Insoniyat XX asr oxiriga kelib chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi.
Turli mintaqaviy, diniy-etnik, tajovuzkor millatchilik va shovinizm asosidagi
mojarolar, ekologiya falokatlari, ma‘naviy tanazzul, giyohvandlik, terrorchilik kabi
Shuningdek, globallashuv jarayonlari, axborot oqimining tezlashuvi ham bir talay
o‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‘lgani
ma‘lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borganini bilamiz.
Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko‘proq bir davlat ichida, ikki davlat o‘rtasida
yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo‘lishi mumkin edi. Aleksandr
Makedonskiy, Chingizxonning ulkan davlat barpo etish uchun yoki o‘rta asrlardan
boshlab yevropalaik istilochilarning boshqa qit‘alarni zabt etish uchun olib borgan
urushlari ko‘lami jihatidan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno tariqasida
ro‘y bergan.
XX asrda ro‘y bergan ikkita jahon urushida o‘nlab davlatlar, bir necha qit‘a
davlatlari ishtirok etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada o‘rinli
ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Urush qurollari takomillashib boraveradi. Bugungi
kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun Yer sayyorasidagi
hayotni bir necha marta yo‘q qilib tashlashga yetadi.
Shu bilan birga hozirgi vaqtda turli mafkuraviy vositalar orqali dunyoda o‘z ta‘sir
doirasini kengaytirib, insonlar qalbi va ongini zabt etishga, shu tariqa butun-butun
xalqlar va davlatlarni o‘z yo‘rig‘iga yuritishga intilayotgan kuchlar ham yo‘q emas.
Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy
ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini
egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning
mafkuraviy manzarasini belgilab bermoqda.
Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasini o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zgartirmoqchi
bo‘layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Ularning
asosiy shakllari va yo‘nalishlari Prezidentimiz Islom Karimovning ―O‘zbekiston XXI
asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖
nomli asarida ko‘rsatib berilgan.
Taraqqiyotga nisbatan xavf-xatarlardan biri buyuk davlatchilik shovinizmidir.
Buyuk davlatchilik shovinizmini, Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek,
―Muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo‘ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy
hukmronlik deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga
intilish deb ta‘riflash mumkin.
Shovinizm ba‘zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida,
balki uni o‘rab turgan jug‘rofiy-siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini
o‘rnatish uchun kurashda namoyon bo‘ladi‖.
Ko‘rinib turibdiki, buyuk davlatchilik shovinizmi g‘ayriinsoniy xarakterga ega.
Zero, u mohiyatiga ko‘ra milliy tengsizlikni oqlash, targ‘ib-tashviq qilish hamda
himoya qilishning o‘ziga xos shaklidir.
Buyuk davlatchilik shovinizmining xavfi davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va harbiy
salohiyatining kattaligida emas, balki axborot orqali va mafkuraviy yo‘l bilan taz‘yiq
ko‘rsatish imkoniyatlarining kengligida, ular qo‘lidagi g‘oyaviy ta‘sir ko‘rsatish vosita
va mexanizmlarining xilma-xilligida hamdir.
Buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda pansovetizm bilan o‘ziga xos tarzda
qo‘shilib ketmoqda. Pansovetizm tushunchasi uzoq vaqt davomida bir ittifoq doirasida
yashash natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kelgan muayyan yaqinlik,
o‘xshashlik, umumiylik, iqtisodiy aloqadorlik va bog‘liqlikni mutlaqlashtirishga
asoslangan. Ammo, Prezidentimiz o‘rinli ta‘kidlaganidek, bunday qarashlar ortida
ham sodda kishilarning bosh-ko‘zini aylantirib, o‘z umrini yashab bo‘lgan g‘oyalarini
hayotimizga qaytadan tiqishtirishga, shu yo‘l bilan yana eski tuzumni tiklashga, bir
so‘z bilan aytganda, milliy o‘zligimizni yo‘qotishga qaratilgan intilish yotganini
yoddan chiqarmaslik zarur.
Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, xilma-
xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy, albatta.
Bunga e‘tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini
ta‘minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o‘ziga qaram qilishga
bo‘layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin. Diniy aqidaparastlik shular
jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy
xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat‘iy nazar barcha musulmonlarning
ma‘naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib ularning yagona xalifalik ostida
siyosiy birlashuvi g‘oyasini asoslashga harakat qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu diniy-
siyosiy ideologiya diniy asosda birlashuv g‘oyasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. U diniy-
ma‘naviy zamindagi uyg‘unlik mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy, ilmiy-
texnik sohalardagi hamkorligiga, ular salohiyatining birlashishiga va xalqlar
taraqqiyotiga yo‘l ochsa, buning nimasi yomon, degan savolni o‘rtaga tashlaydi.
Yuzaki qaraganda, bu gap to‘g‘riga o‘xshaydi. Bunday mafkura tarafdorlari o‘z
qarashlarini aksariyat hollarda ana shunday ―beozor‖ shaklda taqdim etishga harakat
qiladilar.
Ammo, jiddiy e‘tibor beriladigan bo‘lsa, birinchidan, ular milliy suverenitetdan
voz kechish yoki uni boy berish hisobiga yagona davlat tuzishni ko‘zlayotganlari
ma‘lum bo‘ladi.
Ikiinchidan, xalifalikni tiklashga, uning to‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar, bu
hol aynan millat sifatida o‘zligimizni anglashga yo‘l qo‘ymasligini yashiradilar.
Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan,
demokratik huquqiy davlat, erkin fuqorolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan
mamlakatimiz uchun muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Zero,
ko‘zlangan maqsadlarga ushbu orzu-umid va intilishlarni o‘zida mujassamlashtirgan
g‘oyaviy-nazariy qarashlar majmui bo‘lmish milliy mafkura va unga asoslangan
tarbiya tizimisiz erishish mumkin emasligi aniq. ―Men, - deb yozadi Prezidentimiz, -
Abdulla Avloniyning ―Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat,
yo saodat – yo falokat masalasidir‖ degan fikrini ko‘p mushohada qilaman. Buyuk
ma‘rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va
dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ko‘ra
ham muhim va dolzarbdir‖.
Do'stlaringiz bilan baham: