ilmiy ishlari uchun amaliy va ilmiy ko‘nikmalarni hosil qilish va magistrlik dissertatsiyasi ishlari uchun kerakli materiallarni to‘plash uchun kafedra mutaxassisligidan kelib chiqib turli amaliyotlarga, shuningdek, arxiv va kutubxonalarga yuboriladi.
Himoya hay’ati dissertatsiya muhokama etilgan kafedra taklifini hisobga olgan holda taqrizchilarni tayinlaydi. Himoya kunini belgilaydi. Himoya jarayoni uchun sharoit yaratadi. Himoya jarayoni qizg‘in, erkin munozara, fikr almashuv ruhida o‘tishini ta’minlaydi. Himoya jarayonini Himoya hay’ati raisi va kotibi tashkil etadi, boshqaradi. Himoya jarayonidan himoya hay’ati kotibiningrasmiy ma’lumotnomasi, ilmiy rahbarning xulosasi, bitiruvchining magistrlik dissertatsiyasi asosida tayyorlangan ma’ruzasi, rasmiy taqrizchi tafizlari tinglanadi.
Himoya jarayoni asosida himoya hay’ati bayonnomasi tuziladi. Himoya ja-rayoni bilan bog‘liq hujjatlarni himoya hay’ati kotibi yuritadi va bu hujjatlar keyinchalik fakultet arxivida saqlaiadi. Professor-o‘qituvchilar va magistrlarning norasmiy taqrizchi sifatidagi chiqishlariga ham imkoniyat beriladi.
Himoya jarayoni tugagach, himoya hay’ati magistrlik dissertatsiyasi uchun yashi-rin ovoz berishadi va shu kuni uning natijalari e’lon qilinadi.
Yuqori darajada yozilgan magistrlik dissertatsiyalari mualliflari mazkur tadqiqotlarini takomillashtirish maqsadida aspiranturaga tavsiya etiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, mukammal yozilgan magistrlik dissertatsiyalarini qayta ishlab takomillashtirish maqsadida, maxsus ilmiy daraja uchun himoyaga tavsiya etish ham mumkin. Yaxshi yozilgan magistrlik dissertatsiyalarini alohida kitob holida yoxud ixchamlashtirib, yirik maqola sifatida nashr ettirish ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |