Magistrlik dissertatsiyasini yozish uslublari
Reja:
Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifasi.
Magistrlik dissertatsiyasining mazmuni, hajmihamda tarkibi.
Magistrlik dissertatsiyasining maksad va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Opiy Majlisning IX sessiyasida qilgan ma’ruzasida mamlakatimizdagi oliy ta’lim istiqbollari haqida alohida to‘xtalib, magistratura bosqichi magistrpik dissertatsiyasi himoyasi bilan yakunlanishi haqida fikr bildirgan.
Magistrlik dissertatsiyasi magistrant tahsilining natijalarini ko‘rsatuvchi, talabaning nazariy va amaliy bilimlarini umumlashtirib, ilmiy tadqiqot yaratish malakasini mujassamlashtiruvchi ijodiy mehnat namunasidir. Magistrlikdissertatsiyasi bitiruvchining dunyoqarashi, ilmiy-ijodiy salohiyati, mustaqil va erkin fikr yuritish qobiliyati, yozma nutq madaniyatini ham yaqqol namoyish etishga xizmat qiladi.
Tarix mutaxassisligi bo‘yicha bajariladigan magistrlik dissertatsiyalari ilmiy-ijodiy saviyasi, dolzarbligi, ilmiy yangiligi va hayotiy-amaliy ahamiyati jihatidan fan nomzodligi dissertatsiyasiga yaqin turishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasida olingan ilmiy natijalar va chop qilingan ilmiy maqolalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK)ning nomzodlik dissertatsiyalariga qo‘ygan talablariga javob bergan hollarda Davlat Attestatsiya Komissiyasi va oliy o‘quv yurti ilmiy kengashi qarorlari asosida magistrlik dissertatsiyasi qayta ishlanib, belgilangan tartibda, nomzodlik dissertatsiyasi sifatida yoqlashga oliy o‘quv yurti rahbariyati OAKdan ruxsat so‘rashi mumkin.
Har bir magistrlik dissertatsiyasi mavzusi amaliyot bilan, magistrant va kafedraning ixtisosi xususiyatlaridan kelib chiqib chambarchas bog‘liq bo‘lmog‘i darkor. Mavzular ifoda tarziga ko‘ra aniq, konkret bo‘lishi, kafedralararo takrorlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Magistrlik dissertatsiyasidan asosiy maqsad magistrantlarda ilmiy tadqiqot yaratish malakasini hosil qilishdan iborat. Ular magistrlik dissertatsiyasini yozish jarayonida tahsil mobaynida olgan bilimlarini umumlashtirishga, uning natijalarini ilmiy ravishda aks ettirishga erishishlari lozim. Magistrlikdissertatsiyasi mualliflarningdunyo qarashlari, siyosiy saviyalari, ilmiy umumlashma fikrlarini yozma nutqda savodli ifoda-lashlarini taqozo etadi, Magistrlik dissertatsiyasida tanlangan mavzu bo‘yicha muammolar ko‘rsatilib, uning echimlari tahlil qilingan bo‘lishi kerak. Shuning uchun har bir magistrant magistrlik dissertatsiyasini yozishi shart. Uni boshqa biror sinov turi bilan almashtirilmaydi.
Tanlangan mavzuning nazariy-amaliy muammolarini yoritish magistrlik dissertatsiyasiningasosiy vazifasidir. Magistrlik dissertatsiyasi magistrantning tarix fakultetada olgan bilimlari natijasini ifodalashi zarur
Magistrlik dissertatsiyasining g‘oyaviy mazmuni O‘zbekiston Respublikasining davlat va milliy manfaati, milliy mustaqillik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi lozim. Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy saviyasi yuqori bo‘lishi kerak. Bitiruvchi magistrlik dissertatsiyasida sayoz fikrlashdan, qaygariqlardan, siyosiy-g‘oyaviy nuqsonlardan, ko‘chirmakashlikdan saqlanishi talab qilinadi. Magistrlik dissertatsiyasi magistrantning ilmiy-ijodiy mahsuli sifatida qaraladi. Va har bir bitiruvchi shunday faoliyatga qobil bo‘lishi muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |