Diniy g`oya va mafkuralar - insoniyat tafakkurining oddiylikdan murakkablikka qarab intilishida dunyoni, dunyo ichra o`zlikni anglashga qaratilgan diniy (ya'ni iymon-e'tiqodga asoslangan) qarashlar tizimi.
Ilmiy g`oyalar - fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo`ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (printsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir..
Falsafiy g`oyalar har bir falsafiy ta'limotning asosini tashkil etadigan, olam va odam to`g`risidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni o`rab turgan dunyoni bilish jarayonida, kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to`plangan bilimlarni umumlashtirish, inson hayotining ma'no-mazmuni, uning baxt-saodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi.
Badiiy g`oyalar - adabiyot va san'at asarining asosiy ma'no-mazmunini tashkil etadigan, undan ko`zlangan maqsadga xizmat qiladigan еtakchi fikrlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |