Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma'rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib kеldi.
Mafkuraning diniy ildizlari dеganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog`liq ekani va shu bois uning g`oyaviy ildizlari diniy ta'limotlarga borib taqalishi tushuniladi. Ya'ni, ko`pgina mafkuralarda Avеsto, Vеda va Upanishadlar, «Zabur», «Tavrot», «Injil» va «Qur'on» kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g`oyalar muayyan darajada o`z ifodasini topganini ko`ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |