Mafkuraviy globallashuv jarayonida ma'naviy-ma'rifiy ishlarning o'rni
4-mavzu
Hozirgi davr – dunyoda g'oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo'lib borayotgan davr. Shunday ekan, ularning o'ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta'sir usullari bo'lishi shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida ko'plab davlatlar mavjud bo'lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, din va diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko'rsatmoqda. Ular o'zaro farqlanadigan, ba'zan bir-biriga zid bo'lgan manfaatlarga ega.
G'oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan davr
Aynan mana shu manfaatlar o'zga xalqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta'sir o'tkazish, ularni bo'ysundirish uchun yo'naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan ko'zlangan asosiy maddao esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali o'z manfaatlarini ta'minlashga intilishdir.
G'oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan davr
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi – g'oyaviy ta'sir o'tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida Yer yuzining barcha mintaqalarida mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha. Mafkuraviy jarayonlarning glaballashuvida bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki yo'nalish, tendentsiya namoyon bo'lmoqda.
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi
Birinchidan, insoniyat sivilizatsiyasi tarixida erishgan har qanday moddiy va ma'naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminallashib, universallashib bormoqda. Boshqacha aytganda, milliylik va umuminsoniylik tamoyillarining integratsiyalashuv jarayoni kechmoqda.
Мафкуравий жараёнларнинг глобаллашуви
Ikkinchidan millatlar va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-madaniy rivojlanishidagi beqarorlik, ular manfaatlaridagi o'ziga xoslikni mutlaqlashtirish insoniyatga, shu jumladan, o'z millatining kelajagiga xavf tug'diradigan salbiy hodisalarning mafkuralashgan holda globallashuviga olib kelmoqda.
Мафкуравий жараёнларнинг глобаллашуви
Mafkuraviy immunitet – shaxs-ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g'oyaviy ta'sirlaridan himoya qilishga xizmat qiladigan g'oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi. Immunitet (lot, immunitats – ozod bo'lish, qutilish) tibbiy tushuncha bo'lib, organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o'zini turli ta'sirlardan, tashqi infektsiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo'lgan reaktsiyalar majmui tushuniladi.
Globallashuv sharoitida mafkuraviy immunitet
eng ta'sirchan himoya
Sodda qilib aytganda, immunitet – kishi organizmining turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir. Yuqoridan farqli o'laroq, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o'ziga xos hususiyatga ega. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta'minlash mumkin.
Глобаллашув шароитида мафкуравий
иммунитет энг таъсирчан ҳимоя
Xullas, bugungi dunyoning turli hududlarida kechayotgan tahlikali voqealar insoniyatni tanazzulga yetaklab borishi, agar o'z vaqtida anglab, unga qarshi kurashilmasa insoniyat tarixida mudhish voqealar sodir bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda.
Shukrki, biz tinch xotirjam hayot kechirmoqdamiz. Mamlakatimizda xalq farovonligi uchun hamma imkoniyatlar yaratilgan. Eng muhimi, yurtimizda tinchlik hukmron. Lekin bu beparvolikka berilishimiz mumkin degani emas.
Bugun o'zini, o'zligini anglagan har bir inson ogoh bo'lishi, har qanday tahdidlarga qarshi tayyor turishi lozim. Buni menga dahli yo'q. Bu mendan ancha uzoqda deyishga hech kimning haqqi yo'q. Binobarin, ana shu tinchlikni buzish uchun fursat poylab turganlarning son-sanog'i yo'q. Agar jim qarab turaversak boshimizga shunday tashvishlar yog'dirishadiki, uni to'xtatib ham, to'g'rilab ham bo'lmaydi.
Shunday ekan ma'naviyat, mafkura va milliy g'oya sohasidagi ishlarimizni yanada samaraliroq tashkil etishimiz talab etiladi.
EЪTIBORLARINGIZ UChUN
RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |