xavfsizlikning ob’yekti va sub’yektlarini aniqlab olish kerak.
Information
xavfsizlikning
ob’yektlari: davlat, jamiyat, shaxs
manfaatlariga tegishli bo‘lgan informatsiya, shuningdek, ularni qayta ishlovchi,
uzatuvchi vositalar va infrastrukturalar.
Information
xavfsizlikning
sub’yektlari:
axborot
resurslarining
shakllanishi va ishlatilishida ishtirok etuvchi, o‘z vakolati doirasida information
xavfsizlik sub‘yektlari orasidagi munosabatlarni boshqaruvchi davlat va
hokimiyat organlari: axborot resurslarini ishlab chiqaruvchi, mulkdori va
foydalanuvchisi bo‘lgan davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari, yuridik va
jismoniy shaxslar; information xavfsizlikni ta‘minlashning vositalari ustida
ilmiy tadqiqot o‘tkazuvchi, ishlab chiqarish hamda yaratish bilan
shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar; mulkchilik shaklidan qat‘i nazar
ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, information borliqda shaxs, jamiyat
va davlatning information xavfsizligini ta‘minlash quyidagi zaruriy omillarning
mavjudligiga bog‘liqligi kelib chiqadi. Ya‘ni;
shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining shakllanishini ta‘minlovchi
information borliqning himoyalanganlik holati;
infratuzilma tizimi (ob‘yekt, davlat) ning holati, ya‘ni informatsiya
faqat maqsad bo‘yicha ishlatilib, uni ishlatish jarayonida tizimga
(ob‘yekt, davlat) salbiy ta‘sir etmaslik;
informatsiyaning holati, ya‘ni informatsiyaning manfiylik, yaxlitlik va
foydalanish imkoniyati kabi xususiyatlarining buzilishining keskin
qiyinlashishi yoki istisno etilishi.
Information xavfsizlik ta‘minlanadigan eng asosiy sohalarga siyosiy,
iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, huquqni saqlash, shuningdek, mudofaa
sohasi va jamoat ongini kiritishimiz mumkin.
Information xavfsizlik mezonlari deganda, informatsiyaning yo‘q bo‘lib
ketishi, tashqariga chiqib ketishi kabi o‘z qimmatini yo‘qotuvchi shakllardan
himoyalanganlik holati tushuniladi.
Information xavfsizlik tizimida information resurslarning ahamiyati katta
bo‘lib, ular jamiyat ishlab chiqarish mahsuli hisoblanadi hamda egalik qilish va
foydalanish huquqlarining ob‘yektlaridir.
Information xavfsizlikka tahdid esa, information sohada shaxs, jamiyat
va davlatning muhim manfaatlariga zarar yetkazish imkoniyatlarini o‘zida
jamlagan omillar yig‘indisi tushuniladi.
Information xavfsizlikka tahdidlar tashqi va ichki tahdidlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |