C) Iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash. O‘zbekistonda iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi
avvalo xususiy sektorni jadal rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur konsepsiya mulkdorlar sinfini shakllantirish orqali jamiyatning iqtisodiy
qudratini ta‘minlashni nazarda tutadi. Shuning uchun ham bugun fermerlik va
tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
D) Moliyaviy barqarorlikka erishish. Bu umumiy harajat yalpi daromaddan oshib
ketmasligi, byudjet kamomadi 35% dan, inflyatsiya darajasi esa 6-8% dan
oshmasligini ta‘minlash demakdir.
Mazkur omil jamiyat iqtisodiy qudratining oshishi, o‘zini-o‘zi muhofaza qilish
imkoniyatining oshib borishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |