K I R I SH
Hozirgi kunda suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik global
muammolardan biri hisoblanadi. Jumladan
mamlakatimiz iqtisodiyoti
asoslarining bozor munosabatlariga asoslanishi jamiyatimizning rivojlanishi,
undagi iqtisodiy va ijtimoiy tarkibiy tuzilishlarida keskin o‘zgarish yasashiga
sabab bo‘ldi.
Sanoat, energetika, va qishlok xo‘jaligining rivojlanishi suv
iste‘molini oshiradi.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, transpotr korxonalari, sanoat, energetika va
qishlok xo‘jaligini rivojlantirishda va qurilishni olib borishda, ekologik
nobarqarorlikning asosiy sababi hisoblanadi. Yuqori ekologik nobarqarorlik
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Xorazm va Buxoro viloyatlari hududida
keskin tarqalgan.
Prezidentimiz I.A. Karimov global ekologik tahdid va muammolar haqida
to‘xtalib, ―Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy
muammolaridan biridir, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos
bo‗lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi jihatdan ana shu muammoning
hal qilinishiga bog‘liqdir‖ deb ta‘kidlagan edi [1-4].
Jahon sog‗liqni saqlash tashkilotining bergan ma‘lumotiga ko‗ra dunyodagi
barcha kasalliklarning 80 foizidan ortiqrog‗i suv muammolari bilan bog‗liqdir.
Suv resurslarini muhofaza qilish, oqilona foydalanish va boshqaruvini
takomillashtirish sohasida quyidagilarni nazarda tutish zarur:
- suvdan limitli foydalanish asosida suvni tejash va yer usti va yer osti
suvlarini muhofaza qilish;
- mavjud suvdan foydalanish tizimlarini qayta tiklash va qayta jixozlash;
- sanoat oqavalarini tozalashning industrial usullarini va suvni tejaydigan
texnologiyalarini tadbiq etish;
- iqtisodiy mexanizmlarni keng qo‗llash;
- monitoring va axborotlashtirish tizimlarini tashkil qilish, takomillashtirish
va joriy etish;
10
- suv resurslarini boshqarishning qonuniy bazasini mustahkamlash;
- transchegaraviy suv havzalari bo‗yicha davlatlararo hamkorlikni
takomillashtirishni siyosiy yo‗l bilan hal etish;
- ekologik monitoring va suv resurslarini boshqarishda tegishli darajada
tarmoqlararo boshqaruvni yaratish va rivojlantirish.
Yuqoridagi keltirilgan muammolardan kelib chiqib Navoiy viloyatida
joylashgan «Tinchlik lokomotiv deposi»ning suv tayorlash texnologiyasini
takomillashtirish temir yo‘l tizimidagi korxonalarda ishlatilayotgan suv sifatini
yanada yaxshilash, suv sarflarini kamaytirish yo‘lidagi harakatlarni samarador
bo‘lishiga olib keladi deb hisoblaymiz.
Bajarilayotgan dissertatsiya ish 3 bobdan iborat bolib 1-bobda Tinchlik
lokomotiv deposining suvga bolgan ehtiyojlari, suvga qoyilgan talablar va
qanday suvlar ishlatilayotgani va nima maqsadlarga sarflayotgani asosiy
vujudga kelgan muammolar, bu yo‘nalishda olib borilgan ishlar bo'yicha
adabiyotlar tahlili va dissertadiya ish rejasini tuzishga yechilish kerak bo'lga
asosida muamolar tayorlangan.
Bajarilgan dissertatsiya ishi materiallari va olingan natijalar asosida ilmiy
–pedagogik anjumanlarda ishtirok etilib, ularda qilingan ma'ruzalar bo'yicha 4
ta ilmiy maqolalar institut to'plamida chiqarildi (ilova-1 da keltirilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |