3.Moliyaviy
imtiyozlar
Turli shakllarda subsidiyalar berishni qamrab oladi, ya’ni kommunal
xizmatlar uchun past narxlarni, er uchastkalari va ishlab chiqarish
joylariga pasaytirilgan ijara to’lovlarini to’lashni (sh.j. uzoq muddatli
ijara va subijaraga berish imkoniyatlarini), shuningdek, davlatning
imtiyozli kreditlarini qamrab oladi.
4. Ma’muriy
imtiyozlar
Investorlarga infrastruktura vositalaridan foydalanish huquqlari
berishni, korxonalarni ro’yhatdan o’tkazish jarayonini hamda chet el
fuqarolarini kelish va ketish rejimlarini qisqartirishni, shuningdek,
biznesni qo’llab-quvvatlashga doir turli xizmatlarni ko’rsatishni (bozor
kon’yukturasi bo’yicha tezkor ma’lumotlarni taqdim etish, biznes-
rejalarni tayyorlash va boshqalarni) qamrab oladi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, EIHlarni tashkil etish orqali quyidagi
natijalarga
erishish
mumkin:
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
va
diversifikatsiyalash, milliy iqtisodiyotni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi,
iqtisodiyotni erkinlashtirish, xorijiy va mahalliy kapitalni jalb etish, jahon bozoriga
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo eksportini tayyor
mahsulot eksportiga aylantirish, mamlakatga valyuta tushumlarining kirib kelishini
ta’minlash, moliya sohasini rivojlantirish, inson salohiyatiga investitsiyalarni
ko’paytirish, mamlakat hududarini har tomonlama rivojlantirish, qo’shimcha ish
o’rinlarini yaratish, aholi turmush darajasi va farovonligini oshirish va hokazo.
9
Muallif tomonidan iqtisodiy adabiyotlarni o’rganish asosida tuzildi.
17
Shubhasiz, dunyo amaliyotida yaxshi niyatlar bilan tashkil etilgan erkin
iqtisodiy hududlar faoliyati muvaffaqiyatsizlikka uchraganlari ham yetarlicha
topiladi. Masalan, Shri Lanka, Gvatemala, Liberiya, Senegal va boshqa davlatlarda
turli ko’rinishdagi EIZlar butkul faoliyatini to’xtatdi. Buning asosiy sabablari
sifatida
siyosiy
(mamlakatdagi
umumiy
nobarqarorlik,
fuqarolar
kelishmovchiliklari), iqtisodiy (investor nuqtai nazaridan juda murakkab
investitsion qonunchilik), tashkiliy (ma’muriy boshqaruv, qog’ozbozlik, yomon
reklama) omillarni ko’rsatish mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, EIHlar XX asrning ikkinchi yarmida
iqtisodiyotda eng ko’zga ko’ringan institutsional innovatsiyalardan biri sifatida
qayd etilgan. O’zining jozibadorligi bilan ajralib turuvchi bu hududlarni tashkil
etish tajribasini dunyo mamlakatlari misolida ko’rib chiqish va o’rganish mustaqil
respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar uchun foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |