2.4-jadval Kichik tadbirkorlikning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi31
Ko’rsatkichlar
|
O’lchov birligi
|
2005y.
|
2010y.
|
2015y.
|
2016y.
|
Eksport
|
%
|
12,3
|
14,6
|
13,6
|
18,8
|
O’sish sur’atlari
|
%
|
106,6
|
121,4
|
102,9
|
158,6
|
Import
|
%
|
38,5
|
42,5
|
36,6
|
37,4
|
O’sish sur’atlari
|
%
|
134,1
|
116,0
|
80,4
|
119,7
|
Tashqi savdo faoliyatida ishtirok etayotgan KBXT sub’ektlari soni
|
ming birlik
|
5,1
|
5,0
|
5,6
|
6,0
|
Kichik biznesning eksport salohiyatini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, huquqiy, moliyaviy mexanizm va sharoitlarni yanada takomillashtirish orqali ularning eksport salohiyatini oshirishga erishish mumkin. Buning uchun avvalambor, tashqi savdo operatsiyalarini rasmiylashtirishdagi ortiqcha ichki protseduralarni bartaraf etish va ularga mahsulotlarini eksport qilish borasida qo’shimcha preferensiyalar berish, mahsulotlarini sotishga ko’maklashadigan, marketing o’tkazish, sertifikat va ruxsatnomalar olishni ta’minlaydigan mexanizmi yaratilishi lozim.
II bob bo’yicha xulosa
Iqtisodiy faollikni ta’minlashda va unga erishishda bozor iqtisodiyotining barcha sub’ektlarinig samarali faoliyat yuritishlari talab etiladi. Bunda uning eng muhim sub’ektlaridan hisoblangan tadbirkorlar uchun ularni faoliyatini ichki omillari bilan bir qatorda tashqi omillar ham faoliyatini barqarorligini ta’minlashning asosiy jihatlari hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishi va iqtisodiy faollik aksariyat jihatdan, ichki omillardan tashqari tashqi omillarga ham bog’liqdir. Biroq, KBXT sub’ektlari mustaqil ravishda tashqi bozorga chiqa olmaydi. Bunday holat, birinchidan, katta sarf-xarajatlarni talab etsa, ikkinchidan, xorijiy mamlakatlar bozorining holati va qonunchiligining o’ziga xos xususiyatlari haqida etarlicha axborot va bilimlarga ega emasligi bilan izohlanadi.
Tashqi omillardan samarali foydalanish aksariyat jihatdan, iqtisodiy faollikning muhim tomoni hisoblangan ishchanlik muhitini shakllantirish va muntazam ravishda rivojlantirib borishga bog’liqdir.
Vaholanki, xalqaro iqtisodiy amaliyotda ishchanlik muhiti indikatorlarini hisoblash va uning natijalaridan foydalanish, mamlakatlar doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning qay darajada samaradorligidan dalolat berib, kelajakda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda foydalanilmayotgan salohiyatlardan unumli foydalanish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqishda muhim dastak bo’lib xizmat qiladi.
Fikrimizcha, kichik biznesning mamlakat eksportidagi ulushi bilan importidagi ulushi o’rtasida sezilarli darajada farq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Buning sababi shundaki, import to’lovlari mamlakat ichki valyuta bozoridagi xorijiy valyutalar taklifining kamayishiga olib keladi. Ushbu kamayish import hisobiga yangi texnika va texnologiyalarni kichik biznes sub’ektlarining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy qilish yo’li bilan sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilish hisobidan olinadigan valyuta tushumlari bilan qoplanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |